w www.oriens.uz November 2022 rivojini jadallashtirdi. Mamlakatimiz prezidenti o’z qaror, farmon va farmoishlari
bilan raqamli iqtisodiyot va eketron tijoratga bo’lgan e’tiborni oshirmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3-iyuldagi PQ-3832-sonli
qarori
2
ga binoan iqtisodiyotning raqamli sektorini rivojlantirish borasida davlat
tomonidan keng ko’lamli chora-tadbirlar ko’rilmoqda, elektron hujjat aylanishi
tizimlari joriy etilmoqda, elektron to’lovlar rivojlantirilmoqda va elektron tijorat
sohasidagi normativ-huquqiy baza takomillashtirilmoqda.
Ma’lumotlarning taqsimlangan reyestri texnologiyalari, “sun’iy aql”,
superkompyuterlar imkoniyatlaridan foydalanish, shuningdek, kripto-aktivlar
bo’yicha faoliyat jahonning ko’plab mamlakatlarida raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Ma’lumotlarning taqsimlangan
reyestri texnologiyalari nafaqat iqtisodiyotning ko’plab sektorlariga, balki davlat
boshqaruvi tizimiga va boshqa jamoatchilik munosabatlariga asta-sekin joriy
etilmoqda.
O‘z navbatida keng qamrovli xizmat - korporativ mijozlarga ham, oxirgi
iste’molchiga ham xizmat ko‘rsatadigan Internet-vositachilar paydo bo‘lmoqda . Ular
avtomatlashtirilgan axborot kanallari orqali mijozlariga xizmat ko‘rsatish boyicha
ishlarni olib boradi:
sotishdan oldin ishlar potensial xaridorlar va buyurtmachilar bilan ishlash,
onlayn marketing;
onlayn buyurtmalar (bevosita bitim bilan bog‘liq vazifalari) - xizmat xaridorlar
va iste’molchilar, maxfiy axborotni muhofaza qilish;
moliyaviy xizmatlar – buyurtmalarni bajarish bilan bog‘liq onlayn-
tranzaktsiyalarning tarkibiy qismlari;
sotishdan keyingi ishlar – buyurtma, hisob-kitob, almashtirish, nizolarni hal
qilish holatini kuzatish.
Bundan tashqari taqdim etilgan ma’lumotlarga o’zgarish kiritish osonligi va shu
tariqa vaqt va harajatlarni tejab qolinishi raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning
inson hayotida naqadar muhim o’rin egallaganligini ko’rsatadi. Sohaning izchil
rivojlanayotgani va keng ommaga tarqalayotganining sababi ham aynan shu.
2
(Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.07.2018-y., 07/18/3832/1452-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy
bazasi, 24.07.2021-y., 06/21/6268/0700-son; 28.04.2022-y., 06/22/121/0354-son)