« Zamonaviy dunyoda tabiiy fanlar: Nazariy va amaliy izlanishlar» nomli ilmiy, masofaviy, onlayn konferensiyasi quyiladigan suv miqdori yildanyilga kamaya bordi. Oqibatda dengizda suv sathi
jadal surʼatlarda pasaya boshladi. Orol dengizida suv sathi pasayishining uning
suv yuzasi va suv sigʻimiga taʼsiri Orol dengizi da suv sathining pasayishi suv
balansi elementlarining qiymatlariga ham keskin taʼsir koʻrsatdi: 1911—60
yillarda dengiz sathi oʻrtacha 53,04 m ni tashkil etib (Boltik, sistemasida),
daryolar dengizga quyadigan suv miqdori 56 km³, dengiz yuzasiga yogʻgan
atmosfera yogʻinlari miqdori esa 9,1 km³ ga teng boʻlgan. Sarflanish, yaʼni chiqim
esa, asosan, bugʻlanishdan iborat boʻlib, shu davrda oʻrtacha 66,1 km³ ni tashkil
etgan. Shu davr ichida suv balansida salbiy farq qayd etilgan: dengiz har yili
1 km³ dan, 1911—60 yillar davomida 50 km³ hajmdagi suvni yoʻqotgan. Orol
dengizi Oʻrta Osiyoda va butun dunyodagi eng yirik shoʻr koʻllardan biri
hisoblanadi. Yaqin oʻtmishda uning maydoni orollar bilan birga deyarli 68,0
ming kv km ni, suvining hajmi 1000 kub km ni tashkil etgan. Oʻrtacha chuqurligi
50,5 m atrofida boʻlgan Havzasining kattaligi (690 ming kv km) jihatdan Kaspiy
dengizi, Amerikadagi Yuqorikoʻl va Afrikadagi Viktoriya koʻlidan keyin toʻrtinchi
oʻrinda turgan. Orol dengizida 300 dan ortiq orollar boʻlib, ulardan eng kattasi
Koʻkorol, Vozrojdenie, Borsakelmas boʻlgan. Orol dengiziga 20-asrning 60-
yillarigacha Amudaryodan 38,6 kub km, Sirdaryodan 14,5 kub km, suv kelib
turgan. Dengiz akvatoriyasiga yiligi 82–170 mm yogʻin yogʻadi. Dengizga 5,5 kub
km erosti suvlari ham qoʻshilib turgan. Suvning shoʻrligi 10-11 % boʻlib, suv
tarkibida tuzlar miqdori 11 mlrd tonna ga yaqin deb baholangan. Dengizda
kemalar qatnovi mavsumi 7 oy davom etgan. Aralsk va Moʻynoq kabi yirik
portlari boʻlgan. Orol dengizi atrofidagi aholi, asosan, baliqchilik, qisman
chorvachilik, moʻynachilik (ondatra), sabzavot-polizchilik bilan shugʻullangan.
Aralsk va Moʻynoq shaharlari va bir qancha orollarda baliq ovlash xoʻjaliklari,
baliq tuzlash zavodlari ishlab turgan. Baliq ovlash oʻtgan asrning 90-yillarigacha
davom etgan. Orol dengizida qadimdan suv sathi goh koʻtarilib, goh pasayib
turgan. Keyingi geologik davrda dengiz suvi koʻtarilib, baʼzan Sariqamish va
Oʻzboy oʻzanlari orqali Kasbiy dengiziga quyilgan.
XULOSA Qadimda Amudaryo Uzboy orqali Kaspiyga, Toʻrgʻay daryosi esa Orol dengiziga
quyilgan. Orol dengizi
1573
-yilgacha Kaspiy dengizi bilan bogʻlanib boʻlgan.
Paleontologlar Orol dengizi qirgʻoqlaridan kit, akula va dengizda yashaydigan
qizil baliq qoldiqlarini topishgan.
1850
-yilda Rossiya buyurtmasi asosida
Shvesiyada qurilgan paroxod Orol dengiziga tushirilgan.
1965
-yilgacha Aralsk,
Moʻynoq, Xoʻjayli, Chorjoʻy oʻrtasida yoʻlovchi va yuk tashuvchi paroxodlar
qatnagan. 20 asr oʻrtalarida Orol boʻyida 10 ta baliq zavodi va baliq konservalash
kombinati ishlab turgan, Orol dengizidan yiliga 450 ming sentnergacha baliq