[Original size] france



Yüklə 8,96 Kb.
tarix14.12.2023
ölçüsü8,96 Kb.
#178530
spain


ISPANIYA
Ispaniya (España), Ispaniya Qirolligi (Reino de España) — Yevropaning janubi-gʻarbida, Pireney yarim orolda joylashgan davlat. Oʻrta dengizdagi Balear (shu jumladan Pitius), Atlantika okeanidagi Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qirgʻogʻidagi Seuta va Melilya shaharlari va unga yondosh Veles-de-la-Gomera, Alusemas, Chafarinas orollari ham Ispaniyaga qaraydi. Maydoni 504,75 ming km2. Aholisi 47,27 mln. kishi (2012). Maʼmuriy jihatdan oʻz hukumati va parlamentiga ega boʻlgan 17 muxtor regionga, ular, oʻz navbatida, 50 viloyat (provincia)ra boʻlinadi. Poytaxti — Madrid shahri
Ispaniya — parlamentli monarxiya. Amaldagi konstitutsiyasi 1978-yil 6-dekabrdagi milliy referendumda maʼqullangan, oʻsha yili 29-dekabrdan kuchga kirgan;
tABIATI
Ispaniya subtropik mintaqada. Qirgʻoq chizigʻining uzunligi orollar bilan birga 5 ming km dan koʻproq. Ispaniya hududining aksar qismi plato, oʻrtacha balandlikdagi tizmalar, yassitogʻliklar va pasttekisliklardan iborat. Platolarning balandligi shimoli-gʻarbda 800- 1000 m, janubi-sharqda 500-600 m. Ular oʻrtasida janubi-gʻarbdan shimoli-sharqqa yoʻnalgan Markaziy Kordilyera togʻ tizmalari bor. Ispaniyaning shimoli-gʻarbida Galisiya massivi va Leon togʻlari, Biskay qoʻltigʻi sohilida Kantabriya togʻlari bor. Ular sharqda Pireney togʻlariga ulanib ketadi. Janubiy va janubi-sharqida Andalusiya togʻlari, janubi-gʻarbida Andalusiya pasttekisligi bor. Syerra-Nevada tizmasidagi Mulasen togʻi (3478 m) Ispaniyadagi eng baland togʻdir. Ispaniyada uran, mis, simob, qoʻrgʻoshin, temir, volfram, qalay, oltin, kumush, margimush, marganets konlari bor. Toshkoʻmir, kaliy tuzi, kaolin, apatit ham qazib olinadi.
Ispaniya hududida odam quyi paleolit davridan yashaydi. Leridadan Kadisgacha boʻlgan hududlarda mezolitga oid qoyatosh suratlari koʻp topilgan. Mil. av. 7-asrdan I.ning janubiy va sharqiy sohil boʻylari finikiyaliklar va yunonlar tomonidan oʻzlashtira boshlangan. Mil. av. 700—500 yillarda Oʻrta dengiz sohilida iberlar madaniyati paydo boʻldi. Mil. av. 5—3-asrlarda Pireney yarim orol orkali kelgan kelpiarnmt iberlar bilan qoʻshilib ketishi natijasida kelipiberlar shakllangan. Mil. av. 3-asr oxirlarida Ispaniya hududining koʻp qismi Karfagen qoʻl ostiga oʻtdi. Mil. av. 2-asr boshiga kelib rimliklar karfagenliklarni siqib chiqardi. Mil. av. 197 yilda Rim Ispaniya hududini 2 viloyat (Yaqin Ispaniya va Olis Ispaniya)ga boʻlib yubordi. Mil. 409 yil Ispaniyaga alanlar, svev va vandallar, 418 yildan vestgotlar kirib kela boshladi. 711—718 yillarda Pireney yarim orolning deyarli hammasini arablar bosib olib, 756 yil mustaqil davlat — Kordova amirligini, 929 yilda esa Kordova xalifaligini tuzdi. Kordovada sugʻoriladigan dehqonchilik paydo boʻldi, hunarmandchilik, savdosotiq, fan va madaniyat yuksaldi. 1031-yil xalifalik bir necha amirlikka boʻlindi. 8-asrdan boshlab mavrlar koʻl ostida boʻlgan yerlarni ispanlar kay-tarib ola boshladilar (Rekonkista dav-ri). Rekonkista davrida Kastiliya va Aragon qirolliklari vujudga keldi (11-asr). 12-asrda dvoryanlar, ruhoniylar, shaharliklar va yuqori tabaqa dehqonlardan iborat korteslar paydo boʻldi. Ular qirol hokimiyatini cheklab turdilar.
TARIXI
Asosiy tarmoq dehqonchilik, qishloq xoʻjaligi mahsuloti qiymatining yarmiga yaqini uning ulushiga toʻgʻri keladi. Mamlakat maydonining 71%da dehqonchilik qilinadi. Ispaniyada vino (dunyoda 3-oʻrin) tayyorlanadi, sitrus mevalar (apelsin hosili boʻyicha Yevropada 1-oʻrin, yiliga 3 mln. tonna), bugʻdoy (ekin maydonining 20%), sholi (dunyoda eng yuqori hosildorlik: ga dan 60—70 sentner), bodom, tamaki, paxta, qand lavlagi, sabzavot (ekin maydonining 69%), kungabokar yetishtiriladi. Oliy nav zaytun yogʻi ishlab chiqarishda dunyoda l-oʻrinda turadi (yiliga 400 ming t dan ziyod). Chorvachilik yaxshi rivojlangan: qoramol, choʻchqa, echki, qoʻy boqiladi. Baliq va dengiz joni-vorlari ovlash qamda qayta ishlashda dunyodagi oʻnlikka kiradi.
QISHLOQ XOʻJALIGI
Ispaniyada temir yoʻlillarning umumiy uzunligi — 14378 km, avtomobil yoʻllari uzunligi — 324 ming km. Asosiy dengiz portlari: Kartaxena, Barselona, Bilbalo, Santa-Krusde-Tenerife. Madrid va Barselona shaharlaridagi aeroportlar mamlakatdagi eng yirik aeroportlardir. Chetga mashinasozlik (kema va avtomobillar), qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat sanoati mahsulotlari (sitrus mevalar, meva-sabzavot konservalari, vino, zaytun yogʻi) chiqaradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa Ittifoqi mamlakatlari (import — 56%, eksport — 66%), AQSH (import — 8% va eksport 9,2%), Yaqin Sharq mamlakatlari (8,6% va 8,1%), Lotin Amerikasi mamlakatlari (6,1% va 4,2%). Chet el sayyohdigi — muqim daromad manbai. Har yili Ispaniyaga 52 mln. sayyoh kelib ketadi, bu soha 20 mlrd. dollargacha daromad beradi (AQSH dan keyin 2-oʻrin). Sayyohlarga 6 mln. kishi xizmat qiladi. Pul birligi — yevro
Siyosiy partiyalari, kasaba uyushmalari
Ispaniyada 500 dan koʻproq siyosiy partiya va jamoat tashkiloti roʻyxatga olingan. Asosiy partiyalari: Xalq partiyasi (1989-yil yanvargacha Xalq uyushmasi), 1976-yilda tuzilgan; sotsialistik ishchi partiyasi, 1879-yilda tuzilgan; kommunistik partiyasi, 1920-yilda tuzilgan; Basklarning millatparvar partiyasi, 1993-yilda tuzilgan; Kataloniya demokratik konvergensiyasi, 1974-yilda asos solingan; Valensiya ittifoqi. Kasaba uyushma birlashmalari: Mexnat-kashlar umumiy ittifoqi, 1888-yilda tuzilgan; Ishchilar kasaba uyushma birlashmasi, 1960-yilda asos solingan; Ishchi komissiyalari, 1956-yilda tuzilgan.
Ispaniya industrial-agrar mamlakat. Sanoat ishlab chiqarish qajmi jihatidan Gʻarbiy Yevropada 5-oʻrinda, rivojlangan mamlakatlar oʻrtasida 8-oʻrinda turadi. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 23%, qishloq xoʻjaligi ulushi 3,5%, xizmat koʻrsatish sohasining ulushi esa 60% dan ortadi. Baʼzi subtropik va bogdorchilik mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishda dunyoda oldingi oʻrinlarda turadi.
Sanoatida ogʻir sanoat yetakchi oʻrinda turadi. Mashinasozlik, avtomobil va kemasozlik, stanoksozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati gʻoyat rivojlangan. Sanoatning eng qad. tarmogʻi — toʻqimachilik ham ravnaq topgan. Elektron sanoati tez surʼatlar bilan taraniy etmoqda. Ammo konchilik va metallurgiya tarmoqlaridagi ishlab chiqarish qisq-arib bormoqda. 100 turdagi foydali qazilmalardan 16 tasi qayta ishlanadi. Pirit, simob, temir, qoʻrgʻoshin-rux, uran rudalari va toshkoʻmir qazib olinadi. Qazib olinadigan neft I. ehtiyojining 10% ni krndiradi.
Xoʻjaligi
Asosiy kemasozlik korxonalari Bilbao, Kartaxena, Barselonada, avtozavodlar Madrid, Barselona, Valyadolid, Vigo sh.da, qora metallurgiya korxonalari Biskayya, Santander, Asturiya, Valensiya viloyatlarida, rangli metallurgiya Kordova, Xaen, Mursiya, Ovyedo, Santander, Gipuskoa, Biskayya viloyatlarida, chetdan keltirilgan neftni qayta ishlovchi korxonalar Lakorunya, SantaKrus-de-Tenerife, Eskombre-ras va boshqa port shaharlarida, vinochilik sanoati Kataloniya, Aragon, Andalusiya va Yangi Kastiliya viloyatlarida joylashgan. Yiliga 155,7 mlrd. kVt-soat elektr energiyasi ishlab chiqariladi. Elektr energiya, asosan, GES larda hosil qilinadi. 3 ta AES mavjud. Yoqilgʻi taqchilligi muqobil energiya manbalarini izlashni taqozo qiladi. Quyosh va geotermal styalardan keng miqyosda foydalaniladi. Asosiy sanoat markazlari — Barselona, Madrid, Bilbao, Ovyedo.
IQTISODIY KO’RSATKICHLARI
Aholisi: 48,345,223
YaIM: $1.582 trillion
YaIM o’rni : 15
Aholi jon boshiga YaIM: $33,090
Yillik YaIM o‘sish sur’ati: 5.5%
Inflyatsiya: 1.9% (June 2023)
Ishchi kuchi: 23,312,310
Ishsizlar: 11.6%
Yüklə 8,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin