Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10/2
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
735
w
www.oriens.uz
October
2022
KIRISH
"Obraz" termini rus tilidan olingan bo‘lib, o‘zbekcha tarjimada “aks” degan
ma’noni anglatadi. Badiiy obraz borliqning badiiy asardagi aksi. Biroq badiiy obraz
o‘sha
borliqning oddiygina aksi emas, yo‘q, u borliqning san‘atkor k o‘zi bilan
ko‘rilgan va ideal asosida ijodiy qayta ishlangan aksidir. Bu aksda borliqning ko‘plab
tanish izlarini topasiz, biroq bu endi biz bilgan borliqning ayni o‘zi emas, balki
tamoman yangi mavjudlik — badiiy borliqdir.”
1
L.N. Tolstoyning fikricha,
adabiyotda ma’lum bir obraz yaratish uchun shu toifadagi juda ko‘p
kishilarga xos
xususiyatlarni tanlab olib, badiiy bir butunlikka jamlash kerak. “Obraz umumlashma
natijasi bo‘ladi. Asarda tasvirlangan birgina obraz zamirida yuzlab, minglab
kishilarga xos xislat va belgilar umumlashtirilib, jamlab beriladi”.
2
Ya’ni adib
yaratgan obraz faqat bir kishining aynan nusxasi bo‘lmasdan, atrofidagi insonlar
ayrim hislatlarini o‘zida
mujassam etgan, ko‘plab shaxslarning qaysidir
xususiyatlarini badiiy bo‘yoq bilan aks ettirgan jamlanmadir. Bundan kelib chiqadiki,
ijodkor o‘z asarida opa-singillarni jonlantirishi uchun juda ko‘plab opa-singillarni
kuzatishi, ularning qiyofasini belgilab beruvchi xarakterli xususiyatlarini, odatlarini
ko‘rib chiqishi kerak. Demak, asardagi personajlar real
hayotdagi insonlarga juda
o‘xshasada, ularning aynan aksi bo‘la olmaydi. Ya’ni adib yaratgan obraz faqat bir
kishining aynan nusxasi bo‘lmaydi.
Adabiyotshunoslikda tasvir, timsol va obrazlar qo‘llash zamirida, shubhasiz, katta
maqsad yotadi. Demak, muallif yaratayotgan har bir qahramon orqali o‘zining asosiy
maqsadini o‘quvchiga yetgazishga, ijtimoiy va jamiyatda ko‘ndalang bo‘lib turgan
muammolarni aynan o‘zi yaratgan obrazlar orqali ko‘rsatib berishga urinadi.
Yozuvchi yozgan asarida o‘sha davr mafkurasi, o‘sha davr ijtimoiy hayoti, albatta,
ma’lum ma’noda aks etadi. Binobarin, opa-singlillar
obrazi orqali ham birodarlik,
birdamlik, o‘zaro munosabatlarda iliqlik va yaqinlikni ifodalash asosiy maqsad qilib
olinadi. Biroq, ba’zi asarlardagi opa-singillar faqat yaqinlikni ifodalashga xizmat
qilmagan. Ularda qondoshlar orasidagi nizolar, mol-u dunyo har qanday yaqin
rishtalarni ham uzishga qodirligi badiiy bo‘yoqlar qatiga singib ko‘rsatib berilgan.
Bunga misol tariqasida, dastlab, jahon adabiyotiga yuzlanamiz.
Dostları ilə paylaş: