Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 2 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 930
w www.oriens.uz February 2022 1.1-rasm. Tijorat banklarida kredit operatsiyalar hisobini yuritish uchun asos bo‘lgan me’yoriy hujjatlar. Banklarda kreditlar hisobini tashkil qilishda buxgalteriya hisobida umumqabul
qilingan tamoyillardan foydalaniladi: buxgalteriya hisobini ikki yoqlama yozuv usuli
yuritish; uzluksizlik; xo‘jalik operatsiyalari, aktivlar va passivlarni pulda baholanishi;
aniqlik; hisoblash; oldindan ko‘ra bilish (ehtiyotkorlik); mazmunning shakldan
ustunligi; ko‘rsatkichlarning qiyoslanuvchanligi; moliyaviy hisobotning betarafligi;
hisobot
davri
daromadlari
va
xarajatlarining
muvofiqligi;
aktivlar
va
majburiyatlarning haqiqiy baholanishi.
Kredit operatsiyalarni hisobga olish uchun kredit hisobvaraqlaridan va
balansdan tashqari hisobvaraqlaridan foydalaniladi.
Bunda bir martalik va kredit liniyasidan foydalanilgan holda kredit
operatsiyalari hisobga olinadi.
Kredit olish uchun bankda xar bir kredit bo‘yicha alohida kredit hisobvarag‘i
ochiladi. Mijoz kredit olish uchun bankga belgilangan tartibda hujjatlar paketini
rasmiylashtirilib topshiradi. Kredit komissiyasining qaroriga ko‘ra kredit berish lozim
deb topilsa bank va kredit oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi tuziladi. Kredit
shartnomasida kreditning nima maqsadda olinishi, muddati, summasi, qaytarilish