O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish



Yüklə 195,17 Kb.
səhifə41/46
tarix11.10.2023
ölçüsü195,17 Kb.
#154060
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalasht-www.hozir.org

Dasturiy ta’minot o’rta qatlami
Ko’pchilik manbalarda, o’rta qatlam OT ning asosi o’zagi , qurilma drayverlari yoki amaliy dasturiy ta’minot dasturiy tizimi sifatida berilmaydi. Ba’zi OT o’rtaqatlam (vositachiqatlam)ning OTga integratsiyasini bajaradi.
Qisqacha vositachi qatlam tizimi odatda qurilma drayverlari yoki OTning o’zagi va ba’zan OTni o’zini qamrab olishni amalga oshiruvchi tizimli dasturdir8.

Rasm 4.6 Amalga oshiruvchi tizim modeli ichidag ivositachi qatlam
O’rta qatlami dasturiy ta’minot bo’lib, odatda dasturiy ta’minot va yadro yoki qurilmaning dasturiy ta’minot drayverlari o’rtasidagi vositachi xisoblanadi. O’rta qatlami shuningdek turli dasturiy ta’minotlarga xizmat ko’rsatuvchi va vositachi dasturiy ta’minotdir.
Xususan o’rta qatlami mavhum daraja bo’lib, odatda ichki qurilmalar bilan ikki va undan ortiq dasturlarda moslashuvchanlik, xavfsizlik, qulaylik, bog’liqlik, ko’pyoqlama aloqa va dasturlar o’rtasida moslik mexanizimni ta’minlaydi. O’rta qatlamini foydalanishning asosiy afzalliklaridan biri u dastur infrastrukturasini markazlashtirish orqali ilovalar murakkabligini kamaytirish imkonini beradi.Lekin o’rta qatlamini tizimga joriy qilishda, yuqoridagilarga katta ta’sir ko’rsata oladigan qo’shimcha kiritiladi. Qisqacha, o’rta qatlami barcha darajalarda ichki tizimga ta’sir ko’rsatadi.
Vosita darajasi elementlarining bir necha turlari mavjud bo’lib u o’z ichiga Xabar Yo’naltirilgan O’rta qatlami (MOM), Ob’ekt So’rov Vositasi (ORBs), Masofaviy chaqiruv protseduralar (RPCs), ma’lumotlar bazasi ma’lumotlar bazasidan foydalanish va tarmoq protokollari yuqori qurilma drayver darajasi va OSI modelining quyi pog’onasi kiradi.
Ammo, o’rta qatlamining ko’p turlari odatda asosiy 2 kategoriyaning biri sifatida tasniflanadi:
  1. Asosiy-maqsad, ular, odatda, turli qurilmalarda amalga oshirilganda ma’noga ega bo’ladi, masalan, tarmoq protokollari yuqori qurilma drayver darajasi va OSI modelining quyi pog’onasi, fayl tizimi yoki bir necha virtual apparatlar JVM kabi.


  2. O’ziga xos bozor, ular ichki tizimning muayyan oilasiga ta’luqli bo’ladi. Masalan, raqamliTVyokiJVM .


Asosiy-maqsad yoki o’ziga xos bozormi, vosita elementi qo’shimcha xususiyati bilant avsiflanadi. Kompaniya tomonidan dasturni qo’llab-quvvatlanishi, litsenziyalash va uni boshqalarga foydalanishga ruxsati eng muxim tomonidir.


Murakkab ichki tizim odatda birdan ortiq o’rta qatlam elementiga ega bo’ladi, chunki barcha belgilangan talablarga ega dasturni qo’llab quvvatlovchi yagona texnologiyani topish mushkuldir.
Ushbu xolatda, yagona o’rta qatlami elementlari bir birlari bilan mosligiga qarab tanlab olinadi, sababi keyinchlik integratsiyada qiyinchiliklarni oldini olishdir.
Ba’zi hollarda, o’rta qatlami elemtlarining birlashgan o’rta qatlami paketlari tijoratda mavjud bo’lib, ichki tizimda foydalaniladi. Ularga, Java solutions, Microsoft.NET Compact Framework va CORBA larni misol keltirish mumkin9.



Yüklə 195,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin