O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish



Yüklə 195,17 Kb.
səhifə25/46
tarix11.10.2023
ölçüsü195,17 Kb.
#154060
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46
O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalasht-www.hozir.org

O’rnatilgan tizimlarda xotira
Biz bilamizki o’rnatilgan platformalar, xar biri tezligi, xajmi va foydalanilishi bilan noyob bo’lgan xotira ierarxiyasiga ega(3.2-rasmga qarang).Registrlarli va muayyan birlamchi xotira turlariga o’xshab,xotira protsessorga to’g’ridan to’g’ri ulangan yoki ba’zilari fizik jixatdan protsessorda joylashgan bo’ladi.
Rasm. 3.2 Xotira ierarxiyasi
Bular, doimiy xotira, tezkor xotira va 1-darajali KESH xotiralardir.Ushbu ma’ruzada, odatda protsessor tashqarisida joylashgan yoki ikkala holatda protsessor ichida joylashtirilgan va protsessor tashqarisida joylashgan xotiralar haqida so’z boradi. Bundan tashqari ROM, 2-darajali KESH va tezkor xotira kabi birlamchi xotiralar va plataga ulanadigan, lekin to’g’ridan to’g’ri protsessorga ulanmaydigan ikkilamchi/uchlamchi xotiralar(masalan: CD-ROM, yumshoq disk, qattiq disk va lentalar) haqidagi axborotlarni ham o’z ichiga oladi.
Birlamchi xotira odatda xotira tizim ostisining bir qismi hisoblanib, uchta komponentlardan tashkil topgan(rasm 3.3da ko’rsatilgan):
- xotira mikrosxemasi;
- adres shinasi;
-ma’lumotshinasi.
Rasm 3.3 Birlamchi xotira tizim ostisi apparat vositasi
Umuman olganda, xotira integral sxemasi uch bo’limdan tashkil qilingan: xotira massivi, adres deshifratori va ma’lumot interfeysi. Xotira massivi aslida ma’lumot bitlarini saqlovchi fizik xotiradir. Protsessor va dasturchi xotiraga bir o’lchovli massiv sifatida murojaat qilganida, xar bir massiv yacheykasi baytlar qatorini tashkil etadi va qatordagi bitlar soni o’zgarishi mumkin. Aslida esa, xar bir yacheykasida 1 bit axborotni saqlay oladigan(rasm 3.4), yagona qator va ustunlarga ega adreslangan xotira yacheykalaridan tashkil topgan ikki o’lchamli fizik xotiradir.
Xotira ikki o’lchovli massivi ichida xar bir elementlar joylashuvi odatda, ustun va qatorlar parametrlaridan tashkil topuvchi, xotira fizik adresi deb nomlanadi.
Rasm 3.4 ROM xotirasi massivi
Integral sxemaning qolgan asosiy komponenti, adres deshifratori adres shinasi ma’lumotlariga tayangan holda xotira massivida ma’lumotlar adresini topadi, ma’lumotlar interfeysi esa ma’lumotlarni uzatish uchun ma’lumotlar shinasini ma’lumotlar bilan ta’minlaydi. Ma’lumotlar va adreslar shinasi integral mikrosxema xotira adres deshifratoridan va ma’lumot interfeysidan ma’lumot oladi va uzatadi. Xotira turiga qarab, plataga ulanilishi mumkin bo’lgan xotira mikrosxemasi turli paketlarda yetqaziladi. Xotira paketi turlari ikki qatorli paketlar(dualinlinepackagesDIP), sodda qatorli xotira moduli (singlein-linememorymodulesSIMM), ikki qatorli xotir modulilarni (dualin-linememorymodules DIMM) o’z ichiga oladi.DIP paketi ikki teskari tomondan chiqib turadigan oyoqli(pin) bo’lib, keramika yoki plastika metaldan tayyorlangan(rasm 3.5).

Rasm 3.5a. DIP xotirasiga misol.


Eng yuqori pog’onada, birlamchi va ikkilamchi xotiralarni ikki guruhga bo’lish mumkin: quvvatga bog’liq bo’lmagan va bo’lgan.

Yüklə 195,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin