Oʻrmonova Madinabonu 21 06 a-guruh,,Men tanlagan soha va oav mavzusida esse yozish



Yüklə 38,65 Kb.
səhifə2/2
tarix27.12.2023
ölçüsü38,65 Kb.
#200152
1   2
,,Men tanlagan soha va OAV” mavzusida esse yozish.

Ayrim hollarda vaqtli matbuotda felyeton, kichik hikoyalar, romandan parchalar ham beriladi. Bu holda ommabop uslub badiiy uslub bilan qo`shilib ketadi. Ommabop uslub kundalik ijtimoiy hayot ko`zgusidir. Ommabop uslubni shakllantiruvchi vositalar ijtimoiy-siyosiy atama va birikmalardan iborat bo`ladi: fuqarolik burchi, iqtisodiy tejamkorlik, siyosiy vaziyat, siyosiy va ijtimoiy kuchlar, iqtisodiy vaziyat, hukumat tangligi va b. Publitsistik uslub ommaviy axborot vositalari uslubidir. Bu uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.


Dunyo -kurash maydonidir.
Insoniyatning bugungi hayoti o‘z shiddati, ta’sir ko‘lami, munosabatlar murakkabligi bilan nafaqat kechmish asrlar, balki bir necha o‘n yil ilgarigi hayotdan ham jiddiy farq qilayotir. Har sohada kuzatilayotgan globallashuv jarayoni inson atalmish mavjudotning jism-u jonini misoli vayronkor quyundek o‘rab-chirmab olmoqdaki, bu shiddat va kuch qarshisida uncha-muncha odamning dosh berishi – o‘zini, o‘zligini, shaxsi hamda aql-hushini saqlashi tobora qiyinlashib boryapti. O‘spirinlik yoxud yoshlikning nogahoniy shabadaga sezgir jism-u joni ne, hatto hayotning achchiq-chuchugini totib ulgurgan, o‘zini har narsaga bardoshli hisoblaydigan katta yoshdagi kishilar yurish-turishi, dunyoqarashi, axloqi va umumruhiyatida kuzatilayotgan evrilishlar ham inson zoti tabiatida ortga qaytmas tub o‘zgarishlar boshlanganidan darak berayotgandek. Insonlararo munosabatlarda shafqatsizlik, riyokorlik, sotqinlik, beburdlik, xiyonat singari illatlar misli ko‘rilmagan ko‘lamda yuzaga chiqayotgandek. Nafsiy intilishlar qutqusi-la avj olayotgan “o‘lat paytidagi shohona ziyofat”larning badbo‘y oqavasi komiga odamiy ruh tobora chuqurroq g‘arq bo‘layotgandek. Shunga ko‘ra, G‘arb insonshunoslik fanlari tilida “inson degradatsiyasi”, “shaxsning yemirilishi”, “odamning qiyofasizlashuvi”, “sivilizatsiya shomi” singari tushkun iboralar tobora ko‘payayotganini tushunish mumkin.
Bu halokatli evrilishda dunyo ommaviy axborot vositalari faoliyati hal qiluvchi omillardan biri bo‘layotgani sir emas. Darvoqe, ayni sohada paradoks bir holat tobora aniqroq kuzatilyapti. O‘ziga “axborot dunyosi”, “axborotlashgan jamiyat” deb nom qo‘yib olgan bugungi jumla jahonda u yoxud bu voqea-hodisa haqida (u tarixda yuz berganmi yoki kuni kecha sodir bo‘ldimi – farqi yo‘q!) ommaviy axborot vositalari “topib” tarqatayotgan ma’lumot, “tezkor xabar” qancha ko‘paysa, o‘sha voqea-hodisaga doir asl haqiqat shunchalar mavhumlashib bormoqda. Yangi xabar va “topilmalar” ko‘paygani sari o‘quvchi, tomoshabin, tinglovchi bo‘lmish inson dunyoqarashi, ong-u shuurini boshboshdoqlik – xaos shunchalar keng ishg‘ol qilayotir. Nafaqat siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-mafkuraviy sohalardagi joriy yangiliklar, uzoq muddatli kuzatuv va hisob-kitobni talab qiluvchi sohalarga oid xabarlarning ham bir-biriga mutlaqo zid mazmunda ekani kishini lol qoldiradi. Bir guruh olimlar insoniyatni, deylik, Yer sayyorasida havo harorati tobora ko‘tarilib borayotgani va bu jarayon mudhish oqibatlarga olib kelishi haqidagi bashoratlari bilan qo‘rqitsa, boshqa bir guruh “mutaxassislar” unga teskari gapni ma’qullab karomatgo‘ylik qiladi. Yoki 2001-yilning 11-sentabrida AQShda sodir bo‘lgan ayanchli hodisalarni, masalan, italyan kinorejissyorlari “9/11 jumbog‘i” nomli hujjatli filmda bir xil talqin etsa, amerikalik kinochilar uning teskarisini “isbotlab” beryapti.
Shuningdek, olimaning felyeton va ocherkka nisbatan ishlatgan terminlari ham (“ijtimoiy-publisistik”, “badiiy-publisistik”) diqqatni tortadi. Keyingi paytlarda ozbek tilshunosligida “gazeta tili”, “gazeta uslubi”, “gazeta janrlari” tushunchalari tobora mustahkam orin egallamoqda. “Gazeta janrlarining tasniflanishi va guruhlanishi”ni quyidagicha belgilaydi: “Axborot(informasion) janrlari. Tahliliy (analitik) janrlar. Tasviriy (badiiy-publisistik) janrlar”. U xabar, hisobot, suhbat, reportaj, lavha (axborot (informat-sion) janrlar), korrespondensiya, maqola, publisistika, xat, xalqaro obzor, matbuot obzori, taqriz (tahliliy (analitik) janrlar), ocherk, felyeton, pamflet (badiiy-publisistik janrlar) kabilarni oz tasnifida qayd etgan. “Publisistik janrlari” va “jurnalistik janrlar” terminlarining ma’nodosh ekanligini qayd etib, janrlarni quyidagicha tasnif qiladi: 1) Axborot janrlari: xabar, suhbat, intervyu, hisobot, reportaj. 2) Axborot-tahliliy janrlar: korrespondensiya, maqola, taqriz, sharh, kuzatish, xat, matbuot sharhi. 3) Badiiy-publisistik janrlar: ocherk, felyeton, satirik janrlar, esse, lavha”. Matbuot, jumladan, gazetaning xarakterli xususiyatidan kelib chiqqanda, uning asosiy vazifasi informasiya (axborot) berish va badiiy-publisistik vositalar orqali obrazli tarzda ta’sir etish hamda boshqalardan iborat. Tadqiqotchilar matbuotning vazifasi va ifoda usullari hamda shakllaridan kelib chiqib, janrlar haqida gapirganda, “informasion” yoki “axborot” janrlari, “badiiy-publisistik janr”, “analitik janr” terminlarini ishlatganlar.
1. AXBOROT (INFORMASION) JANRLARI. 1. Xabar: xronika-xabar, axborot-xabar, tanqidiy yoki satirik xabar, maxsus sarlavhalar ostidagi qisqa xabarlar, kengaytirilgan xabarlar. 2. Reportaj: shu kungi voqealar haqidagi reportaj, mavzuli reportaj, muammoli reportaj. 3. Hisobot: oddiy hisobot, tahliliy hisobot, mavzuli hisobot, muammoli hisobot, ilmiy hisobot, sud hisoboti, rasmiy voqyealar haqidagi hisobot. Intervyu: intervyu-monolog, intervyu-dialog, intervyu-lavha, portret-intervyu, davra-suhbat, matbuot konferensiyasi. TAHLILIY (ANALITIK) JANRLAR: 1. Korrespondensiya: axborot korrespondensiya, tahliliy korrespondensiya, muammoli korres-pondensiya, ijobiy korrespondensiya, tanqidiy korrespondensiya, portret korrespondensiya, mulohaza-korrespondensiya. 2. Maqola: bosh maqola, nazariy maqola, muammoli maqola, tanqidiy maqola, tashviqot xarakterdagi maqola, ilmiy-ma’rifiy maqola. 3. Taqriz. 4. Sharh: umumiy sharh, mavzuli sharh, axborot sharhi, matbuot sharhi. 5. Obzor: mavzuli obzor, umumiy obzor, axborot obzor. 6. Xat: gazetxon xati, ochiq xat, murojaat, tabrik, yozuvchi xati. 7. Kuzatish: umumiy kuzatish, mavzuli kuzatish. III. BADIIY-PUBLISISTIK JANRLAR. 1. Lavha. 2. Ocherk: ocherk-portret, (yol ocherki), muammo-ocherk, ocherk-lavha. 3. Felyeton: hujjatli felyeton Publisistik uslubga amal qilinadigan manbalar orasida, ayniqsa, matbuot, ya’ni gazeta va jurnallarning alohida orni bor. O`zbek tilshunosligida gazeta tilini tadqiq etish boyicha qator tadqiqotlar yaratilgan. A.Abdusaidovning «Jurnalist-ning tildan foydalanish mahorati» nomli monografiyasida gazeta tilini organishga doir adabiyotlar obzori keltirilgan. Unda korsatilishicha, ozbek tilshunosligida gazeta leksikasi, vaqtli matbuotda baynalmilal soz va terminlar qollash, «Mushtum» jurnali leksikasi va frazeologiyasining semantik-stilistik xususiyatlari, gazeta nutqi, gazeta sarlavhalari, gazeta materiallari asosida leksik dubletlar, leksik va sintaktik variantlar, gazeta tili statistikasi, gazeta tilining publisistik uslubdagi orni, janrlari, gazeta tili gram-matikasi, «Turkiston viloyatining gazeti»ning ayrim sintaktik xususiyatlari, XX asrning birinchi yarmi vaqtli matbuoti materiallaridan olingan boy faktlar asosida qadimgi turkiy sozlar, ozlashgan leksik qatlam, polisemiya, kalka masalasi, gazeta tili va adabiy me’yor masalalari organilgan muhim tadqiqotlar mavjud. Publisistik uslubda gazeta tilining oziga xos orni va xususiyatlari bor. Gazeta tiliga xos belgilar sifatida K.Yusupov, A.Boboyeva, A.Abdusaidov quyidagilarni korsatishgan: 1. Gazeta tili yozma adabiy tildir. U oziga xos lingvistik belgilarga ega. 2. Gazetada barcha vazifaviy uslublarga oid materiallar bosiladi. Ayrim materiallarda ular qorishiq holda keladi. Bu gazeta tilining oziga xos ususiyatlaridan hisoblanadi. Boshqa vazifaviy uslublarga doir materiallar (m., she’r, hikoya, badiiy asardan parchalar, farmon, qaror kabilar), agar gazeta materiallariga singdirilmagan bolsa, oz uslublari doirasida organilishi lozim, ya’ni u gazeta tiliga aloqador bolmaydi. 3. Gazeta materiallari uslubi va ifodasi jihatidan farqlanadi. Xabar, bosh maqola, korrespondensiya, hisobot, sharh kabilar sof adabiy tilda yozilsa, lavha, ocherk, ochiq xat, reportaj, tanqidiy maqola, felyeton kabilarda badiiy uslubga xos elementlardan keng foydalaniladi. Bu janrlarda ba’zan oz orni bilan sheva elementlari ham ishlatiladi. 4. Gazeta tili badiiy, sozlashuv uslublari tiliga yaqin turadi, ilmiy, rasmiy uslublar tilidan farq qiladi. 5. Gazeta tili uchun standart (andoza) va shtamp (qolip)lardan foydalanish xarakterlidir. 6. Gazeta tilining oziga xos xususiyati uning informativlik (axborot berish), tashkilotchilik, targibot va ta’sirchanlik kabi vazifalaridan kelib chiqadi. Til vositalaridan foydalanishda gazeta tiliga xos ana shu xususiyatlar hisobga olinadi.
7. Gazeta tilida ekspressivlik oziga xos tarzda ifodalanadi. Ta’sirchanlikni ta’minlashda ommaviylik, obrazlilik, emotsionallik va ekspressivlik, aniqlik va konkretlik, ixchamlik, munoza-ralilik kabilar alohida e’tiborga olinadi. 8. Gazeta janrlarida tilning imkoniyatlaridan foydalanish holati bir-biridan farq qiladi. Axborot, tahliliy va badiiy-publisistik janrlarda lugaviy, frazeologik, grammatik vositalarning ekspressiv-uslubiy imkoniyatlaridan foydalanish oxshash va farqli tomonlarga ega. Til vositalarining uslubiy xususiyatlaridan foydalanishda turli usullar ishlatiladi. 9. Gazeta tilida adabiy tilning imloviy, lugaviy, grammatik, punktuasion va uslubiy normalariga qat’iy amal qilinadi. Adabiy normadan chetga chiqishlar (ma’lum uslubiy maqsad uchun) lavha, ocherk, tanqidiy maqola, felyetonlar tilida uchraydi. Badiiy uslubda umumiy normaga rioya qilinsa, gazeta tilida adabiy norma doirasida ish koriladi. 10. Gazeta tili adabiy tilning, xususan uning leksikasining boyishiga hissa qoshadi. Ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy, ma’naviy-maishiy turmush bilan bogliq ozgarishlar dastlab gazetada aks etadi. Natijada yangi paydo bolgan yoki boshqa tillardan kirib kelgan sozlar gazeta orqali keng iste’molga kiradi. Gazeta lugaviy birliklar, ayniqsa, terminlarni ishlatishda «ijodiy laboratoriya» vazifasini otaydi. 11. Gazeta davr bilan hamohang, jurnalistlarning mahorati tufayli neologizmlar va okkazionalizmlar kop ishlatiladigan yozma manbadir. Tilimiz leksikasidagi ozgarishlarni aks ettirishda gazeta tili badiiy uslubga qaraganda katta imkoniyatlarga ega. 12. Gazeta tili yozma adabiy til sifatida ma’lum qonun-qoidaga, normaga boysunganligi va amaldagi imlo qoidalariga asoslanganligi uchun ham yuqori savodxonlikni korsatuvchi manba hisoblanadi. Gazeta tili namunaviy til sifatida nutq madaniyatini oshirish, adabiy normani targib etishda oziga xos kozgu vazifasini bajaradi. Undagi ayrim kamchiliklar aniqlanib, gazeta tilining holatiga va til taraqqiyotidagi ozga-rishlarga tegishlicha baho berib boriladi.

Аdabiyotlar roʼyxati:


1. Vыgotskiy L.S. Voprosы detskoy psixologii. – M.: SPB. 1999.
2. Beltyukov V.I. Vzaimodeystvie analizatorov v protsesse vospriyatiya i usvoeniya ustnoy rechi (v norme i potologii) – M.: Pedagogika. 1997.
3. Bogdanova T.G. Surdopsixologiya. –M., 2002.
4. L.Moʼminova, Sh.Аmirsaidova va boshqalar Maxsus psixologiya -T.: Fan va texnologiyalar ,2013.
5. P.Poʼlatova, L.Nurmuxamedova, Sh. Аmirsaidova Maxsus pedagogika -T.: Fan
Yüklə 38,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin