Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences (E)issn: 2181-1784



Yüklə 54,29 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/6
tarix19.12.2023
ölçüsü54,29 Kb.
#185493
1   2   3   4   5   6
111 Azamatova Odinaxon Obidovna 709-713

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences
(E)ISSN:2181-1784 
www.oriens.uz 
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 
3(4/2), April, 2023 
712 
So‘z tilning ma’no bildiradigan asosiy birligidir. So‘z va so‘z birikmasi aniq 
narsalarni, mavhum tushunchalarni, hissiyotni ifodalaydi. Tilda mavjud bo‘lgan 
barcha so‘z va iboralarning yig‘indisi lug‘at tarkibi yoki leksika deyiladi. 
Leksikologiya o‘zbek tilining lug‘at tarkibini o‘rganadigan bo‘limdir.Leksikologiya 
lug‘at tarkibidagi so‘zlaming nutqda ma’no ifodalash xususiyati, qo‘llanish faolligi
boyib borishi, ba’zi so‘zlarning eskirib, iste’moldan chiqib ketishi, ma’no ko‘chish 
hodisasi kabilarni o‘rganadi. Shu sababli leksikologiya lug‘at ustida ishlash 
metodikasining lingvistik asosi hisoblanadi. Har qanday nutqiy bayon grammatik 
jihatdan o‘zaro bog‘langan, mazmunga mos so‘z va so‘z birikmalarining ma’lum 
izchillikda joylashtirilishidan tuziladi. Kishining lug‘ati qanchalik boy va rivojlangan 
bo‘lsa,uning nutqi ham shunchalik boy bo‘ladi; o‘z fikrini aniq va ifodali bayon 
etishiga keng imkoniyat yaratiladi. Shuning uchun lug‘atning boyligi, xilma-xilligi, 
harakatchanligi metodikada nutqni muvaffaqiyatli o‘stirishning muhim sharti 
hisoblanadi. 
 
Amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda interfaol usullar va 
lug‘atlardan foydalanish. Binar oppozitsiya usuli - 
Ikkilik qarama-qarshilik 
dunyoni oqilona aniqlashning universal vositasi bo‘lib, unda ikkita qarama-qarshi 
tushuncha bir vaqtning o‘zida ko‘rib chiqiladi, ulardan biri ma’lum bir sifatni 
tasdiqlaydi, ikkinchisi esa uni rad etadi. Bu sezgining turli shakllaridan farqli o‘laroq, 
diskursiv fikrlashning asosiy xususiyati hisoblanadi. 
Antonimlar so‘zlar asosida: 
1. leksikantonimlar— baland - past, uzun - qisqa; 
2. Affik- antonimlar — suvli - suvsiz;
3. Sintaktikantonimlar — yuz - bashara. 

Yüklə 54,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin