Rasm OT ni sinflarga ajratish. OT tizimli boshqaruvchi va ishlov beruvchi dastur majmuasidan iborat bo`lib, bular dastur modullari va mahlumotlar tuzilmalarining o`zaro bog`langanmurakkab tuzilmasidir, ular hisoblashlarning ishonchli va samarali bajarilishini tahminlashi zarurdir. OT ning ko``gina `otentsial imkoniyatlari, uning texnik va istehmol `arametrlari – bularning hammasi, tizim arxitekturasi OT ning strukturasi, qurilish printsiplari bilan belgilanadi.
SHu vaqtgacha biz OT larga tashqi tarafdan nazar soldik, yahni OT qanday fukntsiyalarni bajaradi. Endi esa, OT larni ichki qismini va ularni qurishda qanday yondashishlar mavjudligini ko`rib chiqamiz.
Zamonaviy OT larga qo`yiladigan talablarni qondirishda uning strukturali qurilishi (tuzilishi) katta ahamiyatga egadir, OT lar o`z rivojlanish bosqichlarida, monolit tizimlardan to yaxshi strukturalashtirilgan, rivojlanish xususiyatiga ega bo`lgan, kengaytirish va yangi `latformalarga o`tkazuvchanlik xususiyatiga ega bo`lgan tizimlargacha bo`lgan yo`lni bosib o`tdilar.
Monolit tizimlar (monolit yadro). Mohiyatiga ahamiyat beriladigan bo`lsa, OT-oddiy dasturdir, shuning uchun ham, uni deyarli barcha dasturlar kabi tashkil etish, yahni `rotsedura va funktsiyalardan iborat ko`rinishda yaratish to`g`riroq bo`ladi. Bu holda OT kom`onentalari mustaqil modullardan iborat bo`lmay, balki bitta katta dastur tashkil etuvchilardan iborat bo`ladi. OT ning bundayt tuzilishi monolit yadro (monolithic kernel) deyiladi.
Umumiy holda, monolit tizim “strukturasi” uning strukturasi yo`qligidir. OT, har biri zarur vaqtda bir-birini chaqirishi mumkin bo`lgan `rotseduralar to``lmidan iboratdir. Bu holda, tizimning har bir `rotsedurasi yaxshi yo`lga qo`yilgan interfeysga egadir. Bunday monolit tizimni ko`rish uchun, hamma alohida `rotseduralarni kom`ilyatsiya qilib, keyin ularni yagona obhekt fayliga birlashtiriladi (kom`onovkachi yordamida). Bunday tizimlarga, UNIX ning ilk versiyalari va Nowell Net Ware misol bo`la olishi mumkin. Har bir `rotsedura bir-biri bilan bog`lana oladi. Modulli strukturadan farqli ravishda, modulli strukturada har bir `rotsedurani maxsus kirish nuqtalari orqali chaqirish mumkin.