Umumiy (taqsimlanuvchi) xotirali kompьyuterlar (True shared memory). Xar bir kompьyuterning protsessori umumiy shina (balki, yuqori tezlik asosida) ni ko’llagan xolda umumiy xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish imkoniyatiga ega. Bunday kompьyuterlarda protsessorlar sonini oshirish mumkin emas. CHunki bunda shinaga murojaatlarni amalga oshirishda konfliktlar miqdori birdan ortishi kuzatiladi. SHunga o’xshash tizimga misol quyidagi 3-rasmda ko’rsatilgan.
3-rasm: Taqsimlanuvchi xotirali tizimlar.
Bir xil bo’lmagan xotirali kompьyuterlar. Ayrim arxitekturalarda xar bir protsessor umumiy va xususiy lokal xotiraga to’g’ridan-to’g’ri murojaat qilish imkoniyati ega (4-rasm).
Virtual umumiy (taqsimlanuvchi) xotirali kompьyuterlar (Virtual shared memory). Bunday tizimlarda shunga o’xshash umumiy xotira mavjud emas. Xar bir protsessor o’z xususiy lokal xotirasiga ega bo’lib, u “global manzil”ni qo’llagan xolda boshqa protsessorlarning lokal xotirasiga murojaat qilish imkoniyatiga ega. Agar “global manzil” lokal xotiraga murojaat qilishni ko’rsatmasa, xotiraga kirish imkoniyati protsessorlarni bog’lovchi tarmoq orqali amalga oshiriladi.