6
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
Ishqilib, mutolaa asnosida beixtiyor Sharq va
G‘arb adabiyotini muqoyasa qilish, ularning dilga
yaqin jihatlarini olishga urinishlar bo‘ldi. Har
nechuk, tuman gazetasida e’lon qilingan dast
-
labki mashqlarimdan biri grek tangrilari haqida
bo‘lsa, ikkinchisining qahramoni o‘smir oqin
(baxshi) edi.
– Asarlaringizda o‘zbekning qiyofasi va
xarakteri qirralarini ifodalashda o‘ziga xos
uslubga ega ijodkorsiz. Betakror odamlarni qayer-
dan topasiz?
– U-bu narsa yozib yurgan odam uchun
azaldan hayotning o‘zi tuganmas syujetlar bulog‘i
bo‘lsa kerak. Ko‘chaga chiqing, odamlarni kuza-
ting, qishloqqa boring, yana kuzating, voqealarni
muqoyasa qiling,
xulosalarga keling va, shaksiz,
qalbingizni hayajonga soladigan, qo‘lingizga
qalam tutqazadigan, yozmasangiz tinchingiz
yo‘qoladigan voqea-hodisa yoinki xarakterga
duch kelasiz. Gorkiyning qalamkashlar haqida bir
gapi bor. Bu kasb, bu hunar jonimga ham tegib
ketdi,
chunki qayoqqa borsam, odamlarni kuza
-
taman, hatto mayxonada ham tinch o‘tirolmay
-
man, mijozlarni kuzatishga majburman deydi
u. Bu – ijodkorlarning qismati. Ba’zan yurgan
yo‘lingizda, mutlaqo kutilmaganda, oniy soni
-
yada ong-shuuringizga,
qalbingizga chaqmoqday
“yarq” etib bir narsa uriladi. Muhimi, shu oniy
soniyani tutib qolish. Qolgani keyin bo‘laveradi.
Yana bir holat. Aksar hollarda biz beixtiyor kuza
-
tib yurgan odamning, aslida kimligi, qanaqaligi
aynan oniy soniyada ma’lum bo‘ladi. Xiyonat
ham, sotqinlik ham lahzada o‘zini
namoyon
qiladi. Jasurlik ham oniy soniyada paydo bo‘ladi.
Shu onni ilg‘ab olsak bo‘ldi, atrofimiz to‘la qah-
ramonlarimiz. Zero, hatto tushingizda kirma
-
gan voqealarni real hayotda kuzatasiz, ularda
ishtirok etasiz. Albatta, asarda to‘qima obrazlar,
voqea-hodisa lar bo‘ladi, ammo uning asosi bari-
bir hayotning o‘zi bo‘lib qolaveradi. Eng qiziq
tomoni, hattoki voqealari
olis fazo puchmoqlar
-
ida kechadigan fantastik asarlarning asosida
ham o‘zimizning zamindagi hayot yotadi, zero,
adabiyot bu avvalo insonshunoslikdir.
Uslub xususida ortiqcha bilag‘onlik qilib
o‘tirmay. Faqat kamtarin urinishlarimdan
kelib chiqadigan bo‘lsam, aytishim mum
-
kinki, o‘zimni hayajonga solgan voqeani tezroq
qog‘ozga tushirib qo‘ymasam bo‘lmaydi. Shun
-
day, ko‘ngil buyurganiday yozaveraman.
Dostları ilə paylaş: