Qorinning pastki devori. Qorin bo‟shlig‟i bilan chanoq bo‟shlig‟ini ajratib turuvchi chegara
chizig‟i (linea terminalis), promontorium orqali o‟tadi. Shu chiziqdan yuqorisi katta chanoq
bo‟shlig‟i bo‟lib, qorin bo‟shlig‟iga kiradi. Ammo bu chegara shartli olingan. Ma‟lumki chanoq
bo‟shlig‟ida ingichka ichaklar, yo'g'on ichak, charvining paski qismi ham bo‟lishi mumkin. Undan
tashqari Oraliq, utirgich, yopiluvchi teshik churralari hosil bo‟lishini hisobga olib chanoq devorlari
va kichik chanoq bo‟shlig‟ining tubini qorinning pastki devori deb hisoblash to‟g‟ri bo‟ladi.
Kichik chanoq bo‟shlig‟iga kirishda ikki tomondan yonbosh chuqurchalar bilan o‟ralgan va ular
yonbosh mushaklari bilan to‟lgan. Bu mushaklar m.psoas major et minor bilan qo'shilib m.iliopsoas
ni hosil qiladi va lacuna musculorum dan songa o‟tadi. M.iliacus pastki fassiya bilan qoplangan
bo‟lib, f.endoabdominalis ning bir qismi bo‟lib hisoblanadi. F.iliaca pastga borib linea terminalis ga
birikadi va chanoq bo‟shlig‟i devorlarini yopib, chanoq tubiga yopishadi hamda m.levator ani va
m.coccigeus ni tashkil qiladi.
Pariyetal qorinparda ham yonbosh chuqurchalarni yopib, siydik qopiga o‟tadi va qorinning
oldingi devoridan siydik qopiga utishda (plica vesicalis transversae) ko‟ndalang burma hosil qiladi.
Erkaklarda siydik qopining orqasidan to‟g‟ri ichakka o‟tib, chuqurcha (excavatio retrovesicalis) ni
hosil qiladi. Ayollarda pariyetal qorinparda siydik pufagidan bachadonga va bachadondan to‟g‟ri
ichakka o‟tib, ikkita bo‟shliq – excavatio vesicouterina va excavatio rectouterina ni hosil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |