Orom og‘ushida dilrabo bu tun: Oydin zulumotda jilmayar bahor



Yüklə 3,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə40/44
tarix28.11.2023
ölçüsü3,67 Mb.
#168157
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44
Yoshlik - 2021 9-10 (2)

Yuriy NAGIBIN
(1920

1994)
 
“Hayot evaziga”, “Quvur”, 
“Urush haqidagi ertaklar”, 
”So‘nggi hujum”, “O‘zganing 
yuragi”, “Mening Afrikam”, 
“Siz yashaysiz”, “Omad 
cho‘qqisi”, “Sevgi oroli”, 
“Tashlab ketilgan yo‘l”, 
“Musiqachi”, “Yomg‘irda” 
kabi asarlarida insoniy 
munosabatlar, qalb 
impulslari, jo'shqin yurak 
va sovuq ong bahslari 
nozik tarzda tasvirlanadi. 
“Qoyali bo‘sag‘a” hikoyasi esa 
adibning tog‘ odamlari, ayol 
va uning sirli tabiati haqida 
so‘zlab beruvchi go‘zal epik 
asarlaridan biridir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


68
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
Ikki yilcha oldin baland tog‘da, vodiyning 
ustida kichik biostansiya ochilibdi. Avvaliga 
u yerga uchta ilmiy xodim ishga kelibdi: 
keksa er-u xotin Rodionovlar va yigirma ikki 
yoshli, yaqinginada institutni tamomlagan 
Katya Sviridova. O‘tgan qishda qor ko‘chkisi 
stansiyani Katta yerdan ajratib qo‘yibdi. Bu 
ayriliqqa chiday olmagan Rodionova og‘ir 
kasalga chalinibdi. Bahor qorni eritganda 
Rodionov xasta xotinini olib stansiyadan 
shaharga ketibdi. Ularning o‘rniga ikki 
kishi – erkak va ayol kelibdi; ularning ismi 
hikoyachining xotirasidan ko‘tarilibdi. Tog‘ 
ustidagi siyrak havoga ayol chiday olmabdi, 
boshi aylanibdi va uni ham pastga chaqirib 
olishibdi. Erkak jismonan baquvvat, ammo 
ruhan kuchsiz ekan. U shunchaki stansiyadan 
qochib, qayergadir yashirinibdi. Katya o‘zi 
ekkan olma daraxtlari, tajriba uchastkasi, 
laboratoriyalari, afg‘on shamoli va tungi 
ayozlari bilan yolg‘iz qolibdi.
Biz yana uzoq gurung qilgach, uxlashga 
tarqaldik. Men qo‘y terisiga burkanib, ochiq 
havoda yotdim. Tezdagina ko‘zim ilashgan 
ekan, kimdir yelkamga turtib uyg‘otdi.
– Do‘stim, uxlamadingmi? – qulog‘im 
ustida Karimning ovozi keldi. – Senga bir 
gapim bor. Kon tomonga ketyapsizlarmi?
– Taxminan, shunday...
– Unda Qoyali bo‘sag‘a orqali o‘tasiz, 
boshqa yo‘l yo‘q.
– Xo‘sh, nima bo‘libdi?
U mendan qandaydir javobni behuda 
kutardi. Karimning dami ichiga tushgancha 
uzoq turib qoldi, mening esa ko‘zlarim yana 
yumila boshladi.
– Men Qoyali bo‘sag‘aga chiqqanman! 
– Qandaydir g‘alati hayratlanib dedi birdan 
Karim. – Birinchi chiqqanimda stansiya 
qurganmiz, yana bir marta – bahorda. 
Biznikilar kuzda yana o‘sha yoqqa borishadi, 
men bormayman. Yo‘q, aslo chiqmayman! 
www.ziyouz.com kutubxonasi


69
adabiy-ijtimoiy jurnal
tirsak va tizzalarimiz ostidan jarlikka uchar, 
shunda Borisenkov o‘ziga kelib g‘o‘ldirardi:
– Yo‘lovchi, yodingda tut, qabrgacha bir 
qadam.
U pomirlik cho‘ponlardan eshitgan 
bu qadimgi matalni takror-takror 
aytaverganidan o‘zi dilgir tortib, yo‘l 
azobidan g‘azablanmay qoldi. Rostini 
aytsam, Karimning ishonchini oqlay 
olmaymanmi, xatni egasiga yetkazib 
borolmaymanmi, degan xayol bir necha 
marta boshimda aylandi. Faqat Xvoshchgina 
odatdagi sovuqqonligini yo‘qotmadi, yo‘l 
og‘ir bo‘lishiga qaramay, tog‘ jinslaridan 
namunalar ko‘chirib olardi. Bu qiziqish eski 
izquvarda bolaligida tug‘ilgan ekan.
Kun oxirlaganda shamoldan pana, ko‘zda 
tutilgan tog‘ yorig‘idagi chuqur manzilga – 
to‘xtash joyiga yetib bordik. Xaltalarni yerga 
tashlab, ko‘zimizga parto‘shakday ko‘ringan 
tosh ustiga cho‘zildik.
– Nima uchun do‘stimiz Karim menga 
Katyaga deb kichkina tugunchani berganda, 
olganim uchun katta rahmat aytganini endi 
tushundim, – dedi Borisenkov.
– Demak, u sizga ham yuk ortibdi-da? – 
dedi parishon Xvoshch.
– Sizga ham berdimi? Eh, uni qara-ya! 
Shoshmay tur, dog‘uli! Demak, – Borisenkov 
menga qaradi, – Karim sizni yosh deb, 
avaylabdi-da?
– Mutlaqo unday emas. U, ehtimol, 
Qoyali bo‘sag‘aga yetib borishga mening 
imkoniyatim ko‘proqligini nazarda tutib, eng 
qimmatli narsani ishonib menga bergandir. – 
Ularga pushti xatjildning chetini ko‘rsatdim.
– Buni qarang! – xitob qildi Borisenkov. – 
Biz to‘y sovg‘asini olib ketyapmizmi, hali?
– Xat Karimdan emas.
– Kimdan, axir?
– Bilmayman, bu yerda yuboruvchining 
manzili yozilmagan. – Men chodir tiklashga 
unnadim.
– takrorladi u qarorining qat’iyligidan 
ajablanganday.
– Nega?
Karim javob bermadi. U zulmatga 
chekindi va yonimga qaytib kelganda qo‘lida 
maktub bor edi.
– Katyaga berib qo‘yasanmi, a? Buni men 
yozganim yo‘q, pastdan chiqqan xat. Katya bu 
xatni intiq bo‘lib kutyapti.
– Yetkazaman, xotirjam bo‘l.
Men xatga qo‘limni cho‘zdim, ammo 
Karim uni menga berishga shoshmadi.
– Yo‘l xavfli, do‘stim, xat esa bu 
tomonlarga kam keladi. Ehtiyot bo‘l, qil 
ustidan o‘tasan.
Xatni iloji boricha asrab Katyaga 
topshirishimga uni ishontirdim.
– Ammo men haqimda hech narsa dema, 
xo‘pmi?..
Karimning tiniq ko‘zlarining oqi ustimda 
yonib turar, xuddi ikki dona oq gulga 
o‘xshardi.
“Darding og‘ir, yigit” deya o‘yladim men 
xatni kurtkamning ko‘krak cho‘ntagiga 
solgach.
2
Sarg‘ish-yashil vodiy tez orada ko‘zdan 
yashirindi. Tobora yuqoriga tik ko‘tarilib 
borayotgan yo‘l yo‘lakka aylandi, yo‘lak esa – 
uzuq-yuluq, arang topib olsa bo‘ladigan, tubsiz 
daralar ustidan, tik qoyalar ostidan o‘tadigan 
toshloq so‘qmoq bo‘ldi. Quyida, juda pastlikda 
daryo ayqirar, o‘zining oppoq ko‘pigidan o‘zi 
zavqlanardi. Ba’zan ro‘paramizda, dara ustidan 
parcha-parcha, laxtak bulutlar suzib o‘tardi. 
Tog‘ning qirrali qoyalariga urilgan bulutlar 
yana parchalanib, dara uzra yuksalgan 
pahlavon qoyalarga bosh qo‘ygach, so‘kilib, 
to‘kilib ketardi.
Ba’zi joylardan qoyaning bo‘rtib chiqqan 
toshiga tirmashib, g‘adir-budir yo‘sinlarni 
changallab, emaklab o‘tdik. Mayda toshlar 
www.ziyouz.com kutubxonasi


70
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
3
Keyingi kun oqshom tushganda Qoyali 
bo‘sag‘aga yetib bordik. Qoya kutilmaganda 
paydo bo‘ldi, ungacha biz xavotirga tushib, 
xaritaga qayta-qayta ko‘z tashladik. So‘qmoq 
ikki tepalik orasidan o‘tib, ortga qayrildi va 
shundoq qarshimizda silliq va toza nishablik 
ochildi, pastlikka qarasang, keng kamar 
ko‘rinadi. Kamar o‘rtasida tomi yassi toshdan 
qurilgan uy turibdi, bu odatdagi Pomir 
kulbalaridan mo‘risi bilan farq qilardi. Biroz 
narida uydan boshlab aylantirib toshdan 
urilgan, baland emas, to‘siq-devor bo‘lib, uning 
ortida qandaydir o‘simliklar ko‘kargan, tog‘ 
yonbag‘rida ham ekinlar bor, ammo olisdan 
qanchalik tikilma, ularning nimaligini bilib 
bo‘lmaydi: o‘tzormi, butazormi yoki past bo‘yli 
daraxtlarmi?
Stansiyaga yaqin qolganday tuyulgandi, 
ammo biz yana toshloq so‘qmoqdan uzoq 
yurdik, avval Qoyali bo‘sag‘aga tushdik.
Maydoncha ustida jilg‘a shildirashi 
eshitildi. Tajriba uchastkasi tarafda qiya 
kesilgan qoyada tog‘ tepasidan oqib 
tushayotgan jilg‘a o‘ziga o‘zan ochib olibdi. 
Jilg‘a tosh devor ustidan bir tekisda suv 
omboriga o‘xshash chuqurlikka oqib tushardi.
Soyada yumaloq bujur toshday toshbaqa 
yotibdi. Eshikdan basharasini yung bosgan, 
gavdasi silliq, ayanchli laycha chopib chiqdi. 
U panjalarini oldinga cho‘zib, mitti jussasini 
sezilmas darajada ortga tashlagancha quloqni 
qomatga keltirib akillay boshladi.
Uning shovqin solishi stansiyaning 
boshqa jonzotlarining diqqatini tortdi. Uyning 
burchagida kulgili, oyoqlari uzun tovuq 
vahimaga tushib, turgan joyida aylanaverdi, 
uning ortidan yungi jingalak koreys 
cho‘chqachasi chiyillab chopdi. Atrofdagi 
qo‘llovchilardan ruhlangan laycha o‘ziga yana 
ham erk berib, kuchliroq akilladi. Endi u faqat 
oyog‘ini tirab turmay, bo‘zchining mokisiday 
naridan-beriga borib kelardi.
– Hoy, uyda kim bor! – qichqirdi 
Borisenkov. – Itingiz qopmaydimi?
Hech qanday javob chiqmadi. Laycha 
akillashidan hozir yorilib ketadigandek 
tuyuldi. Tovuq shovqin soldi, uning qu-qulashi 
jo‘jaxo‘roz “chaqirishiga” o‘xshardi. Cho‘chqacha 
atrofimizda aylanib, yo‘g‘on ohangda xurilladi. 
Uning basharasi cho‘zinchoq, tumshug‘i turtib 
chiqqan, xuddi yovvoyi to‘ng‘izga o‘xshaydi.
Uydan taraqlagan tovush chiqdi, xuddi 
stol ag‘darilganday, keyin tosh pol ustida 
tez-tez yurgan poshna tovushi eshitildi va 
nihoyat, eshikning qorong‘i qiyasida yoshgina 
ayol jussasi ko‘rindi, qo‘lida qurol bor. U bizni 
ko‘rib taqqa to‘xtadi, ajablanib qaradi-da, kulib 
yubordi:
– Begonalarmi deb o‘ylabman! – U qurolni 
devorga tirab qo‘ygach, qichqirdi: – Bas, Styopa, 
bas! Tata, Kuzya, jim bo‘ling!
Hayvonlar tinchlanib, uning oyog‘i ostida 
uymalanishdi.
– Xush kelibsiz, o‘rtoqlar! Tanishib olaylik. 
Sviridova Yekaterina Alekseyevna, yaxshisi – 
shunchaki, Katya.
Biz navbatma-navbat Katyaning kichkina 
qo‘lini siqib chiqdik. Bu kuchli, dag‘al va ajoyib, 
yengil alvon qirov qoplaganday tarang tortilgan 
qo‘l o‘zgacha, tog‘liklar hayoti haqida so‘zlagan 
Katyagagina xos edi.
Katya ozg‘in, qaddi-qomati kelishgan, 
shaharlikka o‘xshaydi. Shaharcha kiyinibdi: 
moviy sviter, kalta jun yubka, ipak paypoq 
kiyib, baland poshnali tuflida yuribdi. Bu 
liboslar, shubhasiz, Katyaga yarashgan bo‘lsa-
da, go‘yo onasi yo‘qligidan foydalanib, uning 
ust-boshini kiyib olgan qizchaga o‘xshardi.
– Tuf-e, bizga qarang, soch-soqol 
taroshlanmagan, qari ko‘rinamiz, – g‘o‘ldiradi 
Borisenkov, jirkanib dag‘al tuk qoplagan 
iyagini ishqalab. – Ha, ha, siz qaribsiz, yigitcha! 
– menga tashlandi u. – O‘ttiz yoshingizda 
sochingiz oqarib, ko‘zingiz osti osilib qolibdi!..
– Nega unday deysiz?.. – o‘pkaladi Katya.
www.ziyouz.com kutubxonasi


71
adabiy-ijtimoiy jurnal
– Sizning yoningizda yo‘nilmagan 
tayoqqa o‘xshab turibmiz. Siz shunchalik 
ozoda, yasanib olibsizki, xuddi kimnidir 
kutayotganga o‘xshaysiz...
– Kutyapman? – U andak jilmaydi. – 
Yo‘g‘-e, shunchaki, bugun yakshanba bo‘lgani 
uchun shu...
Yungi jingalak cho‘chqacha Xvoshchning 
yoniga chopib borib, uning botinkasi yuziga 
panja bosdi.
– Ket! – qichqirdi Xvoshch, oyog‘ini 
turnaday ko‘tarib.
Cho‘chqacha norozi xurillab, so‘yloq 
tishini ko‘rsatdi...
– Kuzyaning ko‘ngli nozik. – Katya 
Xvoshchga tabassum qildi. – U yarimyovvoyi, 
onasi xonaki, otasi yovvoyi. Ha, aytmoqchi, 
do‘stlarimni sizga tanishtirmadim-ku. Bu 
mana Tata, dunyodagi eng baland tog‘da 
yashovchi tovuq, posbonimizning ismi Styopa, 
toshbaqa esa – Leda. Bu yerning ob-havosi 
Ledaga sovuqlik qiladi, shuning uchun 
uyasidan tashqariga chiqmaydi. Ana, Grafinya 
ham tashrif buyurdilar! – Katya bir tuki yo‘q 
himolay qumoyini ko‘rsatdi, og‘ir qanotlarini 
yozganda uch qulochga boradigan qush turtib 
chiqqan qoya ustiga qo‘ndi. – Grafinya ham 
deyarli oilamiz a’zosi hisoblanadi, faqat u 
chetroqda turishni ma’qul ko‘radi...
Men Katyaning so‘zlarini goh xushlab, 
goh xushlamay, qandaydir aralash tuyg‘ular 
og‘ushida eshitdim. Hali vodiyda ekanimizda 
tasavvurimda tug‘ilgan tog‘dagi tanho 
qiz qiyofasi butunlay tarqalib ketdi. Men 
birdan Katyani chiroyli, yoqasi oppoq, 
jigarrang ko‘ylak kiygan, qora etak taqqan 
va sochiga qora tasma qadalgan – jo‘shqin, 
kulgili maktab o‘quvchisi, hayotga o‘ylamay 
qaraydigan yengil-yelpi qizchaday tasavvur 
qildim.
Ammo oradan biroz o‘tgach, qizning fe’l-
atvori haqida nojoiz xulosa chiqarganimni 
tushundim.
Biz uyning ichiga kirib, yuklarni 
burchakka qo‘ydik, shundan so‘ng Borisenkov 
va Xvoshch cho‘pon Karimning sovg‘alarini 
– turshak va echki moyini Katyaga topshirdi, 
qiz mamnuniyat bilan, hech bir ajablanmay 
qabul qildi, biz sovg‘asiz kelmasligimizga 
ishonchi komil ekan. Chunki bu singari 
tuhfalar Qoyali bo‘sag‘aga yo‘l olgan barcha 
yo‘lovchilardan Karim berib yuboradigan 
qandaydir bojga o‘xshardi. Bu yerdagi barcha 
hayvonlarni, Kuzyadan boshqa, Karimning o‘zi 
keltirib beribdi. Bilmadim, Katyaga maktubni 
berishimga qandaydir noma’lum tuyg‘u 
to‘sqinlik qilardi. Ammo men sheriklarim 
yuvinish uchun hovliga chiqqanda, xatni 
egasiga topshirdim.
– Xat? Karimdanmi? – dedi Katya va 
oftobda kuygan qoshi chimirildi. Ammo, 
ko‘rinishidan, keyingi lahzada manzil yozilgan 
notekis, katta-katta yozuvni tanidi. Yonog‘i 
qizardi. Ammo bu bilinar-bilinmas qizillik 
oqish tus oldi va bu oqarish peshonasi, 
chakkasi, qovoqlariga tarqalib, yuzini qopladi. 
U shu zahoti o‘zini tutdi, xotirjam, xatni 
deyarli beparvo qo‘liga oldi, bir ko‘z tashladi-
da, yonidagi stol ustida turgan oqish-sariq 
mumga o‘xshash gulning yoniga qo‘ydi.
– Siz soqolingizni hozir tarashlaysizmi 
yoki oldin yuvinib olasizmi? – xotirjam va 
beparvo ohangda so‘radi Katya.
Shunda men maktab o‘quvchisiga 
o‘xshash nozik bu qizchaning irodasi kuchli 
ekaniga tan berdim.
4
Yarim soatdan so‘ng soqollar olingan, 
ozoda bo‘lib, saqlangan obdon qizartirib 
qovurilgan go‘shtni kartoshkaga qo‘shib 
ishtaha bilan yeyishga tushdik va birdaniga 
barcha mavzularda gap ochildi: Pomir va 
Simlyan suv inshooti, uyalab ekish va Tungus 
meteoriti, yangi kitoblar va kinokartinalar, 
hatto nimagadir qo‘limizni qayirgan 
www.ziyouz.com kutubxonasi


72
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
Aleksandr Makedonskiygacha aytilmagan gap 
qolmadi.
Tez orada ma’lum bo‘ldiki, Katya ham biz, 
uchalamiz singari moskvalik ekan, begona 
yerlarda yurgan moskvaliklarning suhbati 
muqarrar yagona mavzuga ko‘chadi – Moskvaga.
Biz, Katyaga hech qanday yangilik ayta 
olmadik, na universitet haqida, na Arbat 
metrosi haqida, chunki Katya bilan deyarli bir 
vaqtda poytaxtdan chiqqan ekanmiz; ammo u 
Moskvadagi ko‘chalarning nomini aytsangiz 
ham quvonib ketardi. Birmuncha vaqt biz 
xuddi chiptachi singari, bir-birimizdan o‘zib 
qichqirdik: Gorkiy ko‘chasi!.. Oxotniy rastasi, 
Novinka xiyoboni!.. Tiniq ko‘llar!..
Xvoshchning Kichik Basman ko‘chasida 
yashashini eshitib Katyaning ko‘ziga yosh 
keldi: u qo‘shni – Ryazan ko‘chasida tug‘ilgan 
ekan; men o‘zim tug‘ilgan Sivsev Vrajekimni 
aytganimda Katya meni o‘pib olsa kerak, deb 
o‘ylagandim – u Eski Konyushendagi maktabni 
tugallabdi! Borisenkov ham hayratning o‘ziga 
yarashasini oldi – u Matrosskoya Tishinadagi 
torko‘chalardan birida yasharkan: Katyaning 
xolasi o‘sha tarafda turarkan.
– Qanday yaxshisizlar-a! – dedi to‘lqinlanib 
Katya, eng chetdagi jinko‘chalarni ham bir-
bir aytib chiqqanimizdan keyin. – Axir, bu 
yerga qancha odamlar kelib-ketadi, qani endi 
ularning orasida moskvalik bo‘lsa!
– Sira xayolimga kelmabdi, Qoyali bo‘sag‘a 
– odamlar juda ko‘p keladigan joy ekan-da! – 
shubhalanib dedi Borisenkov.
– To‘g‘i, to‘g‘ri! O‘tgan oyda burgut ovchisi 
keldi, undan avvalgi yili – geologlarning butun 
bir guruhi. Chegarachilar ham yo‘qlab o‘tishdi. 
Men ularni qovun so‘yib mehmon qilganimni 
eslayman, o‘sha yili faqat qovun ekkandim, 
xolos. Faqat, – xo‘rsinib ta’kidladi Katya, – uni 
yeb bo‘lmasdi. Ta’mi ivigan qog‘ozday bemaza. 
Bu yerlarda nima ekishni bilmaysan. Ammo 
qiziqarli. Ba’zida shunday tuyuladiki, go‘yo 
dunyoda yo‘q mevalarni yetishtirganday 
bo‘lamiz, – Katya kulib yubordi, so‘ngra 
umidvor ohangda dedi: – Stansiyani ko‘rgingiz 
kelmayaptimi?
Ammo biz shaylanib uydan 
chiqqunimizcha oqshom tushdi, g‘ira-shirada 
tog‘ tizmalari va qoyalar qoraga bo‘yaldi, Qoyali 
bo‘sag‘a ko‘kimtir tutun qoplaganday ko‘rindi. 
Muqaddas tog‘ chodiri ustida oyning rangsiz 
chehrasi ochildi. Faqat osmongina kunduzgi 
moviy nazokati ila tovlanardi.
Biz Katyaning izidan shoshib ergashdik, 
ammo tog‘da tez yurishar ekan.
Zulmatda bir kishining gavdasi ko‘zga 
tashlandi. Men beixtiyor cho‘chib ketdim: 
negadir Katya Qoyali bo‘sag‘ada bir o‘zi turadi 
degan xayolga boribman.
Baland bo‘yli, beli bukchaygan, qoq suyak 
qariya xuddi uzun hassasiga ilinib turganga 
o‘xshardi.
– Arabsho! – xushmuomala dedi Katya. – 
Tanishing, o‘rtoqlar: Arabsho Gulchiyev, bizning 
dalv, suv rahnamosi, ma’budi.
Qariya do‘ppisini qo‘liga olib, hurmat-
e’tibor yuzasidan ta’zim qildi. Uning yuzida 
qora chiziqlar paydo bo‘ldi: ko‘z kosasining 
chuqur kovagi, peshona va yuzidagi ajinlarning 
qora izlari; hatto siyrak soqoli ham chinakam 
soqolning soyasiga o‘xshar, ammo fayzli, 
kumushday ko‘rinadi.
– Arabsho, ajoyib kishi, – dedi Katya. – 
Uning bitta kamchiligi bor – mutlaqo uyga 
kirmaydi. Kirsa, yuragi siqiladi. Bir umr 
suv yoqasida yashaydi, hatto ayozda, suv 
muzlaganda ham. Ammo bu bir-birimizni 
hurmat qilishimizga xalal bermaydi. Agar 
Arabshodan biron narsa so‘ramoqchi bo‘lsangiz, 
qattiqroq gapiring, qulog‘i yaxshi eshitmaydi.
– Bobojon, ishlaringiz yaxshimi? – baqirdi 
Borisenkov qo‘lini karnay qilib.
Qariyaning yuzida, soqoli va mo‘ylovi 
o‘rtasida yana bir kichkina yarimoy shaklidagi 
soya paydo bo‘ldi; sekin, xuddi qamish 
shitiriday notanish tilda ovoz eshitildi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


73
adabiy-ijtimoiy jurnal
– Arabsho hayotidan mamnunligini 
bildirdi. Sizga oq yo‘l tiladi, – tarjima qildi 
Katya.
– Kechirasiz, – ajablanib dedi Xvoshch. – 
Men biroz bu tilni tushunaman... Menimcha, u 
Ishinda qo‘y so‘yishyapti demadimi?
Katya qariyaga mehr bilan qaradi.
– U, to‘g‘risi, eshitmadi, shekilli, qarib 
qolgan, Arabsho...
Qariya esa, gap o‘zi haqida ketayotganini 
tushunmay, yana do‘ppisini oldi va uzun 
soyasini qiynalib sudragancha boshqa tomonga 
yo‘naldi...
Atrof qorong‘i, tajriba uchastkasining 
atrofini o‘rab turgan devor faqat bir parcha 
zulmatday to‘sib turardi.
– Hov narida kartoshka uchun ajratilgan 
maydon, – hazin ovozda dedi Katya. – Bu 
tarafda esa bodringlar, negadir yaxshi unmadi. 
Narida, nariroqda... yo‘q, baribir hech narsa 
ko‘rinmayapti...
– Nega endi? – dedi tetiklanib Borisenkov. 
– Mana, olma shekilli... – U zulmatda oqarib 
turgan daraxtni ko‘rsatdi.
– Ha, olmalar muzlab qoldi. Ammo negadir 
yonbag‘irlarda o‘sgani ko‘karib yotibdi, xuddi shu 
yerdan chiqqanday, moslashganday! – Katya jon 
kirganday, bizga ayrim daraxtlarning tekis yerda 
unmasligi, nishablik va tik jarliklarda yaxshi 
o‘sishini, bu esa tekis yerlar kam, nishabliklar 
istagancha topiladigan tog‘li Badaxshonda juda 
muhimligini so‘zlab berdi.
Qorong‘ida goh u tarafni, goh bu tarafni 
ko‘rsatar ekan, Katya bizni na ayozdan, 
na ajal tarqatuvchi afg‘on shamolidan 
cho‘chimaydigan qorag‘atning yoniga olib 
bordi; nima qilsa ham, bo‘y cho‘zishni 
istamayotgan nokni ko‘rsatdi; odamni 
davolashga xizmat qilishi lozim, ammo yetib 
bo‘lmas qoya va yonbag‘irlarda o‘sayotgan 
dorivor giyohlarni ko‘z-ko‘z qildi.
Biz Katyani qurshab turgan dorivor 
o‘simliklar makoni Malham tog‘imi, hosil 
bitmagan kartoshkami, qiyaliklarda ko‘karib, 
tekislikda quriyotgan olmalarmi, sovuqqa 
bo‘y bermas qorag‘atmi, kelajagi porloq 
qarag‘ayzormi – nimani ko‘rsak, barcha-
barchasida uni, kelajak bekasini, zahmatkash 
Katya Sviridova qiyofasini ko‘rgandek bo‘ldik.
5
Biz bu oqshom uyquga yotishga 
shoshilmadik. Ratsiyani sozlab, qandaydir 
musiqa topgach, Katya bilan navbatma-
navbat barchamiz raqsga tushib chiqdik. 
Keyin o‘sha to‘lqinni yo‘qotib qo‘ydik, ammo 
Katya istagan tovushga, hatto ob-havo 
ma’lumotiga ham raqs tushsa bo‘ladi, deya 
bizni ishontirdi. Katya akkumulyator o‘tirib 
qoladi, deb tashvishlanguncha shunday qildik. 
Keyin istikon va boshqa shunga o‘xshash 
chinni idishlarni chertib, urib Xvoshch ijro 
etgan marsh sadolari ostida raqs tushdik. 
Nihoyat, Katya kechagi ma’lumotlarini bir 
tartibga solishi lozimligini bahona qilib, bizni 
xonamizga quvdi.
Borisenkov va Xvoshch avval Rodionovlar 
yashagan xonaga joylashdi, men va Katya 
laboratoriya yonidagi kichkina qaznoqqa 
kirdik, bu yerda kurak, ketmon, cho‘kich 
singari asboblar saqlansa-da, uyning boshqa 
xonalariday toza, batartib ekan.
Uyqudan oldin papiros chekishga chiqdim. 
Osmon to‘la yulduzlar. Boshim uzra ko‘zga 
ilashmas chiziq bo‘ylab Uch sehrgar porlayapti. 
Qorli cho‘qqilar g‘ira-shira ko‘zga tashlanadi, 
go‘yo yulduzlar ularning ustidan shu’la sochib, 
ko‘mib qo‘ygandek. Oy allaqachon Afg‘oniston 
tomonga o‘tib ketibdi va yagona ko‘zi bilan 
Qoyador bo‘sag‘aga begonasirab, sovuqqon 
nazar tashlardi.
Qo‘lyuvgichning yonida qandaydir 
kimyoviy modda aralash muzlagan qop-qora 
ko‘lmak muzi yaltiradi.
G‘ayritabiiy, xuddi yerning qa’ridan 
ko‘tarilganday sovuq yurakning ostiga 
www.ziyouz.com kutubxonasi


74
www.yoshlikjurnali.uz / №9-10 (361) 2021
sanchiladi. Go‘yo tog‘lar ko‘p asrlar davomida 
o‘zining haddan tashqari ulkan og‘irligini 
ko‘tarib toliqib, qa’ridan muzli xo‘rsiniq otilib 
chiqayotganday tuyuldi. Men birdan o‘zimni 
yolg‘iz, g‘am-g‘ussaga botganday his qildim va 
papirosimni tez o‘chirib, ichkariga chopdim.
Katya sham yorug‘ida ishlardi. U stolga 
boshi tekkudek bo‘lib, uzoqni ko‘rmaydigandek, 
qora kleyonka qoplangan daftarga nelarnidir 
yozardi.
Unga xayrli tun tiladim.
– Xayrli tun. – Katya ohista boshini siltab, 
sochini orqaga tashladi. Olovning keskir tili 
Katyaning qorachig‘ida ikkita tungi gulxan 
kabi lovulladi. Balki, mana shu manzara uning 
nigohiga yangi, teran tashvish tusini bergandir.
Qaznoqqa ohista kirdim, namatga 
yonboshlab, uxlashga chog‘landim. Qayerdadir 
yonimda tovuq Tata va cho‘chqacha Kuzya 
suhbat qurardi. Boshida tinchgina va 
xushmuomala davom etayotgan suhbat 
janjalga aylanib ketdi, Kuzyaning g‘azabi 
qaynab Tataga xurillab berdi. Tovuq birmuncha 
vaqt chetlab chopgach, panjasini taqillata 
boshladi; keyin hamma tovushlar tindi, uxlab 
qolibman.
Ammo keyingi vaqtlarda ochiq havoda 
tunab o‘rganganimgami, uyqu aralash 
qaznoqning torligini his etdim. Alahsiradim, 
dam yopinchiqqa o‘raldim, dam ochib 
tashladim va nihoyat, uyg‘onib ketdim.
Xona anchagina notinch tuyuldi, avvaliga 
bu tebranib turgan xira yorug‘lik qayerdan 
taralganini bilolmadim. Tirsagimga tayanib, 
boshimni ko‘targach, xonadagi stol ustida 
yonayotgan shamni va uning atrofiga terilgan 
kitoblar orasidagi sham qoldig‘i lipillab 
turganini ko‘rdim. Katya stolga boshini egib 
o‘tirardi. U boladay o‘kinib yig‘lardi: boshi, 
yelkalari, qo‘llari yig‘lardi. Uning xo‘rsinig‘idan 
sham boshini tebratar, bundan devor bo‘ylab 
qora sharpalar paydo bo‘lardi; xona Katya 
atrofida aylanayotgandek tuyuldi.
Yig‘layotgan Katyani ko‘rish men uchun 
kutilmagan va g‘ayritabiiy, ne deyishimni, 
ne qilishimni bilmay, gangib qoldim. So‘ngra 
uning yonida parcha-parcha yirtilgan tanish 
pushti xatjildni ko‘rdim va tushundimki, 
mening qo‘limdan hech narsa kelmaydi, 
tasallining foydasi yo‘q.
“Endi uning haqiqiy yolg‘izligi boshlanadi”, – 
o‘yladim men va yopinchiqni boshimga tortdim.
6
Ertalab tursak dasturxon tuzalgan, ammo 
bekaning o‘zi yo‘q. U tajriba maydonchasiga 
ketgan bo‘lsa kerak.
– Demak, biz Yekaterina Alekseyevnani 
ko‘rolmaymiz, – samimiy xo‘rsindi Xvoshch va 
nonushta qilishga kirishdi.
Borisenkov xafagarchilikdan o‘zini tutib 
turolmadi.
– Bema’nilik! – g‘o‘ldiradi u nonga qo‘l 
uzatib. – Nahotki, uyg‘otib qo‘yish shunchalik 
qiyin bo‘lsa? – U nondan bir bo‘lak sindirib, 
unga moy surtdi va qichqirdi: – Stepka, Styopa, 
bu yoqqa kel, yaramas!
Ammo laycha kelmadi. To‘g‘rirog‘i, u 
bekasiga ergashib ketgandi. Borisenkov Kuzya 
va Tatani ham behuda chaqirdi. Uy egalaridan 
faqat har doim uyqudagi Leda qolibdi, xolos.
Yo‘lga chiqishga hozirlik ko‘rayotgan 
paytimizda Katya kuzatishga ulgurib keldi. 
Uning qo‘lida o‘ntacha qiyshiq, g‘adir-budur 
bodring bor edi.
– Yo‘lda yersizlar, – dedi Katya.
Uning egnida eski paxtalik kiyim, oyog‘ida 
kirza etik, boshiga qalin ro‘mol bog‘lagan, 
ammo mana shu ish kiyimida ham chiroyli – 
tong ayozida Katyaning yonoqlari qizaribdi.
Baribir bugun u boshqacha, kechagiga 
o‘xshamaydi. Balki, ko‘zlarida aybi oshkordir: 
ichiga cho‘kkan, qizargan, iztirobli ko‘rindi.
– Sizga nima bo‘ldi, Katyusha? – rahmi 
kelganday so‘radi Borisenkov. – Sog‘ligingiz 
yaxshimi?
www.ziyouz.com kutubxonasi


75
adabiy-ijtimoiy jurnal
– Hechqisi yo‘q, qo‘yavering!.. – Katyaning 
lablarida olis, jonsiz tabassum paydo bo‘ldi va 
mana shu achinarli tabassumni kuchaytirib, 
qalbini o‘shaning ortiga yashirmoqchi 
bo‘layotganini sezdim. Katya deyarli bunga 
erishdi, tabassum kuchayib, chinakam shod-u 
xurramlikka aylanib ketdi, agar ko‘zini aytmasa 
– ko‘zlarni hech nima qilib bo‘lmaydi.
Xayr-u xo‘sh boshlandi. Ayriliqning oddiy 
so‘zlari qanchalar nochor!
“Nahotki, biz shunday ketaversak? 
Sheriklarim hech gapni bilmaydi, ammo 
menga ayon-ku! Balki, men yordam 
berolmasman, unga hozir hech kim yordam 
berolmaydi. Ammo nima uchun bunday – 
kishining dardini bila turib, uning yonidan 
indamay o‘tib ketaveramanmi?..”
– Oq yo‘l!..
– Yaxshi qoling!..
Borisenkov va Xvoshch o‘zlarini mardona 
tutishga harakat qilib, stansiyadan dadil 
qadamlar tashlab uzoqlashdi.
Yuk xaltamning tasmasi qadalmay qiynadi, 
bu bebosh tasma ataylab meni Katyaning 
yonida tutib qolayotganday tuyuldi.
– Kechiring, Katya... Men bilishim lozim 
bo‘lmagan narsani bilaman... Sizni juda 
hurmat qilaman, agarda siz... agar siz shunday 
qilolsangiz...
– Nima haqida gapiryapsiz? – dedi u 
sovuqqon, sezdimki, u qarshi hujumga o‘tish 
uchun o‘zini jamlab, shay turibdi.
– Bugun kechasi uxlolmadim...
– Bu odatga bog‘liq, – so‘zimni bo‘ldi u bir 
lahzalik, jiddiy tabassum bilan. – Men qotib 
qolibman.
– Kechirasiz, – ming‘irladim men va yuk 
xaltamga qaradim. Menga bu holat og‘ir keldi, 
negadir uyaldim.
– Yo‘q, to‘xtang, – kutilmganda dedi 
Katya. – Agar hammasini bilar ekansiz... Meni 
yig‘loqi, tentak qiz ekan deb o‘ylamasligingizni 
istardim. Hammasi siz bilgandan ko‘ra 
jiddiyroq, qayg‘uliroq. – U yuzini silab, ko‘zga 
ko‘rinmas o‘rgimchak to‘rini olib tashlagandek 
bo‘ldi. – Bu yigit, o‘sha ketgan... stansiyadan 
qochib ketgan – u haqida eshitdingizmi?
– Eshitdim... Ha, – javob berdim ajablanib.
– Institutda birga o‘qiganmiz. Yengiltabiat, 
nozik, o‘z qobiliyati, o‘z kasbining qadriga 
yetmaydi. Men kurashib uni shu tomonga 
o‘tkazdim. Bu yerlarda o‘zgarsa kerak, deb 
o‘ylagandim. Ammo u zerikdi. Odamlarsiz, 
shovqinsiz, shahardan uzoqlarda zerikib qoldi. 
Va ketdi. Yashirincha... U qayerda yurganini 
topdim. Unga xat yozdim, hammasini o‘zim 
bosdi-bosdi qilaman, qaytib kel, dedim. U 
javob bermadi. Yana yozdim. Mana, nihoyat, 
xat keldi. U qaytmaydi, u rad qildi... Hamma 
narsani, tushunyapsizmi, hammasini rad etdi!.. 
– U xo‘rsindi, xuddi suv ho‘plaganday havoni 
simirdi.
– Qo‘ying, Katya, keragi yo‘q! Arzimaydi! 
Chinakam inson bo‘lsa edi... Odammas ekan!
Katya menga horg‘in termildi:
– Axir, men uni sevaman...
* * *
So‘qmoq ayqash-uyqash qoyalar atrofidan 
aylanib o‘tarkan, stansiya maydoni goh 
ko‘zdan yo‘qolar, goh yana paydo bo‘lardi, 
bir qarasang olis, bir qarasang, qo‘l uzatsang 
yetgudek ko‘rinadi, xuddi so‘qmoq ortga 
qaytganday va birdan uzoq pastlikda – 
mittigina, kulrang toshlar orasida yashilligi 
bilan ajralib ko‘zga tashlandi. Endi u butunlay 
ko‘zdan yo‘qoladi. Men to‘xtab dala durbinini 
qo‘lga oldim.
Katya uyning zinasida, yuzini qo‘llari 
bilan berkitib o‘tiribdi va atrofida parvona 
bo‘layotgan laycha Styopaga, cho‘chqa 
Kuzyaga, tovuq Tataga, toshbaqa Ledaga va 
bir chetda bukchayib o‘tirgan Grafinyaga 
nimalardir deyapti. Balki, bu soqov do‘stlari 
bilan maslahatlashib, endi qanday yashash 
kerakligi borasida bir qarorga kelayotgandir.
www.ziyouz.com kutubxonasi


76
YOSHLIKNING AQL TISHI
D
ildan aytilgan so‘z dilga yetib boradi. Dildan yozilgan asar ham 
shunday. Bayram Alining “Tunkezar bolalar” qissasini o‘qish davomida 
bunga yana amin bo‘ldim!
Avvalo, shuni ta’kidlash joizki, asarga epigraf sifatida tanlangan 
Xurshid Davronning 

Yüklə 3,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   44




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin