O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish



Yüklə 195,17 Kb.
səhifə36/46
tarix11.10.2023
ölçüsü195,17 Kb.
#154060
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46
O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalasht-www.hozir.org

Fayl tizimi
Fayl tizimi — bu fayllarni nomlash, saqlash va tartiblashni taqdim etuvchi asosiy tuzilma. Fayl tizimini tanlash Windows ni o’rnatishda, mavjud disk bobini formatlashda va yangi qattiq diskni o’rnatishda amalga oshiriladi.
Windows 2000 va Windows XP NTFS, FAT va FAT32 fayl tizimlarini kuvvatlaydi.
Shifrlangan fayllar va jildlar bilan ishlaganda quiyidagi ma'lumotlar va tavsiyalarni e'tiborga olish kerak.

  • Faqat NTFS bobida bo’lgan fayl va jildlar shifrlanishi mumkin.


  • Siqilgan fayl va jildlarni shifrlab bo’lmaydi. Agar siqilgan fayl yoki jildlar uchun shifrlash bajarilsa, u xolda fayl va jildlar siqilmaganlik xolatiga o’tadi.


  • Shifrlangan fayllar , qachonki ular NTFS bo’lmagan disk boblariga ko’chirilsa ,kayta shifrlanishi mumkin


  • Shifrlanmagan fayllarni shifrlangan jildga ko’chirishda ular avtomat ravishda yangi jildga shifrlanadi. Biroq buni aksi avtomatik kayta shifrlanishga olib kelmaydi. Fayllar aniq rkayta shifrlanishi kerak.


  • “Sistemno`y” – “Tizimli” atributidagi fayllar va tizimli negiz katalogida bo’lgan fayllar shifrlanmaydi.


  • Jild yoki fayllarni shifrlash ularni o’chirib tashlashdan ximoyalamaydi. O’chirishga huquqi bo’lgan ihtiyoriy foydalanuvchi shifrlangan fayl va jildlarni o’chirib tashlashi mumkin. Shuning uchun ham NTFS tizimi ruxsati bilan EFS birgalikda ishlatish tavsiya etiladi.


  • Masofaviy shifrlash huquqi bo’lgan uzoqlashtirilgan kompyuterda fayllar yoki jildlar shifrlanishi yoki kayta shifrlanishi mumkin. Biroq, agar shifrlangan fayl tarmoq bo’yicha ochilsa, tarmoq bo’yicha uzatiladigan ma'lumotlar shifrlanmaydi. Bashqa bayonnomalar, misol uchun SSL/TLS yoki IPSec tarmoq bo’yicha ma'lumot uzatish uchun ishlatilishi kerak. WebDAV bayonnomasi faylni lokal shifrlashga va uni shifrlangan xolda uzatishga imkon beradi.


Fayl deganda, odatda nomlangan, bir xil tuzilishga ega bo’lgan yozuvlardan tashkil topgan ma'lumotlar to’plami tushuniladi. Bu ma'lumotlarni boshqarish uchun, mos ravishda fayl tizimlari yaratiladi. Fayl tizimi, ma'lumotlar mantiqiy strukturasinining va ularga ishlov berish jarayonida bajariladigan amallar bilan ish olib borish imkonini beradi. Aynan fayl tizimi, ma'lumotlarni disklarda yoki biror-bir boshqa jamlamada tashkil etish usulini aniqlaydi. Fayl tizimining qabul qilingan spetsifikatsiyalari bo’yicha, fayllar bilan ishlashni amalga oshiruvchi maxsus tizimli dasturiy ta'minotni, ko’pincha fayllarni boshqaruv tizimi deyiladi. Aynan, fayllarni boshqarish tizimi, fayl ma'lumotlarini yaratish, yo’qotish tashkil etish, o’qish, yozish, modifikatsiya qilish va joyini o’zgartirish va shu bilan birga fayllarga murojaatni va fayllar tomonidan foydalaniladigan resurslarni boshqarishga javob beradi. Fayllarni boshqarish tizimining “FBT” asosiy vazifasi, bizga kerakli bo’lgan yozuvning aniq fizik adresini ko’rsatib, quyi darajada murojaat o’rniga, fayl ko’rinishida tashkil etilgan ma'lumotlarga murojaatning qulay usulini berishidir, ya'ni fayl nomi va undagi yozuvni nomini ko’rsatib, mantiqan murojaat qilishga imkon berishdir.


Fayllarni boshqarish tizimi yordamida, foydalanuvchilarga quyidagi imkoniyatlar yaratiladi:
- foydalanuvchilarning muloqat funktsiyalarini (uning ma'lumotlari bilan) amalga oshiruvchi va fayllarni boshqarish tizimidan faol foydalanuvchi, maxsus boshqaruvchi funktsiyalar yordamida yoki o’z dasturlaridan, nomli ma'lumotlar to’plamini (fayllarni) yaratish, olib tashlash va qayta nomlash (va boshqa operatsiyalar);
- disksiz periferik qurilmalar bilan fayl kabi ishlash;
- fayllar orasida, qurilmalar o’rtasida (va teskari) ma'lumotlar almashinish;
- fayllarni boshqarish tizimi dasturiy modullariga murojaat usuli bilan fayllar bilan ishlash (API ning bir qismi fayllar bilan ishlashga mo’ljallangan);
- fayllarni xuquqsiz murojaatdan himoya qilish.
Qoida bo’yicha hamma zamonaviy OT lar o’z fayllarini boshqarish tizimilariga egadir. Ba'zi OT lar esa, bir nechta fayl tizimlari bilan ishlash imkoniga egadirlar (bir nechtasi ichidan bittasi yoki bir nechtasi bilan bir vaqtda). Bu hollarda, montirovka qilinadigan fayl tizimlari to’g’risida so’z boradi (montirovka qilinadigan fayllarni boshqarish tizimlarini qo’shimcha sifatida o’rnatish mumkin) va bu borada ular musaqildir.
Shu narsa ma'lumki, fayllarni boshqaruv tizimi, OT ning asosiy komponentasi bo’lgan holda, undan mustaqil emas, chunki API ning mos chaqiriqlaridan faol foydalanadi. Shu bilan birga, FBT ning o’zi API ni yangi chaqiriqlar bilan boyitadi.
Demak, shuni ta'kidlash mumkinki, ixtiyoriy FBT o’z-o’ziga mavjud emas, balki ular aniq OT muhitida ishlash uchun yaratiladi. Misol uchun hammaga topish fayl tizimi FAT ni keltirish mumkin (File Allocation Table – fayllarni joylashtirish jadvali). Bu tizim, fayllarni boshqarish tizimi sifatida ko’p hollarda ishlatiladi.
Bu fayl tizimining turli OT larda ishlaydigan, turli versiyalari mavjuddir: FAT, FAT 12, FAT 16, super FAT va x.k.lar.
Bu FBT ning MS DOS OT dan to Windows NT bilan ishlaydigan versiyalari mavjud. Boshqacha qilib aytganda, ma'lum fayllar tizimiga mos tashkil etilgan fayllar bilan ishlashda, har bir OT uchun o’z fayllarni boshqarish tizimi ishlab chiqishi shart. Va bu fayl tizimi, qaysi OT uchun mo’ljallangan bo’lsa, o’sha Opetasion tizimda ishlaydi, ammo boshqa fayllarni boshqaruv tizimi yordamida yaratilgan fayllarga murojaat imkonini ta'minlaydi (boshqa OT FBT bu OT FBT printsiplari asosida ishlaydigan bo’lishi kerak).
Sh.h., fayl tizimi – bu ma'lumotlarning qabul qilngan sertifikatsiyalari bo’yicha tashkil etilgan to’plamlari majmuasi bo’lib, ular fayllarga murojaat uchun zarur bo’lgan adresli ma'lumotlarni olish usulini aniqlaydi.
Demak, fayl tizimi termini, avvalambor fayllarga tashkil etilgan ma'lumotlarga murojaat printsiplarini aniqlaydi. Xudi shu terminni u yoki bu jamlamada joylashgan aniq fayllarga nisbatan ham ishlashtish mumkin. Fayllarni boshqarish termini esa, fayl tizimining aniq realizatsiyasiga (amalga oshishiga) nisbatan ishlatish mumkin, ya'ni bu tizim – aniq OT larda fayllar bilan ishlashni ta'minlaydigan dastur modullari to’plamidir.
Inson ishlaydigan ma'lumotlar, odatda strukturalashtirilgandir. Bu avvalo, ma'lumotlarni samarali saqlashni tashkil etishga imkon beradi, qidiruvni osonlashtiradi, nomlashda qo’shimcha imkoniyatlar yaratadi. Xuddi shuningdek, fayllar bilan ishlashda ham iloji boricha strukturalashtirish mexanizmini kiritish kerak, hammadan osoni ierarxik munosabatlarni tashkil etishdir. Buning uchun, catalog tushunchasini, kiritish directory yetarlidir. Katalog, fayl ko’rinishida tashkil etilgan ma'lumotlar to’g’risidagi ma'lumotni o’z ichiga oladi.
Boshqacha aytganda, katalogda fayllar diskriptori saqlanadi. Agar fayllar, blok qurilmasida tashkil etilgan bo’lsa, aynan katalog yordamida FBT, shu ma'lumotlar joylashgan blok adreslarini topadi. Katalog, maxsus tizimli ma'lumot strukturasiga emas, (asosiy, ildiz katalog deyiladi), fayl o’zi ham bo’lishi mumkin. Bunday fayl-katalog, maxsus tizimli qiymatga ega bo’lib, uni boshqa oddiy fayllar orasida ajratish zarurdir. Fayl Katalog ko’pincha “podkatalog” (subdirectory) deb ataladi. Agar fayl katalog, boshqa fayllar haqida ma'lumotni o’zida saqlasa, ular orasida ham o’z navbatida fayl-kataloglar bo’lsa, biz xech qanday chegaralanmagan ierarxiyaga ega bo’lamiz.
Undan tashqari, bunday fayl ob'ektlarni fayl katalog kiritish, fayl tizimini nafaqat strukturalash, ildiz katalogdagi elementlar sonini chegaralanmagan muammosini hal qiladi. Fayl katalogida elementlar soniga chegara yo’q, shuning uchun katta o’lchamdagi kataloglarni yaratish mumkin.
FAT fayl tizimi, o’z nomiga quyidagi ma'lumotlarni o’z ichiga olgan oddiy jadval orqali ega bo’lgan:
- fayl yoki uning fragmentlari uchun ajratilgan, mantiqiy diskning bevosita adreslanuvchi qismlari (uchastkalari);
- disk makoni bo’sh sohalari;
- diskning defektli sohalari (bu sohalar defekt joylariga ega bo’lib, ma'lumotlarni o’qish va yozishni xatosiz bajarishga kafolat bermaydi).
FAT fayl tizimida, ixtiyoriy mantiqiy disk ikki sohaga: tizimli soha va ma'lumotlar sohasiga bo’linadi.
Mantiqiy disk tizimli sohasi, formatlash vaqtida initsiallashtiriladi, keyinchalik esa, fayl strukturasi bilan ishlaganda yangilanadi. Mantiqiy disk, ma'lumotlar sohasi oddiy fayl va fayl kataloglarni o’z ichiga oladi; bu ob'ektlar ierarxiyani tashkil etadi, bu ob'ektlar ildiz katalogga bo’ysunadi.
Katalog elementi fayl ob'ektini tavsiflaydi, u oddiy fayl yoki fayl- catalog bo’lishi mumkin. Ma'lumotlar sohasiga, tizimli sohadan farqli ravishda , OT ning foydalanuvchi interfeysi orqali murojaat qilinadi. Tizimli soha quyidagi tashkil etuvchilardan iboratdir (mantiqiy adres sohasida ketma-ket joylashgan):
- yuklanish yozuvi (Boot Record, BR);
- rezervlangan sektorlar (Reserved. Sectors, Res.Sec);
- fayllarni joylashtirish jadvali (FAT);
- ildiz katalog (Root Directory, R Dir).



Yüklə 195,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin