Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 494,85 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/15
tarix21.05.2023
ölçüsü494,85 Kb.
#119084
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
matematika-darslarida-boshlangich-sinf-o-quvchilarining-mantiqiy-fikrlashlarini-shakllantirish (1)

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 3 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
1412 
w
www.oriens.uz
March
2022
 
Mavjud bilimlar va fikrlash qobiliyatlar tadbiq qilinishi jarayonida 
mustahkamlanib boradi. Masalalarni shakllantirishda aniq material bo‘lgan holda 
nazariyani amaliyot bilan o‘qitishni turmush bilan bog’lab olib borish imkonini 
beradi. O‘quvchi masalalarni echayotganda ko‘p matematik tushunchalar aniq 
hayotda odamlarning tajribasida o‘z ildizi ekanligiga ishonch hosil qiladi. Masalalar 
yechish orqali bilim va tajriba sohasida muhim bo‘lgan ma‘lumotlar bilan 
tanishadilar. Masalan boshlang’ich sinflarda yechiladigan ko‘p masalalarning 
mazmunida bolalar va kattalarning mehnati mamlakatimizning xalq xo‘jaligi, texnika 
sport va madaniyatda erishgan yutuqlari yotadi. Masalalar yechish jarayonining o‘zi 
ma‘lum metodikada o‘quvchilarning aqliy rivojlanishiga ancha ijobiy ta‘sir ko‘rsatadi, 
chunki u aqliy operasiyalarni: analiz va sintez aniqlashtirish va taqqoslash 
umumlashtirishni talab etadi. Masalan:o‘quvchi istagan masalani yechishda analiz 
qiladi. Savolni masala shartidan ajratadi. Yechish rejasini tuzayotganda sintez qiladi, 
bunda u aniqlashtirishdan foydalanadi, biror bir turdagi masalalarni ko‘p marta 
yechish natijasida o‘quvchi bu turdagi masalalarda berilgan va izlanayotgan sonlar 
orasidagi bog’lanishlar haqidagi bilimni umumlashtiradi. 
O‘quvchilarni sodda masalalar bilan tanishtirish. O‘quvchilarda eng oldin 
tanishadigan arifmetik masalalar tushunarli bo‘lishi kerak yig’indi va qoldiqli 
masalalarga doir masalalar jumlasi kiradi. Bunday masalalarni yechish bilan 
tanishtirishni, parallel olib borish maqsadga muvofiq bo‘ladi, bunday masalalarga 
quyidagi masalalar kiradi. 
1.Ahmad 3ta qo‘g’irchoq va 2ta koptok rasmini chizdi. Ahmad nechta 
o‘yinchoqning rasmini chizdi? 
2.Bahodir jo‘yakdan 6 ta bodring uzdi 2 ta bodringni edi. Nechta bodring qoldi? 
Sodda masalalarning qiyinligi bo‘yicha ikkinchi turi bu sonni bir necha birlik 
orttirish yoki kamaytirishga doir masalalardir, bunday masalalarga namunalar 
keltiramiz. 
1.Zokirda 6 ta Ahmadda esa undan 2 ta ortiq daftar bor. Ahmadda nechta daftar 
bor? 
Yechish: 6+2=8 ta. 
Javob: Ahmadda 8 ta daftar bor. 
2.Maysara 7 ta ertak, Go‘zal esa undan 3 ta kam ertak o‘qidi. Go‘zal nechta 
ertak o‘qigan? 
Yechish: 7-3=4 ta 
Javob:Go‘zal 4 ta ertak o‘qigan. 



Yüklə 494,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin