Quyidan - yuqoriga qarab testlash. Bu usul keng tarqalgan usul bo’lib, unda eng quyi pog’onadagi boshlangich yozilgan modullar tekshiriladi. So’ngra yuqori qatlamdagi elementlar dasturlanadi va testlanadi. Bu jarayon to yozilgan dastur butunlay yakunlanmaguncha davom etadi. Quyidan - yuqoriga qarab testlash usuli xozirgi vaqtda yuqoridan - pastga qarab testlovchi va dasturchilvr tomonidan kulanmayapti. Ularni fikricha bu usulda interfeys va algoritmdagi ko’pgina xatolar aniqlanmay kolib ketmokda. Bu esa dasturni kayta-kayta o’zgartirishdan so’ng buzishga olib keladi.
Ikkinchi kamchiligi esa: har xil pog’onadagi elementlarni testdan o’tkazishda yangidan yangi testlovchi moslamalarni, drayverlarni va testlovchi ma`lumotlarni talab qilmoqda. Bu esa o’z-o’zigadan dasturlashda katta hajmda mexnat talab qiladi.
Yuqoridan pastga qarab testlash. Bu testlash usuli yuqoridan pastga qarab dasturlashni, yuqoridan pastga qarab kodlashni qo’shimcha bosqichi hisoblanadi. Bu usulda oldin asosiy dastur eziladi va so’ngra past pog’onadagi loyihalanmagan elementlar urin bosuvchi dasturlar bilan almashtiriladi. Bunday skeletli dastur chaqiriluvchi dastur va har qanday malumotlar yo’qligida ham uz ishini davom ettiradi. Bu tekshirish natijasida bazi xollarda bemani bo’lgan xatolar ham aniqlanadi. Keyingi qadam modul kushilishidan iborat bo’lib, unda bu modullar kiruvchi modullarni ko’paytiruvchi bo’lishi ham mumkin, -bu esa kiritish moduli, bazi bir yordamchi modul (oxirgini dasturlash tugash dakikasiga qadar) bo’lishi mumkin. Bu tekshirishdan so’ng sinash oddiy bir sodda kiruvchi malumotlar bilan o’tkazish mumkin.