O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish



Yüklə 195,17 Kb.
səhifə39/46
tarix11.10.2023
ölçüsü195,17 Kb.
#154060
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46
O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalasht-www.hozir.org

Rasm 4.3 DMK tsikli
TSikl boshlanishida kiritish-chiqarish bajariladi. Tarmoqdagi turli qurilmalar orasida almashuv amalga oshadi, datchiklardan axborot olinadi va bajaruvchi qurilmalarga chiqariladi.SHundan keyin boshqarish algoritmlari bajariladi va bir necha vaqtdan keyin tsikl qaytariladi. Bunday usulni xususiyati- kiritish-chiqarish qurilmalari orasida almashuv aniq vaqt orasida bajariladi. Bu yondoshuvni kamchiligi- markaziy protsessorni to’xtab turish vaqti kattaligi. DMKni tsikli doimiy bo’lishi uchun kiritish-chiqarish summar vaqti va boshqarish algoritmini bajarish vaqti tsikl davridan kam bo’lishi kerak. DMK avtomatika masalalarini keng diapazoniga moslashgan.DMK sanoat regulyatorlari va privodlari bilan birga qo’shila oladigan kiritish-chiqarish qurilmalariga ega va shuning uchun poetomu prakticheski ne trebuyut elektrotexnik loyixalashni talab qilmaydilar. DMKni turli masalalarni yechishga oson sozlash mumkin.Ommaviy qo’llaniluvchi tizimlarda maxsus boshqaruvchi tizimlarni ishlatish afzal bo’ladi chunki element bazasini optimalini tanlashga olib keladi.


4.2 O’rnatilgan operatsion tizimlar. Ularning asosiy xususiyatlari va qo’yilgan talablar.
Zamonaviy operatsion tizimlarining(OT) turli komponentlari ko’p joylarda va bir biriga bog’liq bo’lmagan xolda ishlab chiqarilayapti. Bu narsa Lunix yadrosi asosidagi OTda yaqqol ko’riniladi. Bunday yondoshuv OT barcha tabaqalarda standartlashtirish kiritilishi uchun paydo bo’ldi. UNIX komponent arxitekturasi yordamida Linux va FreeBSD erkin dasturlardan tuzilgan to’liq funktsional server va stolli tizimlar paydo bo’lishiga olib keldi. Ammo tizimni komponentli modeli yangi savollarni xal qilishni talab qiladi. Turli dasturlar orasida tizimda bog’lanishlar paydo bo’ladi va dasturni kichik o’zgarilishi xam unga bog’liq bo’lgan barcha komponentlarni yangilashni talab qilishi mumkin. Komponent tizimidagi dasturiy ta’minotni boshqarish masalasiga birinchi navbatda tizim birliligini saqlash kiradi. Dasturiy ta’minotni (DT) tuzish va qo’llash quyidagi rollarni bo’lishini talab qiladi:

  • ishlab chiqaruvchi;


  • tizimliadministrator;


  • foydalanuvchi.


Zamonaviy erkin tarqalish modelida yana bir rollar guruxi paydo bo’ldi – distributivlar ishlab chiqaruvchilar. Ular turli mustaqil komponentlarni yagona va foydalanishga tayyor yechimlarga birlashtiruvchi integratorlar funktsiyalarini bajaradilar. Distributivlar ishlab chiqaruvchilar Lunix OTda keng axamiyatga ega bo’ldilar. Dasturni tuzish,o’rnatish va qo’llanish jarayonida asosiy rollar va bog’lanishlar 4.4 rasmda keltirilgan.




Yüklə 195,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin