Oriental Renaissance: Innovative


educational, natural and social sciences



Yüklə 0,53 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/11
tarix02.05.2023
ölçüsü0,53 Mb.
#105927
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
ththhhhhhhhhhhh

educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
931 
w
www.oriens.uz
February
2022
 
tartibi, kredit uchun to‘lovlar, tomonlarning majburiyatlari, javobgarligi, boshqa 
shartlar ko‘rsatiladi. 
Kredit bo‘limining farmoyishiga ko‘ra, hisob operatsion bo‘limida kredit 
oluvchi korxonaga kredit hisob varag‘i ochiladi. Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning 
mulkchilik shakliga qarab, tegishli balans hisobvarag‘i bo‘yicha kredit hisobvarag‘i 
ochiladi. Masalan: fermer xo‘jaliklariga kredit berish uchun 13101 balans 
hisobvarag‘i bo‘yicha kredit hisobvarag‘i ochiladi. Kredit hisobvarag‘i ham 20 ta 
razryaddan iborat bo‘lib, uning ichida kredit olmokchi bo‘lgan fermer xo‘jaligining 
xos raqami (unikal kodi) bo‘lishi lozim. Masalan, mijozga berilgan unikal kod 
04952452 bo‘lsa AQSH dollarida berilgan kreditni hisobga olish uchun qarz oluvchi 
fermer xo‘jaligi ekanligini hisobga olgan holda quyidagi hisobvaraq ochiladi. 
13101840K04952452001 
Bu hisobvaraqda bank tomonidan fermer xo‘jaliklariga berilgan qisqa muddatli 
kreditlarning hisobi yuritiladi. Hisobraqamning debetida xususiy korxonalarga 
berilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi. Hisobraqamning kreditida esa 
qarzdorlar tomonidan qaytarilgan kreditlarning summasi aks ettiriladi. Bu hisobvaraq 
bo‘yicha analitik hisob xar bir qarzdor va kreditlarning turlari bo‘yicha alohida 
shaxsiy hisobvaraqlarda olib boriladi. 
Tijorat banklarida kreditlarni hisobga olish uchun O‘zbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligida 2004 yil 13 avgust 773–17–son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan, 
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2004 yil 17 iyuldagi № 
578 qarori bilan tasdiqlangan va 17–30–son o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan birga 
«O‘zbekiston Respublikasi tijorat banklarida buxgalteriya hisobi hisobvaraqlari 
rejasi»da keltirilgan hisobvaraqlardan foydalaniladi. Shuningdek, O‘zbekiston 
Respublikasi Markaziy banki tomonidan bank operatsiyalarini hisobga olish bo‘yicha 
chiqarilgan me’yoriy hujjatlar asosida olib boriladi. 
Xorijiy valyutada berilgan kreditlarni hisobga olish uchun quyidagi balans 
hisobvaraqlaridan foydalaniladi: 
1) qisqa muddatli kreditlar uchun: 
11900 - Markaziy bankka berilgan qisqa muddatli kreditlar 
12100 - Boshqa banklarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 
12300 - Hukumatga berilgan qisqa muddatli kreditlar 
12400 - Byudjet tashkilotlariga berilgan qisqa muddatli kreditlar 
12500 - Jismoniy shaxslarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 
12600 - Yakka tartibdagi tadbirkorlarga berilgan qisqa muddatli kreditlar 



Yüklə 0,53 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin