Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(2), Feb., 2023 538
4) g‘azab, qat’iyat;
5) jirkanish;
6) nafrat.
Odatda his-tuyg‘ular yuz ifodalari bilan bog‘liq:
- ajablanish - ko‘tarilgan qoshlar, keng ochilgan ko‘z qorachiqlari, pastga
tushgan lablar, qiya ochilgan og‘iz;
- qo‘rquv - qoshlar ko‘tarilgan va burun ko‘prigi ustida birlashtirilgan, ko‘zlar
keng ochilgan, lablar burchaklari tushirilgan va biroz orqaga tortilgan, lablar yon
tomonlarga cho‘zilgan, og‘iz ochiq bo‘lishi mumkin;
- g‘azab - qoshlar tushiriladi, burun burishadi, pastki lab tashqariga chiqadi yoki
ko‘tariladi va yuqori lab bilan yopiladi;
- qayg‘u - qoshlar kichrayadi, ko‘zlar so‘nadi, lablar burchaklari biroz pastga
tushadi;
- baxt - ko‘zlar xotirjam, lablar burchaklari ko‘tariladi va odatda orqaga
yotqiziladi.
Muloqotning noverbal tarkibiy qismlari quyidagi funksiyalarda namoyon
bo‘ladi:
a) xabarning nutqiy qismiga hamrohlik ("... chuqur nafas olib javob berdi:
"Qanday yaxshi!");
b) qarama-qarshi ma’no anglatganda (yolg‘on ohang, "ko‘zdan ko‘rinib
turibdiki, bunday emas edi").
Shu yerda ushbu aforizmni keltirib o‘tish joiz: «Agar siz insonning hissiy holati
haqida haqiqatni bilmoqchi bo‘lsangiz, uning yuziga qarang».
XULOSA Xulosa qilib aytganda, jamiyatdan tashqari til va tilsiz jamiyat bo‘lmaganidek,
tilning ijtimoiy mohiyati va muloqotning eng asosiy vositasi doimo insoniyatning
diqqat markazida bo‘lishi tabiiydir. Albatta bunda paralingvistik vositalardan
foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj katta. Zero, jahonda hukm surayotgan bozor
iqtisodiyotida verbal va noverbal muloqotning o‘rni bundan buyon ham ortib
borishini davrning o‘zi taqozo etmoqda. Muloqot jarayonida shaxslarning tana holati
va harakatlari, yuz ifodalari, so‘zlashish jarayonidagi ovoz tembri, hammasi nutq
ta’sirchanligi uchun ahamiyatlidir. Umuman, nutqda, murojaat shakllarida har bir
verbal va paraverbal vosita o‘zining aniq ta’sirini namoyon etadi.
REFERENCES 1.
Abdurazzakov, Y. U. (2022). EFFECTIVE ORGANIZATION OF LECTURES
IN FOREIGN LANGUAGES. Oriental Journal of Philology, 2(03), 1-7.