63
adabiy-ijtimoiy jurnal
Ayolning ensasi qotdi:
– Qiziq bola ekansan-ku, dorining
nomi bormi? Bilmasang, qanday topib
berishim mumkin.
Bu gapdan bolaning eti uyushib
qoldi.
– Z-zzahro bbeshush, – dedi
duduqlanib, – o‘zini bbbilmay yotibti,
dorilarni ichmasa o‘lib qoladi, nomi
esimda yo‘q.
Ayol hayron, bu bola jinni-pinnimi,
yoki meni kalaka qilyaptimi deb o‘yladi.
– Loaqal nomini ayt...
– Iltimos, Zahroni qutqaring, o‘lib
qolishini istamayman. U ko‘chada...
Ayol bolani chindan ham kalaka
qilyapti deb o‘ylab, uni xonadan haydab
chiqardi.
Bola kattalar tomonidan har doim
itqitib tashlanayotganidan xo‘rligi
kelib nariroqda turgan aravachadagi
singlisiga bir dam tikilib turdi-da,
mung‘ayib u tomon yurar ekan,
yana “hoy nomard!” deya qichqirdi.
Zo‘rg‘a o‘tirgan Zahro bu qo‘rqinchli
hayqiriqdan bir titrab “voh” dedi-yu
o‘zini yo‘qotdi. Bola yugurib kelib
singlisining qo‘llarini ushlaganida
ichidan nimadir uzilgandek bo‘ldi.
Qo‘llari muzdek, boshi yoniga osilib
qolgan. Bola bariga tushundi. Shunda
ko‘zlari duv yoshga to‘ldi. Singlisining
yuzlarini ohista silab-silab, yana
hayot onlarini ko‘rishni istar, bino
ichkarisidagi dorilar uni qutqarib qolishi
mumkinligi haqida o‘ylardi. Shunda
birdan qoni olovdek qaynadi. Oyna
orqasida ko‘rinib turgan “dushman”ni
uzoq kuzatib g‘azab otiga mindi.
Paypaslab mushdek toshni topib,
mahkam changallagancha oyoqqa turdi.
Endi uning vujudini qo‘rquv tark etib,
shiddatli g‘azab qamrab olgandi. Eshik
ochildi, tun allamahalida ayolning jon
talvasasida chinqirganini hech kim
eshitmadi.
Dostları ilə paylaş: