bo'yni va tanasi va tubi farqlanadi. Churra kisimlaridan iborat xaltasi turli o‟lcham va shaklda
Xaltaning qorin bo‟shlig‟i bilan tutashadigan qismi uning teshigi deyiladi. Bo'yinchasi – churra
xaltasining teshigi bilan tutashadigan eng tor qismidir. Bo'yinchada aksariyat churra qisilishi ro'y
beradi. Tana qismi keng bo‟lib, asosan teri ostida joylashgan, churra xaltasining tub qismi yoki
churraning distal qismi hisoblanadi.
Churra bir yoki ko‟p kamerali bo‟lishi mumkin.
Asoratlanmagan churralarda xaltasi devori qorinpardaning silliq yupqa varag‟idan iborat bo‟lib,
yuzasida yog' qatlamlari bo‟lishi mumkin. Asoratlangan churralarda xalta devori doimo shikastlanib
turishi natijasida u qalinlashadi, biriktiruvchi to‟qima rivojlanishi va xalta ichida bitishmalar borligi
hisobiga dag‟allashib qoladi.
Churra xaltasining ichki yuzasi xalta ichidagi hosila bilan yoki devorlarining bir–biri bilan bitib
qolishi oqibatida churra tug'irlanmaydigan bo‟lib qoladi. Churra xaltasining to'liq obliterasiyasi
deyarli bo‟lmaydi. Aksariyat xaltacha ikki yoki uch bo‟shliqli tuzilmaga aylanadi yoki «qum soat»
ko'rinishini oladi.
Churra xaltasi embrional kindik churralarida bo'lmasligi mumkin, ulardagi tushgan ichki
a‟zolar amnion parda bilan qoplangan bo‟ladi. «Sirpanuvchi» churralarda ham churra qopchasi bir
devorini qorinparda bo‟shlig‟idan tashqarida joylashgan a‟zolarning (ko'richak, siydik pufagi,
yuqoriga ko'tariluvchi yo'g'on ichak, sigmasimon ichak) devorlari tashkil qiladi.
Churra xaltasi ichida qorin bo‟shlig‟idagi a‟zolardan biri bo‟lishi mumkin:
a) Ingichka ichak qovuzlogi;
b) Charvi;
v) Ichak tutqichi bilan ta‟minlangan yo'g'on ichak qismlari, sigmasimon ichak, ko‟ndalang
chambar ichak ko'richak, chuvalchangsimon o'simta va yo'g'on ichakning yog' osilmalari, Mekkel
divertikuli;
d) Bachadon va o'simtalari;
ye) Qorinparda bilan bir tomondan qoplangan a‟zolar (siydik pufagi, chambar ichakning yuqoriga
ko'tariluvchi va pastga tushuvchi qismllari);
j) Diafragmal churralarda me‟da, jigar, taloq va buyraklar.
Bo'rtib chiqadigan churra xaltasi ichidagi a‟zolar va churra darvozalari o‟rtasidagi vaziyat
nisbatini hisobga olish amaliy jihatdan muhimdir.
Qorin bo‟shlig‟idan chiqadigan a‟zolar chov kanalining ichki teshigidan endigina o'tgan bo'lsa –
Dostları ilə paylaş: