Kiritish-chiqarish platasi Kiritish/chiqarish(k/ch) komponentlari o’rnatilgan tizim platalariga ulangan kiritish/chiqarish qurilmalariga axborotni jo’natish va ulardan axborotlarni qabul qilib olishga javobgandir. K/CH platasi, kiritish qurilmalaridan yetakchi protsessorga ma’lumotlarni keltirish uchun mo’ljallangan, kiritish komponentlaridan; yetakchi protsessordan axborotlarni olib chiqarish qurilmasiga yetqazuvchi, chiqish komponentidan; yoki ikkalasini ham vazifasini bir paytda bajaruvchi komponentdan tashkil topgan bo’ladi.(rasm 3.6)
Har qanday elektromexanik tizim, xox u o’rnatilgan va o’rnatilmagan tizim bo’ladimi, yoki an’anaviy yoki an’naviy bo’lmagan tizim bo’ladimi o’rnatilgan tizim platasiga o’lanishi va k/ch qurilmasi sifatida faoliyat olib borishi mumkin.
Rasm 30 pinli SIMM ko’rinishi
Rasm 3.5v. 168 pinli DIMM ko’rinishi
Rasm Fon Neyman arxitekturasiga asoslangan kiritish/chiqarish blok-sxemasi. Kiritish/chiqarish yuqori darajali guruh bo’lib, chiqarish qurilmalari kichik guruh ostilariga, kiritish qurilmalari kichik guruh ostilariga va ikkala kiritish/chiqarish qurilmalar kichik guruh ostilariga bo’linishi mumkin. CHiqaruvchi qurilma k/ch platasidan ma’lumotlarni qabul qilib olib, qaysidir ma’noda printerlarga, disklarga yoki monitorlarga yoki yonib o’chuvchi LED chiroqlariga, inson ko’rishi uchun uzatadi. Sichqoncha, klaviatura yoki boshqaruv pulti kabi kiritish qurilmasi k/ch komponentlariga ma’lumotni uzatadi. Ba’zi k/ch qurilmalari ikkala vazifani bir paytda bajaradi, masalan: tarmoq qurilmasi ma’lumotni internetdar qabul qilib va jo’natishi mumkin. Kiritish/chiqarish qurilmasi o’rnatilgan plataga klaviatura yoki masofaviy boshqaruv pulьti kabi simli yoki simsiz ma’lumot uzatish muhiti orqali ulanishi mumkin yoki LED chiroqlari kabi o’rnatilgan plataning o’zida joylashgan bo’ladi.
Kiritish va chiqarishning asosiy vazifasi kompьyuterning asosiy hisoblash yadrosini o’z aro aloqasini ta’minlashdir, ya’ni turli ishlash tamoyilga asoslangan protsessor va asosiy xotiraning ma’lumotlar formati va tezkor tashqi kiritish, uzatish, yuzaga chiqarish, saqlash va axborotlarni registratsiyalash o’rtasida.
Kiritish chiqarish protsedurasi ichki interfeys (katta) tashqi qurilma va protsessor xotira aloqasini ta’minlaydigan, tug’ridan to’g’ri periferik qurilmalarga ulanadigan tashqi interfeyslar(kichik)dan tashkil topgan modullar yordamida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlar registrida, tashqi qurilmalar tezkorligi farqini bartaraf qilish maqsadida, modulьga va undan uzatiladigan ma’lumotlar buferlanadi. Ma’lumotlar registri razryadliligi katta interfeys tomonidan shina kengligi bilan mos tushadi, bu odatda 2,4,8 bayt. Tashqi qurilmalar interfeysi odatda baytli(pobaytno), shuning uchun unda qadoqlash/ochish tugunlari mavjud. TQ soniga qarab ma’lumotlar registri bir nechta bo’lishi mumkin.
Boshqaruv registri modulni Tashqi qurilmalar bilan o’z aro buyruqlarini aniqlaydi(registrni tozalash, TQ dastlabki holati, o’qishni boshiga qaytish, yozishni boshiqa qaytish).Har bir modul uchun adreslash muhitida (birlashgan yoki taqsimlangan operativ xotirali) adeslar guruhi ajratiladi. Adreslar selektor orqali to’g’riligiga tekshiriladi va Deshifrator orqali tegishli tashqi qurilma tanlanadi. Boshqaruv qurilmasi barcha qurilmalarni boshqarish va koordinatsiyalash vazifasini bajaradi.
Tashqi interfeys tomonidan kiritish/chiqarish moduli tuzilishi o’ziga xosdir, chunki barcha Tashqi qurilmalar o’ziga xos protokollar va interfes tugunlariga ega. Kiritish/chiqarish moduli tarmoq orqali ma’lumot almashinuvida juda muhim o’rin egallaydi, tegishli portla kontrolleri orqali intensiv tarzda ma’lumotlar almashinuvi amalga oshiriladi. SHundan kelib chiqib kiritish/chiqarish moduli funktsiyalarini quyidagi funktsiyalarni bajaradi: