Qat`iy belgilangan(fiksirlangan) bulimli sxemalar Tezkor hotirani boshqarishning eng oddiy yo`li uni oldindan(generatsiya bosqichida yoki tizim yuklanishi vaqtida) bir qancha qatg`iy belgilangan ulchamdagi bulimlarga bulishdan iboratdir.
Kelib tushayotgan jarayonlar u yoki bu bo`limga joylashtiriladi. SHu sababli fizik adreslar maydonining shartli bo`linishi yuzaga keladi.
Jarayonning mantiqiy va fizik adreslari bog`lanishi uni aniq bir bo`limga yuklash vaqtida yoki bag`zan kom`ilatsiya vaqtida yuzaga keladi.
Har bir bo`lim o`zining jarayonlar navbatiga ega, yoki hamma bo`limlar uchun jarayonlar global navbati mavjud bo`lishi mumkin.
Bu sxema IBM OS/360 (MFT), DEC RSX-11 va shunga yaqin boshqa sistemalarda qo`llanilgan.
Hotirani boshqarish tizimi jarayonni xajmini baholaydi, unga mos keluvchi bo`limni tanlaydi, jarayonni bu bo`limga yuklaydi va adreslarni sozlaydi.
4 rasmda fiksirlangan bo`limli sxemalar kqrsatilgan:(a) g`navbati umumiy bo`lgan jarayonlar,(b)-aloxida navbatli jarayonlar
Bu sxemaning kamchiligi ko`rinib turibdiki, bir vaqtda bajariladigan jarayonlar soni bo`limlar soni bilan cheklangan. Boshqa muhim kamchiligishundan iboratki,taklif qilinaya`gan sxema,ichki fragmentlashdan ,yag`nijarayonga ajratilgan,ammo ishlatilmagan xotira qismini yo`qotish bilan qattiq zararlanadi.Fragmentatsiya,jarayon o`ziga ajratilgan bo`limni tuliq band qilmasligi yoki bag`zi bo`limlar, bajariladigan foydalanuvchi dasturlari uchun kichik bo`lganligidan kelib chiqadi.
4-rasm
Overleyli(qo`langan )tuzilish. Jarayon mantiqiy adreslar maydoni hajmi ,unga ajratilgan bulim hajmidan katta (yoki eng katta hajmdan ham katta) bo`lgan holatlarda, bag`zan overley nomli yoki qo`lanadigan tuzilishli tashkil etadigan texnikadan foydalaniladi.
Asosiy g`oya – faqat ayni vaqtda kerak bo`lgan dastur ko`rsatmalarini hotirada saqlab turishdir.
Overlay tuzilish dasturining kodining diskda aniq hotira ko`rinishida bo`ladi va overlay kerakli vaqtda uni drayver orqali o`qib ishlatadi. Overley strukturaning tavsifini yozish uchun odatda maxsus sodda (overley descri`tion language) tildan foydalaniladi. Dasturda ishlatiladigan hamma fayllar dasturning ichki chaqiriqlariga daraxt ko`rinishdagi fayl yordamida to`ldiriladi.
SHuni nazarda tutish kerakki,overleyli strukturani tashkil etish ko`` jixatdan lokallilik xossasiga bog`liqdir,bu esa o`z navbatida xotirada ayni vaqtda faqat kerak mag`lumotlarni saqlash imkonini beradi.