Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 764
w www.oriens.uz April 2022 shaxsni
shakllantirishdir.
Ushbu
maqsadni
amalga
oshirish
ta’limni
insonparvarlashtirish g’oyasi bilan uzviy bog’liq bo’lib, oliy ta’limning maqsadli
tamoyillaridan biri sifatida bo’lajak o’qituvchining ijodiy qobiliyatini rivojlantirish
muammosini dolzarblashtirishni o’z ichiga oladi.
"Ijodkor
shaxs",
"ijodiy
yondashuv",
"ijodiy
yutuqlar","
ijodiy
o’ylang","ijodkorlikning namoyon bo’lishi"... Ushbu tushunchalar jamiyada yuqori
malakali kadrlar tayyorlashda, zamonaviy kasbiy mahorat ko’rsatkichlarini
aniqlashning asosiy mezonlaridan biri bo’lib, eng yaxshilar orasida eng yaxshisi
hisoblanadi.
O’zbekistonning yangi taraqqiyot davrida, uning kelajagini belgilovchi yoshlarni
har tomonlama yetuk, komil, yuksak madaniyatli va ma’naviyatli bo’lib yetishishint
ta’minlash yo’lida amalga oshirilayotgan ulkan bunyodkorlik ishlarining asosiy
bo’g’ini sifatida musqa ta’limi pedagog xodimlarning yuqori ilmiy metodik
bilimlarga, yuksak maxoratga ega bo’lishi hal qiluvchi ahamiyatga egadir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR Respublikamizda inson kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish,
ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish, xalqaro
standartlar asosida yuqori malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror
qabul qila oladigan kadrlar tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon
etishi va ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoitlarni
yaratish asosiy strategik vazifalar sifatida belgilangan [1].
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar tizimini
tubdan takomillashtirish chora – tadbirlari to’g’rsida” PQ 5040- son Qarori [2],
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviyat va ijodni qo’llab-quvvatlash
maqsadli jamg’armasini tashkil etish to’g’risida” PQ 5039-son Qarori [3], O’zbekiston
Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasining jamiyat hayotidagi
o’rni va ta’sirini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PF-6000-son Farmoni
[4], Madaniyat va san’at sohasida iste’dodli yosh ijodkorlarni izlab topish va qo’llab-
quvvatlash maqsadida, 2022-2026 yillarga mo’ljallangan Yangi O’zbekistonning
taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug’lash va faol mahalla yili”da amalga
oshirishga oid davlat dasturiga muvofiq: 2022/2023 o’quv yilidan boshlab ta’lim
muassasalarida o’quvchi va talabalarning musiqiy bilim va ko’nikmalarini oshirish,
ularning qalbida milliy madaniyatga bo’lgan muhabbatni shakllantirish, yosh
iste’dodlarni aniqlash va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga
oshirilishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at