Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(2), Feb., 2023 536
shuni ko‘rsatdiki, inson ma’lumotlarni verbal vositalar yordamida 7% (faqat so‘zlar
bilan), ovoz orqali (ovoz toni, intonatsiya) 38 foiz va noverbal vositalar yordamida
esa 55 foiz bayon etadi. Professor Berdvisllning tadqiqot natijasiga ko‘ra esa, bir
kishi so‘z bilan kuniga o‘rtacha hisobda 10-11 daqiqa gapiradi va har bir jumla
o‘rtacha 2,5 soniyadan oshmaydi. Ko‘pgina tadqiqotchilarning ta’kidlashlaricha,
verbal va noverbal vositalar insonlararo turli ma’lumotlarni uzatishda alohida, ba’zan
birgalikda faol qo‘llanadi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Noverbal muloqot- so‘zlar yordamisiz amalga oshiriladigan muloqot ko‘pincha
ongsiz ravishda yuzaga keladi. U verbal muloqotni to‘ldirib va kuchaytirib kelishi
yoki aksincha, unga zid bo‘lishi va susaytirib kelishi mumkin. Noverbal muloqot
ongsiz jarayon hisoblansa-da, bugungi kunda u yetarlicha o‘rganilmoqda va bu
sohada muvaffaqiyatli natijalarga erishilmoqdda. Paralingvistik aloqa almashinuvi-
muloqotning eng qadimiy va fundamental shakli hisoblanadi. Ota-bobolarimiz bir-
birlari bilan ko‘pincha tana harakatlari, yuz ifodalari, ovozning tembri va
intonatsiyasi, nafas olish tezligi, qarashlar yordamida aloqa qilishgan. Biz ham hozir
bir-birimizni so‘zsiz tushuna olamiz. Noverbal til shu qadar kuchli va umumiyki, biz
ko‘pincha itni ham u nimani xohlashini osongina tushuna olamiz. It esa ko‘p
harakatlarimizni anglay oladi, masalan, qachon u bilan sayrga chiqishni, qachon usiz
tashqariga chiqishimizni ham oldindan biladi.
Paralingvistik muloqot verbal muloqot kabi yuqori darajada tuzilgan sistemaga
ega emas. Imo-ishoralar, yuz ifodalari, intonatsiyalarning umumiy qabul qilingan
lug‘atlari va tartib qoidalari (grammatikasi) yo‘q. Paraverbal tilning bir qismi
universaldir: barcha chaqaloqlar bir xil tarzda yig‘laydilar va kuladilar. Boshqa qismi,
masalan, imo-ishoralar, madaniyatdan madaniyatga farq qiladi. Noverbal muloqot
odatda o‘z-o‘zidan paydo bo‘ladi. Biz odatda o‘z fikrlarimizni so‘zlar shaklida
shakllantiramiz, lekin bizning ongimizdan tashqari, bizning holatimiz, yuz
ifodalarimiz va imo-ishoralarimiz ham beixtiyor ifoda kasb etadi, ya’ni:
“Siz so‘z bilan aldashingiz mumkin, lekin ovozingiz bilan alday olmaysiz!”
Har bir inson paralingvistik muloqotning ba’zi parametrlarini boshqarishi
mumkin. Ammo barcha parametrlarni nazorat qilish hech qachon mumkin emas,
chunki odam bir vaqtning o‘zida 5-7 tadan ko‘p bo‘lmagan omillarni yodda tutishi
mumkin.
Emotsiya va his-tuyg‘ularni so‘zsiz yetkazish mumkin. Paraverbal til ham
og‘zaki muloqotda qo‘llanadi. Uning yordami bilan:
* og‘zaki uzatilgan ma’lumotlarni tasdiqlash, tushuntirish yoki rad etish;
* ongli yoki ongsiz ravishda axborotni uzatish;