Oriental Renaissance: Innovative


Oriental Renaissance: Innovative



Yüklə 0,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/9
tarix16.05.2023
ölçüsü0,83 Mb.
#114479
1   2   3   4   5   6   7   8   9
she-riy-nutqning-lingvistik-tadqiqi

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 4/2 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
609 
w
www.oriens.uz
April
2022
 
Stolimga tushadi kelib.
5
Shoira she’r misralarida o‘z o‘limini tezlashtirgan parvonaning haqiqiy holatini 
tasvirlash uchun part bo‘lmoq qo‘shma fe’lidan foydalanadi. Natijada oddiy xalqona 
ibora parvonaning holatini tez va aniq idrok qiladi. “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” da 
part bo‘lmoq so‘ziga “qaynoq suvda kuymoq” deb ta’rif berilgan. Ammo shoira 
chiroq issiqligida qanotlari kuygan parvonaga nisbatan part bo‘lmoq fe’lini qo‘llashni 
ma’qul topadi. Demak, bu o‘rinda shoira part bo‘lmoq fe’lining yangi ma’no qirrasini 
yaratadi va bir xillikdan qochish, betakrorlikka erishadi. 
Zulfiyaning “Ko‘ngil” she’rida shunday misralar bor: 
Ko'ngil, bo'lma shisha singari siniq, 
Behuda bir so'z yo nigohdan chil-chil? 
Borliqni sig‘dirgan buloq bo'l, tiniq, 
O'zni o'zing bosma og‘ir yuk shekil. 
Shekil so‘zi og‘zaki nutqda qo‘llanadigan shekilli so‘zining varianti 
hisoblanadi. Shekilli so‘zi fikrning gumon, taxmin, tusmol bilan aytilganligini 
bildirib, “balki”, “ehtimol”, “… bo‘lsa kerak” ma’nolarini ifodalaydi. Ammo bu 
o‘rinda shekil so‘zi shekilli so‘zining og‘zaki nutqdagi variantini ifodalab 
kelmaganligini sezishimiz mumkin. Bu yerda shekil so‘zi ko‘proq “kabi” so‘zi 
ma’nosiga to‘g‘ri keladi. SHuningdek, bu so‘z ikkinchi misradagi chil-chil so‘ziga 
ohangdosh juftlik sifatida ham shu tarzda qo‘langan. Bu so‘z ham ijodkorning o‘ziga 
xos til uslubini ko‘rsatib bermoqda. 
Ma’lumki, taniqli shoir va ijodkorlar frozeologik birliklar, frazeologizmlar
frazemalardan unumli foydalanib personaj nutqini individuallashtirish, asarning 
ta’sirchanligini oshirish sohasidagi zahmatli ijodiy mehnati haqida qator risolalar
monografiyalar yaratilgan. Bu o‘rinda I.Qo‘chqortoyevning “Badiiy nutq 
stilistikasi”(1975), H.Qahhorovaning “Abdulla Qodiriy frazeologiyasi”(1985), 
A.Mamatovning “Frazeologik stilistika masalalari”(1991), M.Yo‘ldoshevning
“Cho‘lpon so‘zining sirlari”(2002) nomli tadqiqotlari xarakterlidir. Jumladan, 
I.Qochqortoyevning asarida yozuvchi Abdulla Qahhorning tildan ijodiy foydalanish 
mahorati va matn talabi bilan “izvoshga ho‘kiz qo‘shilganday” – “izvoshga eshak 
qo‘shib bo‘lmaydi”; “kambag‘al non deb bosh ko‘tarsa, bu mushtumzo‘rlar qon deb 
tosh ko‘taradi”; “yerda turib oyda chorvachilik qilmoq” kabi yangi frazemalar hosil 
qilish usullarini yoritgan edi.
6
O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya ham o‘z ijodi 
davomida umuman tilga, jumladan, ibora qo‘llashga ana shunday ma’suliyat bilan 
5
Зулфия.Сайланма.Тошкент.Шарқ.2006.Б.8 
6
Қўчқортоев И.Бадиий нутқ стилистикаси. – Тошкент:ТошДУ нашри.1975. Б.47-72 



Yüklə 0,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin