OROL DENGIZI KETDI, AMMO ODAMLAR QOLDI.
Maqolaning asosiy qismi XX asrning 2-yarmidan boshlab
orolning hajmini kichiklashisi va bu orol atrofidagi biologik
muhitga qattiq ta’sir ko’rsatganligi.XXI asrning boshida orolga
berilmagan e’tibor va hozirga kelib orol dunyo miqiyosida
biologik muammoga aylanganligi va butun dunyo orolni qayta
jonlashrieish uchun harakat qilayotganligi haqida bo’ladi.U
yerda bo’layatgan o’zgarishlar va aholining yashsh sharoiti
o’zgarayotgani
Moynoq
Qoraqalpog’istoning
rivojlangan
shaharlari qatoriga qo’shilayotgani va u hududni turistik zonaga
aylantirilayotgani haqida bo’aldi.
Kalit so’zlar: Orol dengizi,BMT,O’zbekiston,Qoraalpog’iston,
Oʻrmonzorlar, Shavkat Mirziyoyev, BMT Bosh kotibi
Antoniu Guterrish.
Orol inqirozi — zamonamizning eng yirik ekologik
fojialaridan biri. Bugun u yana bir bor dunyo hamjamiyati
eʼtibori markazida.
Gap shundaki, yaqinda BMT tomonidan Orolboʻyi
mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama
sheriklik asosida trast fondi tuzilishi eʼlon qilindi. Shu
munosabat bilan oʻtkazilgan taqdimot marosimida ishtirok
etgan Oʻzbekiston delegatsiyasi tarkibida Oliy Majlis Senati
Raisining birinchi oʻrinbosari Sodiq Safoyev ham bor edi. U
fondni tashkil etishdan koʻzlangan maqsad va uning
faoliyat yoʻnalishlari, Oʻzbekistonning Orol dengizi
hududidagi vaziyatni barqarorlashtirish boʻyicha olib
borayotgan saʼy-harakatlari haqida soʻzlab berdi.
— Maʼlumki, halokat miqyosi Orolboʻyi va hatto Markaziy
Osiyo mintaqasidan ham tashqariga chiqib, global
muammoga aylandi. Bir avlod koʻz oʻngida butun dengiz
yoʻq boʻlib ketdi. Vaholanki, mazkur havza suv hajmi
boʻyicha dunyodagi toʻrtinchi yopiq koʻl hisoblanar edi.
Atrofda hayot qaynardi. Vaqt oʻtib suv havzasi quriy
boshladi.
Bu eng kamida qariyb yuz mingta ish oʻrinlari yoʻqolishiga
olib keldi. Qoraqalpogʻiston uchun ulkan raqam emasmi
bu?!
Mazkur holat nima uchun roʻy berdi? Suvdan nooqilona
foydalanish oqibatida obihayot hajmi sezilarli darajada
kamayib ketdi. Bu esa tuz konsentratsiyasining keskin
koʻtarilishiga sabab boʻldi. Dengizda hayot alomatlari
deyarli qolmadi. Baliqlar, qushlar, hayvonlarning oʻnlab
turlari yoʻqoldi. Odamlarning dengiz bilan bevosita bogʻliq
boʻlgan xoʻjalik faoliyati toʻxtadi. Bugun bu yerlarda qum
boʻronlari koʻtariladi. Sahro esa dengizni siqib chiqargan.
Har yili Orolning qaqshagan tubidan tonnalab qum va tuz
shamol bilan havoga koʻtarilib, ulkan hududlarga yoyilib
ketyapti. Baʼzan dengiz qumlari Arktika, Skandinaviyada
ham uchrayotir. Endi tuzli-qumli boʻronlar ekologiya, hayot
va inson salomatligiga qanday taʼsir koʻrsatayotganini bir
zum koʻz oʻngingizga keltiring. Masalan, oʻtgan yilda ular
ekinlar hosilini nobud qildi. Bu mahalliy aholi, ayniqsa,
fermerlarning hayot sifatiga ham taʼsir oʻtkazmay qolmadi.
Oʻzbekiston Prezidenti BMT Bosh Assambleyasining 72-
sessiyasida dunyo hamjamiyati eʼtiborini yana bir bor Orol
hududidagi halokatli vaziyatga qaratganidan xabaringiz
bor. Binobarin, Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama -
sheriklik asosida trast fondini yaratish yuzasidan ishlar
boshlab yuborildi. Fikrimcha, bu toʻrtta dolzarb vazifani hal
etishga koʻmak beradi.
Birinchidan, Orolboʻyining barqaror ijtimoiy-iqtisodiy
taraqqiyotiga mablagʻlar yoʻnaltiriladi.
Ikkinchidan, kompleks integral yondashuvlar taʼminlanib,
xalqaro jamoatchilik, BMT institutlari va boshqa tashkilotlar
saʼy-harakatlari birlashtiriladi.
Uchinchidan, moliyaviy mablagʻlarni oʻzlashtirish uchun
yangicha yondashuvlar ishlab chiqiladi hamda ular
mintaqani innovatsion rivojlantirishga qaratiladi. Bu esa
mablagʻlardan oqilona foydalanib, koʻproq vazifalarni hal
etish imkonini beradi.
Toʻrtinchidan, ajratilayotgan resurslar samarali ishlatiladi.
Shular asosidagi ijobiy oʻzgarishlarni esa odamlar oʻzlarida
his etishlari kerak. Sogʻliqni saqlash, taʼlim, suv taʼminoti
sifatini oshirish, ish oʻrinlari yaratish shular jumlasidandir.
Murakkab ekologik vaziyat, ichimlik suvi bilan bogʻliq
muammolar aholi salomatligi yomonlashuviga olib keldi.
Afsuski, turli, ayniqsa, oʻpka kasalliklari koʻpaymoqda.
Qoraqalpogʻistonda bolalar oʻlimi soni Oʻzbekistondagi
oʻrtacha koʻrsatkichlardan ikki barobar ziyoddir. Bularning
barchasi Orol dengizi qurishi asoratlaridir. Zero, ushbu suv
havzasi tabiiy ekotizimning bir qismi edi, uning yoʻqolib
ketishi esa shamol yoʻnalishlari, iqlim, butun mintaqaning
barqaror rivojlanishiga jiddiy taʼsir qildi.
Biz Oʻzbekiston tashabbusini qoʻllab-quvvatlagani uchun
BMT rahbariyatidan, xususan, ulkan hissasi uchun shaxsan
BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish hamda BMTning
boshqa institutlari, Norvegiya, Yaponiya, Nigeriya kabi
hamkor davlatlardan minnatdormiz. Ayni chogʻda
Norvegiya hozirning oʻzidayoq Trast fondiga 1,2 million
dollar miqdorida hissa qoʻshishini eʼlon qildi.
Alohida taʼkidlash joiz, bu Oʻzbekistonning emas, balki
mintaqaning eksklyuziv loyihasidir. Orolboʻyining yetti
million aholisi — Oʻzbekiston, Turkmaniston, Qozogʻiston
fuqarolari mazkur fond faoliyatidan sezilarli natijaga ega
boʻladilar. Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama
sheriklik asosidagi trast fondi harakatlarning yagona va
kompleks strategiyasini ishlab chiqish maqsadida ham
mamlakatlar saʼy-harakatlarini, ham xalqaro dasturlarni
birlashtirish yoʻlidagi toʻgʻri intilishdir.
Oʻzbekiston unga milliy dasturlarni amalga oshirish orqali
hissa qoʻshadi. Yaqinda Prezident Shavkat Mirziyoyev
Qoraqalpogʻistonga tashrif buyurdi. Yakunda umumiy
qiymati 1,5 milliard dollarlik oʻnlab loyihalar amalga
oshirilishi maʼlum qilindi. Ular iqtisodiy rivojlantirish, ish
joylari barpo etish, sogʻliqni saqlash tizimini yaxshilash kabi
sohalarga qaratilgani bilan dolzarbdir. Boisi bugungi kunda
Orolboʻyi aholisi aynan mana shu yoʻnalishlarga ehtiyoj
sezayotir. Onalik hamda bolalikni muhofaza qilish, Orol fo-
jiasi tufayli kelib chiqqan kasalliklarga qarshi kurashish va
albatta, ekologik vaziyatni barqarorlashtirish, uning yanada
yomonlashib ketishining oldini olish shular sirasidandir.
Biz Orol dengizini qaytarib boʻlmasligini yaxshi
tushunamiz, ammo odamlar ketmagan va biz ular haqida
qaygʻurishimiz zarur. Respublikada bir vaqtlari yoʻqotilgan
qator xoʻjalik faoliyati turlarini bosqichma-bosqich qayta
tiklash boʻyicha dastur roʻyobga chiqarilyapti. Orolboʻyida
sunʼiy koʻllar hosil qilish orqali baliqchilikni yoʻlga qoʻyish
bunga misoldir. Qolaversa, Oʻzbekiston eng koʻp suv talab
qiladigan paxta ekiladigan maydonlarni keskin qisqartirdi.
Soʻnggi yillarda yurtimizda bir gektar yerda suvdan
foydalanish miqdori ikki barobar kamaytirildi. Oʻrmonzorlar
yaratish boʻyicha ishlar olib borilmoqda. Bu ham maʼlum
miqdorda dengizda suv yoʻqotilishi meʼyorini saqlashga
yordam beradi. Ishlab chiqarishlarning yangi yoʻnalishlarini
ochish, bunda innovatsiyalarni keng tatbiq etish, turizm,
jumladan, ekologik sayyohlikni ravnaq toptirishga alohida
eʼtibor
qaratilayotir.
Sababi
bularning
barchasi
Qoraqalpogʻistonda xizmatlar koʻrsatish, qoʻshimcha
qiymatli mahsulot ishlab chiqarish sanoati imkoniyatlarini
kengaytiradi. Shunga yarasha aholi turmush sifati ham
yuksalib boraveradi.
Foydalanilgan adabiyotlar: ,,Xalq So’zi “gazetasi
Dostları ilə paylaş: |