Қорин чурралари


Qorinning  yuqorigi  devori



Yüklə 0,73 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/52
tarix02.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#47420
növüРеферат
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52
qorin devorining xirurgik anatomiyasi

Qorinning  yuqorigi  devori  –  keng  mushak-pay  plastinkasidan  iborat  bo‟lib,  diafragma 

(diaphragma),  deyiladi.  Diafragma  mushaklarining  tolalari  ko‟krak  qafasining  butun  aylanasi 

bo‟ylab ichki qirrasidan boshlanib, yuqoriga ko'tariladi va payga aylanib ko‟krak qafasi bo‟shlig‟iga 

kiruvchi gumbaz hosil qiladi. 

Diafragma gumbazining balandligi tananing holatiga, nafas olish harakatiga, ko‟krak qafasining 

shakliga hamda ko‟krak qafasi va qorin bo‟shliqlaridagi bosimning nisbatiga bog‟liq. Kishi vertikal 

holda turganda diafragma oldindan V-qovurg‟a va orqadan IX-qovurg‟a sathiga to‟g‟ri keladi. Chap 

tomondan diafragma gumbazi bir qovurg‟aga pastda aniqlanadi. 

Diafragma ikki qismldan iborat: markaziy – pay (pars tendineum) va periferik – mushak (pars 

mussulorum)  qismlaridan  iborat.  Pay  qismi  keng  uchbargli  shaklga  ega.  Mushagi  esa  quyidagi 

qismllardan  iborat:  to'sh,  qovurg‟a  va  bel  qismlari.  Tush  qismi  birnecha  qisqa  mushak 

bog‟lamlaridan iborat. Qovurg‟a qismi VII-XII  qovurg‟alar tog‟ayining ichki  yuzasidan boshlanib, 

qorinning ko‟ndalang mushagidan ham tolalar oladi. Bel qismi chap va o‟ng tomonlardan uchtadan 

oyoqchalarga  ega.  Diafragma  mushaklari  orasida  yoriqsimon  Oraliqlar  bor.  Tush  va  qovurg‟a 

qismllari  orasidagi  uchburchak  shakldagi  yoriq  –  tush-qovurg‟a  oraligi  yoki  Larrey  uchburchagi 

(trigonum  sternocostalis  Larrey)  deyiladi.  Bu  yoriq  orqali  ko‟krak  bo‟shlig‟ining  tomirlari  (vasa 

thoracica interna) o‟tadi. Qovurg‟a va bel qismllari orasidagi uchburchak shaklidagi yoriq Bogdalek 

uchburchagi  (trigonum  lumbocostalis  Bochdaleki)  deyiladi.  Diafragmada  uchta  katta  teshik  bo‟lib, 

ulardan aorta, qizilo‟ngach, pastki kovak vena hamda bir nechta tomirlar va asab tolalari o‟tadigan 

yoriqlar bor. Aortal teshikdan aortadan tashqari limfa yo‟lining Boshlang‟ich qismi ham o‟tadi. 

Qizilo‟ngach o‟tadigan teshikdan adashgan nerv tolalari ham o‟tadi. 

Pastki kovak vena o‟tadigan teshik diafragma pay qismining o‟rtasida joylashgan. 

Diafragma pastki yuzasining ko‟p qismi qorinparda bilan qoplangan. Jigarning gultoj bog‟lami 

pastki kovak vena atrofi qisman va bel qismi batamom qorinparda bilan qoplangan. 




 

 

Diafragmani  ko‟krak  ichki  arteriyasidan  chiqqan  shaxobcha,  ko‟krak  va  qorin  aortalaridan  va 



pastki  qovurg‟alararo  arteriyalar  qon  bilan  ta‟minlaydi.  Vena  qoni  nomdosh  vena  tomirlari  orqali 

chiqib ketadi. Innervasiyasi n.n.phrenicus orqali amalga oshiriladi. Limfa diafragmadan qorin limfa 

yo‟liga quyiladi. 


Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   52




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin