Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 622
w www.oriens.uz February 2022 Maktabgacha yoshdagi bola idroki sodda kо‘rinishga ega bо’lib, tevarak-atrofda
sodir bо’layotgan voqea-hodisalar va predmetlarni tushunishi, о‘zlashtirishi asosiy
faoliyati bо‘lgan о‘yinlar asosida yuzaga keladi. О‘yin doimo hayotni aks ettiradi.
Shuning uchun uning mazmuni ijtimoiy voqelikda o’zgarib turadi. О‘yin – maqsadga
qaratilgan o’ylangan jarayondir. О‘yin jarayoni asosida o’quv faoliyati rivojlanadi.
Bola yoshligida qancha ko’p o’ynasa, maktabda yaxshi o’qishiga va keyinchalik
mehnat faoliyatiga ijobiy ta’sir ko’rsatadi.
О‘yin nazariyasining asosiy masalalari quyidagilardan iborat:
О‘yinning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari.
О‘yinning bola hayoti va tarbiyasidagi o’rni.
О’yinning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari.
О‘yin - buyumli-predmetli va ijtimoiy voqelikda harakat qilish va uni
anglashga yo’naltirilgan jarayondir. U o’zining kelib chiqishiga ko’ra, yo’nalish va
mazmuniga ko’ra ijtimoiy voqelik hisoblanadi. О‘yin, bu bola faoliyatining yorqin
turi. Unda maqsadning mavjudligi, sabablar, amalga oshirish vositalarining rejali
harakatlari natijaning mavjudligi uning o’ziga xosligidir. Xususiyatlarning orasida
sabablarning o’ziga xosligi asosiy hisoblanadi. О‘yin jarayonida bolaning psixik
bilish jarayonlari, irodasi, hissiyoti, ehtiyoji va qiziqishlari, ta’sirchanligi – uning
butun shaxsiyati shakllanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Bola о‘z о‘yinlarida о‘zlashtirgan hatti-harakatlarni taqlid asosida namoyish
qiladi. О‘yinning turlari kо‘p. О‘yin turlari ichida ijodiy о‘yin turi bola uchun qulay
va qiziqarlidir. Ijodiy о‘yinlar mazmunining о‘ziga xosligi uning eng muhim
xususiyatlaridan hisoblanadi. Mashhur pedagog va psixologlardan D.B.Elkonin, D.V.
Mendjeritskiy, P.Y. Samorukova va boshqalarning fikricha, ijodiy–rolli о‘yinlar
kattalarning ijtimoiy hayotidagi rang-barang hatti-harakatlari, kо‘rinishlari – bolalar
о‘yinlarining asosiy mazmuni bо‘lib xizmat qilib, kattalar ijtimoiy hayotining
namunasini oladigan faoliyat turidir. Ijodiy о‘yin faoliyatida asosiy komponent bо‘lib,
u personajni, hayotiy vaziyatni, harakat va personajlar munosabatini о‘z ichiga oladi.
Ijodiy о‘yinlar о‘z mazmun va mohiyatiga kо‘ra jamoa о‘yini bо‘lib hisoblansada,
yakka holda uynalmaydi, degan fikrni keltirib chikarmasligi kerak.Ijodiy о‘yinlar
bolaning aqliy, ahloqiy, jismoniy, fiziologik va psixologik rivojlanishlarida muhim
ahamiyat kasb etib, bunda bola ehtiyoji va malakasi tarbiyalanib, shakllanib boradi.
Ijodiy о‘yin turlaridan biri bu - sahnalashtirish о‘yinlaridir. Sahnalashtirish о‘yinlari,
bu bolalarning mustakil ijodiy о‘yin turi bо‘lib, unda badiiy asar va hikoyalar bolalar