Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix16.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
she-riy-nutqning-lingvistik-tadqiqi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
607 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
She`riy nutq - badiiy nutqning nasriy (sochma) va she`riy (tizma) tarzidagi ikki 
shaklidan biri bo‘lib, tilning muayyan ichki o‘lchamga solingan, ma`no ko‘chishiga 
asoslangan, hissiyotga to‘yingan alohida ko‘rinishi.
She’riy nutq she`rning yaratilishi uchun eng muhim birlamchi vosita bo‘lib, 
kelib chiqishiga ko‘ra nasriy nutqdan qadimiydir. U inson tamaddunining dastlabki 
paytida uzoq vaqtgacha badiiy nutqning yagona shakli bo‘lgan. Chunki She’riy nutq 
qurilishidagi tartiblilik, musiqiylik, hissiylik, o‘lchovlilik uni kundalik qora so‘zdan 
farqlagan, u orqali ifodalanayotgan axborotning san`atga tegishliligini ko‘rsatib 
turgan. She’riy nutq muayyan o‘lchov asosida takrorlanib turadigan tartibli zarb (ritm) 
ga qurilgan, inson sezimlarini uyg‘otishga yo‘naltirilgan, hissiyotga to‘yingan 
ko‘tarinki nutqdir. Uning o‘ziga xosligini ritmik bo‘lak va ritmik vositalar ta`min 
etadi. Butun borliq harakati zarblarning izchil takroriga asoslangani kabi she’riy nutq 
ham qatiy ritmga tayanadi. Tabiatdagi tartibli takrorlar kun va tun hamda fasllar 
almashinishini ta`minlagani, inson tanasining ritmikasi yurak urishi, nafas olishi 
maromini tashkil etgani kabi bo‘g‘in, turoq, rukn, misra va band shaklidagi ritmik 
bo‘laklar takrori She`riy nutqning ta`sirli va yashovchan bo‘lishiga olib keladi. Uni 
shakllantirishda pauza, qofiya va qofiya tizimi singari ritmik vositalar ham muhim 
ahamiyat kasb etadi. Shuningdek, She’riy nutqni yuzaga keltirishda poetik 
sintaksisning inversiya, sintaktik parallelizm kabi ko‘rinishlari, fonetik vositalarning 
vokal va konsonans alliteratsiya, anafora, epifora, gradatsiya singari turlari ham katta 
samara beradi. 
She’riy nutqni ijodkorning individual uslubisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Sababi 
har bir ijodkor boshqalarga o‘xshamaydigan o‘ziga xos “ovozi” ajralib turishi kerak. 
Har bir inson individ bo‘lgani kabi har bir ijodkor she’riy nutqi ham individualdir. 
Zulfiya she’riyati misolida buni tahlil qilib chiqamiz. 
Quyida berilgan “Muhabbat tonggi kulganda” she’rida assonans va alliteratsiya 
vositalarining uyg‘un holda qo‘llanishi ekspressivlik namoyon bo‘lmoqda: 
Oqshom edi, oydin ko‘prikda 
Barno qiz-u yigit turardi, 
Oyni kutgan oqshomgi ko‘kda 
Beshik-beshik bulut yurardi. 
Ushbu she’rda O tovushi bilan bog‘liq assonans va K va B tovushlari bilan 
bog‘liq alliteratsiyaga duch kelamiz. “Oqshom” so‘zi “kechki g‘ira-shira payt” 
ma’nosini, “oydin” so‘zi esa “oy chiqib hammayoq yorigan, yorug‘” ma’nosini 
anglatadi. Lekin she’riy parchada oyni “beshik-beshik bulutlar” to‘sganligi aytiladi. 
Demak bu yerda oydin so‘zining ko‘chma ma’nosi “aniq, ko‘rinib, bilinib tugan”ni 



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin