Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 212
w www.oriens.uz March 2022 3. Jinoiy huquqbuzarlikka suiqasd sodir etganlik uchun jazoning muddati yoki
miqdori eng og‘ir turdagi eng ko‘p muddat yoki miqdorning uchdan ikki qismidan
oshmasligi kerak
4. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyatga suiqasd qilganlik uchun
umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanilmaydi, 109-114-1-moddalarida
nazarda tutilgan Ukraina milliy xavfsizligi asoslariga, tinchlikka, fuqarolar
xavfsizligiga qarshi jinoyatlarni sodir etish hollari bundan mustasno.
5. Sud jinoyat sodir etishda ishtirokchilarga jazo tayinlashda Jinoyat Kodeksning
65-67 -moddalari qoidalariga amal qilgan holda, ularning har birining jinoiy
huquqbuzarlik sodir etishdagi ishtirokining xususiyati va darajasini hisobga oladi.
[7]
Ukraina Jinoyat kodeksining ushbu moddasida nazarda tutilgan holatlarga
nazar tashlaydigan bo‘lsak, Jinoytaga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd uchun jazo
tayinlash alohida alohida nazarda tutilgan, ya’ni jinoytaga tayyorgarlik uchun Maxsus
qism moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazo muddatining yarmidan, suiqasd uchun
esa
uchdan
ikki
qismidan oshib ketmasligi belgilangan. O‘zbekiston
Respublikasining amaldagi JK ga ko‘ra jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va suiqasd
uchun umumiy eng ko’p jazoning uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lmasligi
belgilangan. Boshqa holatlarda mamlakatlar o‘rtasidagi qonunchilik normalarining
o‘zaro o‘xshash ekanligini ko‘rishimiz mumkin.
Belorussiya davlati Jinoyat kodeksining 67-moddasiga asosan:
1 Tugallanmagan jinoyat uchun jazo tayinlashda aybdor tomonidan sodir etilgan
xatti-harakatlarning xususiyati va jamoat xavflilik darajasi, jinoiy niyatni amalga
oshirish darajasi hamda jinoyat tugallanmagan holatlar hisobga olinadi.
2. Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik va jinoyatga suiqasd qilganlik uchun o‘lim
jazosi qo‘llanilmaydi.[8]
Ushbu holatlar yuqorida keltirib o‘tilgan Ukraina Jinoyat kodeksi O‘zbekiston
JK moddalarida nazarda turtilgan holatlar o‘xshashlikni ko‘rsatmoqda.
XULOSA Tamom bo‘lmagan va ishtirokchilida sodir etilgan jinoyatlar uchun jinoiy jazo
tayinlash masalalalarini tahlil qilish jarayonida amaldagi O‘zbekiston Respublikasi
JK ning 58-moddasiga asosan “Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir
etishga suiqasd qilganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori ushbu Kodeks
Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch
qismidan oshmasligi kerak”ligi belgilangan, ammo Ukraina Jinoyat kodeksiga asosan
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish uchun eng ko‘p jazo muddatining yarmidan, suiqasd