Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 11 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 43
w www.oriens.uz November 2022 NATIJA Kuzatishlar shuni ko’rsatadiki elektron tijorat sodda qilib aytganda ijtimoiy
tarmoqlar hamda boshqa internet sahifalari kabi elektron vositalar ko’magida
ehtiyojlarimizni qondiradigan xizmatlar va tovarlarni sotib olish yoki aksincha sotish
kabi online tijorat amaliyotidir. Mamlakatimizda bozor munosabatlari hukmronlik
qilar ekan siz kabi tadbirkorlarning faoliyati rivojlanishi davlat rivojlanishi hamdir
desak mubolag’a bo’lmaydi. Demak jahon standartlarida ishlashimiz biznesimizni
takomillashtirib tovarlarimizni jahon bozorlariga milliy brend tarzida olib
kirishimizda raqamli texnologiyalarning o’rni beqiyos. Ammo har qanday raqamli
biznesni boshlashdan oldin, u qaysi modelga kirishini bilishingiz kerak. Siz
tushunganingizdek, elektron tijoratni amalga oshirishdan oldin uni qayerda
shakillantirishingizni bilishingiz kerak. Avvalam bor ichki bozorda o’zingizni sinab
ko’rib, keyinchalik faoliyatingizni kengaytirishingiz mumkin. Har qanday holatda
ham ular bir xil boshqaruv modeliga ega bo'ladi va bunga faqat o'zingiz tanlagan
biznes modelining o'ziga xos xususiyatlari ta'sir qiladi.
Elektron tijorat quyidagilardan iborat
3
:
Elektron malumot almashish (Electronics Date Interchange,EDI);
Elektron kapital harakati (Elektronic Funds Transfer, EFT;
Elektron savdo (inglizcha e-trade);
Elektron pullar (e-cash);
Elektron marketing e-marketing);
Elektron bank (e-banking);
Elektron sug'urta xizmatlari (e-insurance).
Elektron tijorat amaliyotida shuni ko‘rish mumkinki, aksariyat holatlarda
elektron tijoratning yuqori samaradorligi muomaladagi xarajatlarni minimallashtirish
orqali ta’minlanadi. Ushbu sohada elektron tijorat samaradorligini baholashga uslubiy
yondashuv quyidagicha bo‘lishi mumkin:
elektron tijoratning samaradorligini baholash uchun o‘rganilayotgan obyekt
sohasini aniqlash;
ushbu sohadagi tadbirkorlik subyektining maqsadli funktsiyasini aniqlash;
maqsadga erishish uchun ishlanish ko‘rsatkichlarini aqlash;
ishlash mezonlarini shakllantirish;
samaradorlik ko‘rsatkichlarini aniqlash uchun zarur statistik va Boshqa
ma’lumotlarni olishni tashkil etish;
3
(
G‘.M. Porsaev, B.SH. Safarov, D.Q. Usmanova “Raqamli iqtisodiyot asoslari” (darslik))