tuyilsa-da, aslida unday emas. Unda 1994-yilgi xalqning
uyg‘onmagan g‘ururi, dong qotgan sha’ni, pinakdagi matlabi
o‘z ifodasini topgan. Shoir “Tokay, uyg‘onmassan, ay qonli
Turon” deya asrlar bo‘yi qonga botgan ona Turkistonning
qayg‘uli qiyofasini aks ettiradi. Bir qahramonlik, bir
jasorat istayotgan lirik qahramonning shaxd-u shijoati
she’rda botiniga qarab tobora o‘sib boradi. Shu bois,
biz Robindranat Tagor aytmoqchi “Deraza ortidan bir
munglig‘ Hindistonni” emas, O‘zbekistonni, Turonni,
Turkistonni ko‘ramiz. Vatan, millat dardi esa o‘suvchi,
ulg‘ayib boruvchi darddir, Og‘riqdir.
Rauf Parfining vatan, Turkiston qayg‘usi
mavzusidagi she’rlarini o‘qir ekan, ularni har birimiz o‘z
tengdoshimizning, eng yaqin odamimizning hasratiday
qabul qilamiz. Negaki,
ular juda samimiy, yashash
tarzimiz kabi oddiy. Ular Vatan haqida Arshni tavof
qilib keyingina she’r yozish kerak degan qotib qolgan
tushunchalarni isloh qilib, goh yalangoyoq, goh qorni
och bolaning ahvoli ruhiyasiga singishib ketganimiz –
she’rlarni taqdim etadi. Shoirning psixologik priyomlari
shu qadar noyobki, Vatan haqida muhabbat haqidagi
she’rni o‘qiganday ichki bir yorishish,
qoniqish bilan
mutolaa qilamiz. Ular bizni yuzakilikdan, soxtalikdan,
yasamalikdan, she’rning yon-atrofida daydishdan
xalos etadi. “Aytilgan so‘z, otilgan o‘q” degan maqol
ham aynan Rauf Parfi she’rlariga xosdek. Chunki
shoir so‘zni shunchaki ishlatmaydi, shunchaki
baland pardalarda gapirmaydi. Biz she’rning ichida
topgan Rauf Parfiyimiz hayotda uchratganimizdan
farq qilmaydi. Uning
vatanparvarligi o‘z
bolasini
turli
balolardan asrayotgan
onaning bolajonligi bilan
birdek. Onaning bolajonligi
qadar rostdir, sofdir uning
vatanparvarligi.
Rauf Parfi uchun Vatan
jug‘rofiy tushuncha hosil
qilmaydi. Dunyoning qaysi
burchida bo‘lmasin, qiynalgan,
zulmga yo‘liqqan odam borki,
uning vatandoshidir. Uning
“Karlo Kaladze diyorida”,
“Mikalenjelo sevgisi”, “Viktor
Xaraning so‘nggi qo‘shig‘i”,
“Pablo Neruda o‘limiga”
kabi har
bir she’rida Rauf Parfi uchun
Vatanning cheki va chegarasi
bo‘lmaganligini ko‘rish mumkin.
Uning she’rlariga singigan
turkchilik g‘oyasi, Turkiston,
Turon mavzusi esa, vatanning
chegaralanishi ma’nosida emas,
qadimiy tushunchalarning
asrab-avaylanishi, qadriyatlarga
munosiblik mazmuniga ko‘chadi.
Biz maqolamiz boshida Rauf
Parfi ijodini ma’naviy va ruhiy
tomondan
jadid adabiyotida ilgari
surilgan g‘oyalar, tushunchalar
va jadidcha tafakkur yolqinining
davomi sifatida talqin qilgan edik.
Millatni milliy parokandalikdan,
ma’naviy talotumlardan asrab qolish
sari yo‘l Rauf Parfi she’riyatida
yanada keng quloch yoydi,
takomillashdi. Zotan Rauf Parfi
ijodi jadidchilik XX asrning birinchi
choragida tugatilgan degan fikrlarni
puchga chiqaradi. Jadidchilik va
jadidona g‘oyalar XX asr oxirida ham
Rauf Parfi she’riyati misolida o‘zini
yangi bir qiyofada ko‘rsata oldi.
43
adabiy-ijtimoiy
jurnal
E’tibor qaratadigan
bo‘lsak, shoirning jadidlarga
bag‘ishlangan she’rlarida bir
mushtaraklik – yagona Turkiston
qayg‘usi bor. Ozodlik, hurlik
g‘oyalari ana shu tushunchalar
ortida birlashadi.
“
www.ziyouz.com kutubxonasi