INVESTITSION FAOLIYAT TUSHUNCHASI VA UNING
TASNIFLANISHI
Fozilbekov Bekzod Tohir o’g’li
Toshkent davlat yuridik universiteti magistranti E-mail:
bekzodfozilbekov@gmail.com
Mazkur maqola investitsiya va investitsiya faoliyati tushunchasining mazmun- mohiyati, uning subyektlari hamda investistiya va investitsiya faoliyati turlarining xalqaro va milliy huquqiy hujjatlar asosidagi tahlilini o’z ichiga oladi.
Kalit so’zlar: Investitsiya, investitsion faoliyat, investitsion faoliyat subyektlari, kapital investitsiya, moliyaviy investitsiya, real investitsiya.
АННОТАЦИЯ
В данной статье освещены сущность понятия инвестиций и инвестиционной деятельности, ее субъектов и проведен анализ видов инвестиций и инвестиционной деятельности на основе международно- правовых актов.
Ключевые слова: инвестиции, инвестиционная деятельность, субъекты инвестиционной деятельности, капитальные инвестиции, финансовые инвестиции, реальные инвестиции.
This article covers the essence of the concept of investment and investment activity, its subjects and the analysis of types of investment and investment activities on the basis of international and national legal instruments.
Keywords: Investment, investment activity, subjects of investment activity, capital investment, financial investment, real investment.
KIRISH
Bugungi iqtisodiy globallashuv jarayonida investitsion faoliyat har bir davlat iqtisodiyotida muhim ahamiyatga ega element hisoblanadi. Boisi mazkur faoliyat mamlakatda sanoat ishlab chiqarish darajasini kengaytirishga va rivojlantirishga, iqtisodiyotning barqaror hamda progressiv o’sishiga xizmat qiladi. Shu bois investitsion faoliyatni qo’llab-quvvatlovchi har bir davlat o’zining bu boradagi aniq maqsadlarini ifodalovchi yo’l xaritasini ishlab chiqadi. Xususan, mamlakatimizda ham investitsiyalarni
turli sohalarga jalb etish, ularning oqimini kengaytirish, investitsion faoliyatni rag’batlantirish bo’yicha turli reja va dasturlar ishlab chiqildi.
Bu o’rinda O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 28-yanvardagi “2022 – 2026-yillarga mo’ljallangan yangi O’zbekistonning taraqqiyot strategiyasi to’g’risida” gi PF-60-son Farmonini ta’kidlab o’tish joiz. Mazkur farmonda mamalakatimizda investitsiya jozibadorligini oshirishni, biznes muhitini yaxshilashni nazarda tutuvchi aniq rejalar o’z ifodasini topgan. Bular qatorida mahaliy va xorijiy investorlarga O’zbekistonning investitsiyaviy salohiyatini namoyon etishga hamda mahalliy va xorijiy investorlar bilan o’zaro muloqotni yo’lga qo’yishga qaratilgan “Toshkent xalqaro investitsiya forumi”ni har yili o’tkazishni yo’lga qo’yish alohida e’tirofga ega. Investitsion faoliyatning rivojlanishini ko’zlovchi mazkur harakatlar uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini to’liq tushunish hamda yoritib berishni taqozo etadi.