Mavzu 10-11. Kiritish-chiqarish tizimi. Ma’lumotlarni boshqarish: kiritish va chiqarishning ketma-ket va parallel usullari. SHinalar. SHinalar samaradorligi4
Mavzu 10-11. Kiritish-chiqarish tizimi. Ma’lumotlarni boshqarish: kiritish va chiqarishning ketma-ket va parallel usullari. SHinalar. SHinalar samaradorligi4
Tayanch iboralar: Protsessor, Ethernet, mikrokontroller, xotira ierarxiyasi, KESH, CD-ROM, yumshoq disk, qattiq disk, lenta, shina, interfeys, Taktli chastota. O’rnatilgan tizimlarda xotira Biz bilamizki o’rnatilgan platformalar, xar biri tezligi, xajmi va foydalanilishi bilan noyob bo’lganxotira ierarxiyasiga ega(3.2-rasmga qarang).Registrlarli va muayyan birlamchi xotira turlariga o’xshab,xotira protsessorga to’g’ridan to’g’ri ulangan yoki ba’zilari fizik jixatdan protsessorda joylashgan bo’ladi.
Rasm. 3.2 Xotira ierarxiyasi Bular, doimiy xotira, tezkor xotira va 1-darajali KESH xotiralardir.Ushbu ma’ruzada, odatda protsessor tashqarisida joylashgan yoki ikkala holatda protsessor ichida joylashtirilgan va protsessor tashqarisida joylashgan xotiralar haqida so’z boradi. Bundan tashqari ROM, 2-darajali KESH va tezkor xotira kabi birlamchi xotiralar va plataga ulanadigan, lekin to’g’ridan to’g’ri protsessorga ulanmaydigan ikkilamchi/uchlamchi xotiralar(masalan: CD-ROM, yumshoq disk, qattiq disk va lentalar) haqidagi axborotlarni ham o’z ichiga oladi.
Birlamchi xotira odatda xotira tizim ostisining bir qismi hisoblanib, uchta komponentlardan tashkil topgan(rasm 3.3da ko’rsatilgan):
- xotira mikrosxemasi;
- adres shinasi;
- ma’lumot shinasi.
Rasm 3.3 Birlamchi xotira tizim ostisi apparat vositasi Umuman olganda, xotira integral sxemasi uch bo’limdan tashkil qilingan: xotira massivi, adres deshifratori va ma’lumot interfeysi. Xotira massivi aslida ma’lumot bitlarini saqlovchi fizik xotiradir. Protsessor va dasturchi xotiraga bir o’lchovli massiv sifatida murojaat qilganida, xar bir massiv yacheykasi baytlar qatorini tashkil etadi va qatordagi bitlar soni o’zgarishi mumkin. Aslida esa, xar bir yacheykasida 1 bit axborotni saqlay oladigan(rasm 3.4), yagona qator va ustunlarga ega adreslangan xotira yacheykalaridan tashkil topgan ikki o’lchamli fizik xotiradir.
Xotira ikki o’lchovli massivi ichida xar bir elementlar joylashuvi odatda, ustun va qatorlar parametrlaridan tashkil topuvchi, xotira fizik adresi deb nomlanadi.