O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalashtirish


Mavzu 18. O’rnatilgan tizimlarni amalda qo’llash va testlash



Yüklə 195,17 Kb.
səhifə45/46
tarix11.10.2023
ölçüsü195,17 Kb.
#154060
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46
O’rnatilgan tizim tushunchasi O’rnatilgan tizimlarni loyihalasht-www.hozir.org

Mavzu 18. O’rnatilgan tizimlarni amalda qo’llash va testlash
REJA:

1.O’rnatilgan tizimlarni amalda qo’llash

2.Testlash
Dasturni sozlash va testdan o’tkazish. Dastur loyihalashda murakkab jarayonlar sifatida sozlash bosqichi va testdan o’tkazish jarayoni hisoblanadi. Dasturni testdan o’tkazishning maqsadi, ya`ni dasturni sinashdan maqsad, undagi mavjud va engil xosil bo’lgan xatolarni aniqlashdir. Sozlashdan maqsad xatolarni hosil bo’lish sababini aniqlash va ularni bartaraf etish.
Dasturni sozlash uchun ishni testlash rejasini tuzishdan boshlanadi. Rejani tuzishda xatoni kelib chiqishi va uni xarakteriga yondashiladi. Asosiy sabablaridan biri matematik modellarni chuqur ishlab chiqilmaganligi va vazifani bajarish algoritmi to’liq qurilmaganligidir;
Dasturiy blankadagi boshlangich ma`lumotlar xaqidagi 1-tasavvur kiritish moslamasidagi klaviatura yordamida boshlangich ma`lumotni va dasturni tekshirishda loqaydlilik.
Xatolarni kelib chiqish sabablari turli xilligini hisobga olgan holda ularni 2 ta turga ajratiladi:
1. Sintaktik
2. Semantik
Sintaktik xatolar - dastur tilini tarkibini yozishdagi xatolar (sonlar, o’zgaruvchilar, funktciyalar, operatorlar, belgi va kichik dasturlar ).
Semantik xatolar - kattaliklarni ruxsat etilmagan kiymatlaridan foydalanishda va harakatni noto’g’ri tarkibi bilan bog’liq bo’lgan xatolar.
Asosiy dasturlash tizimlarida sintaktik xatolarni aniqlash avtomatlashtirilgan (fortran, paskalp, beysik, pl/1 va x. k).
Semantik xatolarni aniqlash yaxshi yo’lga quyilmagan.
Testlash rejasiga odatda quyidagi tiplar kiradi:
1. Dasturni algoritm sxemasi bilan solishtirish
2. Displey ekranida dasturni vizual nazorat qilish yoki dasturiy blankadagi originalni dastur raspechatkasini o’rganish, solishtirishni vizual urganish.
3. Dasturni mashina tiliga olib ko’rsatish. Bu bosqichda sintaktik xatolar aniqlanadi. Dastur listingidagi sintaktik xatolarni fortran, paskalp tilidagi ko’ramalar deagnostik xabar beradi.
Xatolar xaqidagi xabarlar har xil EVM larda va tizim versiyalarida (fortran, paskalp, beysik) shakliga qarab har xil bo’lishi mumkin.
Interpretatciyalovchi beysik - navbatdagi operatorni bajarishdaxalakit kilaetgan ham sintaktik, ham semantiq xatolarni birdaniga diagnostika qiladi.
4. Dasturni kompanovkalash va tashqi aloqalarni taxrirlash.
Tashqi aloqalarni taxrirlash jarayonida tashki aloqalar taxririy dasturi yoki vazifalarini tartiblovchi shunday sintaktik xatolarni aniqlaydiki, bu xatolarda kichik dasturlarda yozilgan prametrlar qiymati bir biriga mos kelmaydi, aslida yo’q bo’lgan standart dasturlarni chiqaradi. Masalan SIN o’rniga SIH va shunga o’xshash xatolar.
5. Dasturni bajarilishi.
Translyator va tashqi aloqalar taxriri tomonidan barcha xatolar bartaraf etilgandan so’ng keyingi - EHM da dasturni mashina tilida bajarish bosqichiga utiladi: dastur operativ xotiraga yuklatiladi va boshlangich ma`lumotlar kiritilgandan so’ng boshlanadi. Xato borligi haqida belgi paydo bo’lishi sozlash o’tkazishna sabab bo’ladi: belgi yo’qligi dasturda xato yo’qligini bildiradi.
Testlash rejasi boshlangich ma`lumotlarning ruxsat etilgan kiymatlarini xulosasini to’g’riligini ham tekshirishni uz ichiga jamlaydi.
Testlash uslublari (Usullari).
Odatda dasturni testdan o’tkazishda bosqichlarga bo’lib urganiladi. Bunda har bir modulni tekshirishdan tortib, to butun tizimni yakuniy tekshirishlar kabi bosqichlarni oladi. Agar bunda biron bir ishonchli ketma - ketlikka endashilmasa, ishonchli ta`minlovchi dastur olish juda qiyindir. Testlash strategiyasi ikkita usuldan birortasiga asosan bajariladi: odatiy quyidan - yuqoriga qarab testlash, yoki zamonaviy yuqoridan - pastga qarab testlash.


Yüklə 195,17 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   46




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin