« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi umumiy maydoni 38000 km2 bo'lgan yangi qum va tuzli cho'llar mavjud. Dengiz
choʻl zonasida joylashganidan uning yuzasidan har yili 1 m qalinlikdagi suv
bugʻlanadi. Bu esa keyingi davrda dengizga daryolar olib kelgan suv, yogʻin va
yer osti suvlaridan ortikdir. Shuning uchun iklimiy oʻzgarishlar natijasida Orol
dengizi suvining sat-hi yillar davomida oʻzgarib turgan. Mas, 1785-yildan
dengizda suv sathi koʻtarila boshlagan boʻlsa, 1825-yildan pasaygan, 1835—50
yillarda yana koʻtarilgan, 1862-yil kamaygan. Koʻkorol 1880-yilda yarim orolga
aylanib qolgan. 1881-yil suv sathi pasaygan. 1885-yildan Orol dengizida suv
sathi yana koʻtarila boshlagan. 1899-yilga kelib Koʻkorol yarim orol orol boʻlib
qolgan. 1919-yil dengiz maydoni 67300 km², suv miqdori 1087 km³ boʻlgan
boʻlsa, 1935-yilga kelib maydoni 69670 km², suvning miqdori 1153 km³ ga
koʻpaydi. Keyingi bir yarim asr mobaynida dengiz suvi sathi ancha oʻzgargan.
Orol dengizida suv sathining yil davomida oʻzgarib turishi Amudaryo va
Sirdaryoning bahor-yoz paytlarida toshishi bilan bogʻliq. Bahorgi yomgʻirdan
ham dengiz sathi koʻtariladi. Suvi sathining yil davomida oʻzgarish amplitudasi
urtacha 25 sm ga teng boʻlgan. Suvining shoʻrligi oʻrtacha 10— 11 %". Suvdagi
tuzlarning koʻp qismini osh tuzi va sulfatli magniy tuzi tashkil etgan. Kimyoviy
tarkibiga koʻra, suvi Kaspiy dengizi suviga oʻxshash. Suvining rangi koʻpgina
qismida koʻk, qirgʻoklariga yaqini koʻkimtir tusda. Amudaryo bilan Sirdaryoning
quyilish joyida suvi loyqa. Dengiz dekabr oʻrtalaridan mart oxirigacha muzlaydi.
Yozda suvning yuqori qismidagi temperaturasi 27° ga yetadi. Chuqurlik ortishi
bilan temperatura tez pasayadi. Yozda 1 m chuqurlikda temperatura 8°ga
oʻzgaradi. Dengiz ustida havoning urtacha temperaturasi yozda 24—26°, qishda
—7°, — 13,5°. Orol dengizi sazan, choʻrtan, soʻvʼyan, sudak, oqchavoq, laqqa,
taran (leshch), pilmay Orol dengizining kosmosdan olingan surati (2002-yil).
Dengizda navigatsiya mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoqkabi yirik
portlari faoliyat koʻrsatgan. Orol dengizi atrofida aholi kam boʻlgan. Aholi, aso-
san, baliqchilik bilan va, qisman, chor-vachilik, ondatra urchitish va sabzavot-
polizchilik bilan shugʻullangan. Oʻtgan asrning 90-yillarigacha dengizdan
baliqovlangan. Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bu shaharlar atrofida koʻp sonli
baliq ovlash xoʻjaliklari faoliyat koʻrsatgan, Amudaryo deltasida, Avan
posyolkasida (Koʻkorol o.), Bugun po-syolkasida (sharqiy sohil), Uyali va
Uzunqir orollarida baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan. Orol dengizini birinchi
marta A. I. Butakov 1848—49 yillarda tadqiq etgan va haritaga tushirgan. Orol
dengizi suvining sathi Amudaryo va Sirdaryo suvining rejimi bilan bogʻlikligidan,
bu ikki dare suvi sugorishga qancha koʻp sarflansa, dengizda suv shuncha
kamaya borgan. Ayniqsa, oʻtgan asrning 60-yillaridan sugʻoriladigan ekin
maydonlarining kengaytirilishi na-tijasida dengizga Amudaryo va Sirdaryodan