9
adabiy-ijtimoiy
jurnal
– Tarjima qilish yozuvchidan qanday
mahorat talab qiladi? Robin Sharmaning
“O‘lsang kim yig‘laydi?” asari tarjimasiga qay
turtki bilan kirishdingiz? Kimdir sizga bu borada
taklif berdimi yoki ko‘z ostingizga olib yurgandin-
gizmi?
– Yuqorida ham aytib o‘tdim,
ancha-mun-
cha roman-qissalarni, hikoya-novellalarni,
she’r-dostonlarni rus tilidan o‘zbekchaga o‘gir-
ishga to‘g‘ri kelgan. To‘g‘risi, buyam bir maktab.
Ayniqsa, tarixiy asarlar tarjimasi alohida qunt,
e’tibor va bilim talab qiladi. Shu bilan birga, bu
jarayonda qalam charxlanadi,
jumlaga aynan
mos tusha digan so‘zni yoki uning muqobilini
tez topish ko‘nikmasi shakllanadi.
Sharmaga kelsak, nashriyotlardan biri
shu kitobni tarjima qilib berishimni so‘rab
qoldi. Avval o‘qib chiqay, dedim. Qarasam,
ajoyib asar, deyarli har sahifasida donishman
-
dlik, ulkan ha yotiy tajriba va zalvorli xulosa
mujassam! Mashhur faylasufning so‘zlari bilan
aytsam, “Mazkur kitob –
zamonaviy kishilar
uchun xaloskor kuchdir. U bizga hayotning
qanchalar bebaho ekanligini yana bir bor
eslatadi”. Kitob o‘quvchiga tushunarli, jo‘n
emas, sodda tilda yozilgan. Xullas, yayrab tar
-
jima qildim.
– Asar yozganda yozuvchi o‘zining va
o‘quvchining hafsalasini pir qilmasligi uchun
ko‘proq nimalarga e’tibor berishi kerak?
–
Bu borada hammamiz biladigan, ammo
amal qilishimiz qiyin bo‘lgan haqiqatlar ko‘p.
Ijod azobini, bilasiz, yurakdagi tish og‘rig‘i
de yishadi. Unga chidash juda qiyin. Ilhom
kelganda yozish kerak. Yozganda ham o‘ziga
ishonib yozish kerak. Abdulla Qahhor ayt
-
ganidek, yozganlari ning ke rakmas joyini
qaychilab tashlashga ozgina insof va adolat
ham kerak. Ko‘ngil ehtiyojidan tug‘ilgan
asargina o‘zingizning ko‘ngil tuyg‘ula ringizga
javob beradi. Yig‘lab yozilgan asar o‘quv chini
yig‘latadi. Kulib yozilgan asar o‘quvchini kuld
-
iradi. Asar darddan, aytilmoqchi bo‘lgan gap
iztirobidan tug‘iladi.
Yozayotgan yoki yozib bo‘lgan
asaringiz
o‘zingizning hafsalangizni pir qilyaptmi, yaxshisi,
vaqtida uni tashlab yuboring, o‘quvchiniyam,
o‘zingizniyam qiynamang.
Dostları ilə paylaş: