Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 767
w www.oriens.uz April 2022 demokratlashtirish talabaning asosiy psixologik xususiyatlarini rivojlantirish uchun
qulay vositadir.
Ijodiy qobiliyatlar – bu turli ijodiy faoliyatning samarali bajarilganligini
aniqlaydigan talabaning individual psixologik xususiyatidir. Talabaning faoliyatida
turli ijodkorlik ko’rinishlari mavjud bo’lib, badiiy ijodiy, mutaxassislik fanlarini
o’zlashtirish jarayonida (“Cholg’u ijrochiligi, “vokal ijrochiligi”, “an’anaviy
xonandalik”, “dirijyorlik” fanlarini samarali o’rganish imkonini beradi; “musiqa
o’qitish metodikasi” va “musiqa o’qitish texnologiyalari va loyihalash” “musiqa
to’garaklarini tashkil etish ”va boshqa fanlarining amaliy mashg’ulotlarida
o’qituvchilik maxoratini shakllantirishda) kasbiy faoliyatga tayyorgarlik ko’rishga
oid topshiriqlarni bajarishda: asarlar ijrosida, asar mazmunini ifodalashda, slaydlar
tayyorlashda, dars ishlanmalar tayyorlashda, ssenariylar tuzishda, musiqiy
to’garaklarni rejalashtishda musiqiy diklomasiya qilishda, musiqiy foliyat turlarini
olib borishda, metod va texnologiyalardan foydalanishda va pedagogik texnikani
oshirishda ijodiy qobiliyati shakllanadi, rivojlanadi, va takomillashib boradi. Bunda
professor- o’qituvchining talaba bilan hamkorlikda ishlash jarayonida to’g’ri
yo’nalish berishi va natijani nazorat qilib borishi muhim ahamiyatga ega.
Talabalarning ijodkorlik faoliyatini rivojlantirish omillari har bir mavzu, har bir
darsda o’quv faoliyatining asosi bo’lishi lozim. Ijodkorlik faoliyati o’qituvchi va
talaba faoliyatining barcha qirralarini qamrab olar ekan, uni samarali tashkil qilish
butun ta’lim jarayonining sifatini ta’minlashga xizmat qiladi.
Yuqorida bildirilgan fikrlar asosida bo’lajak o’qituvchilarni ijodkorlik
faoliyatiga tayyorlash strategiyasini quyidagi yo’nalishlarda amalga oshirish mumkin:
-talabalar e’tiborini masalani hal qilishda qo’llanilgan usulning universalligi,
keng qamrovligiga qaratish;
-talabalrda ijodiy takomillashuvni darsning maqsadi sifatida emas, balki darsda
qo’yilgan vazifani yanada samarali hal qilishga qaratilgan yangi yo’l, imkoniyat
sifatida qaralishi;
-talabalar o’zlari mustaqil xulosa chiqarib topadigan yangi g’oyalar ijodkorlik
darslarinining asosiy mahsuli sifatida qaralishi;
-kasbiy tayyorgarlik jarayonida, berilgan topshiriqga oid axborotlarni yig’ish,
tahlil va talqin qilishda, ijodkorlikni yo’lga qo’yishning muhim jihati sifatida
qaralishi;
-shaxsda ijodkorlik sifatlarini tarbiyalashni ta’lim muassasalarida o’tkaziladigan
mashg’ulotlarining muhim jihati sifatida qaralishi.