Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 623
w www.oriens.uz February 2022 tomonidan rollarga bо‘lib ijro etiladi. Bu о‘yinlar bolalarda iroda, intizom va о‘z
xatti-harakatlarini boshqara olish, boshqalarning harakatlari bilan hisoblashish kabi
ijobiy ma’naviy xislatlarni shakllantiradi. Shu bilan birga bola idrokini rivojlantiradi.
Sahna о‘yinida rol ijro etayotgan bola о‘z qahramonining ijobiy va salbiy
xususiyatlarini tushunadi, о‘zlashtiradi. Sahnalashtirish о‘yinlarida bolalar о‘yin
jarayoniga kirib boradilar, voqea va ertak kahramonlarining ichki hayotiga bevosita
aloqador bо‘lgan qahramonlik, jasurlik, mehribonlik, jonbozlik, jonkuyarlik kabi
ijobiy fazilatlarni о‘zlarida yaqqol namoyon qiladilar. Bu jarayonda bolalarning
voqeliklarni idrok etishi va tushunchalar hosil qilishi, nutq faolligi, lug‘at boyligi,
dunyoqarashi kengayib boradi. Sahnalashtirish uchun badiiy asar, ertaqlar tanlash
katta yoshdagilardan bolalarning yosh xususiyatlari, kizikishlari, istaklarini hisobga
olishni talab etadi. Sahnalashtirish о‘yinlari qizikarli о‘tishi va uzok vakt davom
etishi uchun kerakli jihozlar tayyorlanishi ham muhim hisoblanadi. Kattalar о‘yin
rejissyori rolini amalga oshira borib, bolalarning xatti-harakatlari, kobiliyatlari,
intilishlarini hisobga olib boradilar. О‘yinda faol ishtirok etgan bolalarni alohida
rag‘batlantirilib, kelgusida kaysi asarlarni sahnalashtirish kerakligini aniqlaydilar.
Tayyorgarlik jarayoni ham bolalarda barcha ishtirokchilarni idrok etish, barchani
tanib olish, jamoa bо‘lib kо‘maklashish, topshiriqlarni birgalikda bajarish, о‘z
qahramonidan tashqari boshqa qahramonlarni ham о‘rganish imkrnini beradi.
Bolalarni ijodiy kobiliyatlarini yanada takomillashtirishda qurilish materiallari
bilan о‘tkaziladigan о‘yinlarning о‘rni katta. Bunday о‘yinlar bolalarda murakkab
idrokni shakllantiradi. Murakkab idrokda fazo tushunchasi mavjud. Fazoni idrok
qilish voqelikdagi narsa va hodisalarning fazoda egallagan o’rnini, shaklini,
miqdorini, bir-biriga nisbatan munosabatlar bilish jarayonidir. Idrok etishning bu turi
bolalarda maktabgacha yoshning oxiriga kelib shakllana boshlaydi.
Qurish–yasash о‘yinlari bolada buyum obrazini fazoviy ifodada tasvirlashni
talab qiladi. О‘yin jarayonida biror bir material yoki buyumning xajmi, katta-
kichikligi, bir-biriga mosligi, fazoviy mо‘ljallay olish kо‘nikmasi rivojlanadi.
Bolalarning sevimli mashg‘uloti qum bilan uynash. Qum bolalarning uynashlari
uchun eng kulay о‘yin vositasi bо‘lib hisoblanadi. Qumlar maxsus yashiklarda nam
holatda saqlanadi. Bolalarni qum bilan о‘ynashlari uchun bayroqchalar, о‘yinchoklar
tayyorlab kuyilishi kerak. Qum о‘yinlari ham boshqa о‘yinlar kabi bolalarning har
tomonlama rivojlanishini ta’minlaydi. Jumladan, bola psixologiyasini tinchlantirish
xususiyatiga ega, qо‘l motorikasini rivojlantiradi, ijodiy hayol va tasavvurlarini
boyitadi, ijodkorligini shakllantiradi. Suv bilan uynaladigan о‘yinlar ham bolaning
sevimli о‘yinlaridan biri. Barcha bolalar deyarli erta davlardanoq suv о‘ynashni