Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 211
w www.oriens.uz March 2022 kvalifikatsiya qilish hamda adolatli va qonuniy jazo tayinlashda jinoyatda
ishtirokchilik tushunchasini va uning belgilarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi.
[5]
O‘zbekiston Respublikasi JK ning 58-moddasida:
Sud tamom bo‘lmagan jinoyat
uchun jazo tayinlashda jazo tayinlashning umumiy asoslariga amal qilgan holda
jinoyatning og‘ir-yengilligini, jinoiy niyat amalga oshirilishining darajasini va
jinoyatni oxiriga yetkaza olmaganlik sabablarini ham hisobga oladi.
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik hamda jinoyat sodir etishga suiqasd qilganlik
uchun jazoning muddati yoki miqdori JK Maxsus qismining tegishli moddasida
nazarda tutilgan eng ko‘p jazoning to‘rtdan uch qismidan oshmasligi kerakligi
keltirib o‘tilgan. Mazkur kodeksda ushbu tartib tatbiq etilmaydigan holatlar ham
keltirib o‘tilgan. Shuningdek, tamom bo‘lmagan jinoyatlar uchun umrbod ozodlikdan
mahrum qilish tariqasidagi jazo tayinlanishi mumkin emas.[6]
Ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyat uchun sud jazo tayinlashda har bitta
aybdorning jinoyatda ishtirok etganlik xususiyati va darajasini hisobga oladi. Har
qaysi ishtirokchining shaxsiga tegishli bo‘lgan yengillashtiruvchi va og‘irlashtiruvchi
holatlar sud tomonidan faqat shu ishtirokchining o‘ziga jazo tayinlashda hisobga
olinishi belgilangan. Tamom bo‘lmagan jinoyat sifatida, faqat jinoyatga tayyorgarlik
ko‘rish va suiqasd qilish tan olinishi lozim. Jinoyat sodir etishdan ixtiyoriy ravishda
qaytish, tamom bo‘lmagan noqonuniy tajovuz turi sifatida baholanib jinoiy
javobgarlikka tortishni istisno qiladi. Shuningdek, jazoning og‘irligi jinoyatning
sodir etilishi bosqichlari bilan mutanosib bo‘lishi kerak. Shuning uchun ham
jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish, jinoyat sodir etishga suiqasd qilish va tugallangan
jinoyatlar uchun bir me’yorda jazo tayinlash mumkin bo‘lmaydi. Bunda uning
ijtimoiy xavflilik darjasini aniqlash muhim hisoblanadi.
Ukraina
Jinoyat
kodeksining
68-moddasida
tamom bo‘lmagan va
ishtirokchilikda sodir etilgan jinoyatlar uchun jazo tayinlashning asoslari keltirib
o‘tilgan. Unga ko‘ra:
1
Tugallanmagan jinoiy huquqbuzarlik uchun jazo tayinlashda sud Ukraina
Jinoyat Kodeksning 65-67 -moddalari qoidalariga amal qilgan holda, shaxs
tomonidan sodir etilgan qilmishning og‘irligini, jinoiy g‘ayriqonuniy niyatning
amalga oshirilganlik darajasini va jinoyat sodir etilganligini, jinoiy huquqbuzarlik
sodir etilmaganligi sabablarini hisobga oladi.
2
Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rganlik uchun jazoning muddati yoki miqdori
Jinoyat kodeks maxsus qism moddasining sanksiyasida (moddaning bir qismining
sanksiyasida) nazarda tutilgan eng og‘ir jazo turining eng yuqori muddati yoki
miqdorining yarmidan oshmasligi kerak.