Orqa miya nerv sistemasining tuzilishi reja


Tirik to’qimalardagi bioelektrik xodisalari



Yüklə 0,54 Mb.
səhifə7/9
tarix02.01.2022
ölçüsü0,54 Mb.
#36261
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Orqa miya nerv sistemasining tuzilishi reja

Tirik to’qimalardagi bioelektrik xodisalari

To’qima hujayralarida qo’zg’alish vaqtida qo’zg’algan soha bilan nisbatan tinch soha o’rtasida potentsialar ayirmasi sodir bo’ladi. Qo’zg’alish vaqtida tirik to’qimaparda sodir bo’ladigan alektrik o’zgarishlar bioelektirik hodisalari, yani bioelektrik toklar deb ataladi. Biotoklar kuvvati vaqtning mingdan, hatto milliondan bir bo’lagi bilan o’lchanadi. aqaning birorta muskulini jaroxatlab, shu joyga hamda sog’ joyga galvanometr elektrodlari qo’yilsa uning mili bir tomonga harakatlanadi. : Muskulning jarohatlangan qismida (+) jarohatlanmagan qismida (-) zaryadlar hosil bo’ladi. Sog’ qism bilan jarohatlangan qism orasida hosil bo’lgan potentsiallar ayirmasi tinchlik toki deyiladi.

Bu potentsiallar ayirmasi ko’p o’tmay yo’kolib ketadi. Muskulda hosil bo’lgan tinchlik toki 1-2 mv, nervdagisi asa 30 mv bo’lishi, muskuldagi, tinchlik toki nervdagiga nisbatan bir oz uzok, saklanishi mumkin. Biotoklarni o’rganish turli kasalliklarni aniqlashda yordam beradi.

Yurak muskullarining harakat toklari elektrokardiograf yordamida yozib , olinadi. Bu yozuv elektrokadiogramma deb ataladi. Me`dada hosil bo’ladigan harakat toklarini elektrogasgrografda yozib olinadi, u elektrogastrogramma > deyiladi. Bosh miyadagi harakat toklari esa elektroentsefalografda yozib olinadi.

Orqa miyaning tuzilishi orqa miya umurtqa kanalida birinchi bo’yin umurtqasi bilan 2-bel umurtqasi oralig’ida joylashgan bo’lib, katta odamda og’irligi 30-40 g. uzunligi 45 sm. Yangi tug’ilgan bolada og’irligi 6-10 g uzunligi 13-15 sm. Nerv hujayralari orqa miyaning kulrang, nerv tolalari esa oq moddasini hosil qiladi.

Orqa miyaning ko’ndalang kesigida kapalak shaklida, kulrang modda uning atrofida esa oq modda joylashgan bo’ladi. Kulrang moddaning oldingi, orqa va yon shoxlari bor. Oldingi shoxda harakat neyronlari joylashgan bo’lib, bu Yerdan harakat nervlari chiqadi. Orqadagi shoxda sezuvchi neyronlar bo’lib, bu qismga sezuvchi yoki markazga intiluvchi nervlar kiradi. Orqa miyada bo’yin," ko’krak, bel, dumgaza segmentlari joylashgan. Orka miyaning har bir segmentidan bir juftdan hammasi bo’lib, 31 juft nerv tolalari chiqadi. Orqa miya 3 qavat parda bilan qoplangan. Orqa miyadan chiqqan 31 juft nervlar gavda, qo’l, oyoq muskullari va terini nervlar bilan ta`minlaydi.

Orqa miya funktsiyalari. Orqa miya qo’zg’alishlarni o’zidan yuqoridagi bosh miyaninr bo’laklariga o’tkazuvchi markaziy organ hisoblanadi. Orqa miya reflektor va o’tkazuvchanlik funktsiyasini bajaradi. Orqa miya asosan harakat sezish funktsiyasini boshqaradi. Odamda bosh' miya juda yaxshi rivojlanganligi tufayli muskul harakatlarini ko’pchiligi bosh miya katta yarim sharlar po’stlog’i ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. Orqa miyaning har bir segmenti muayyan skelet muskullari va terining tegishli qismlari bilan boglangan. Orqa miya reflekslari bosh miya reflekslariga qaraganda ancha sodda hisoblanadi. Orqa miyaning orqa ustunchalarida joylashgan o’tkazuvchi yullari qo’zgalishni bosh miyaning turli qismlariga o’tkazadi. Orqa miyaning oldingi va yon ustunchalaridagi utkazuvchi yo’llardan bosh miyaning turli bo’limlaridan qo’zgalish yoki tormozlanish impulslari orqa miyaga kelib turadi.

Orqa miyada ba`zi reflektor funktsiyalar embrionning ona qornida rivojlanish davrida yuzaga keladi. Ona qornida xomila 2-3 oylikda harakatlana boshlaydi. 9 oylik homila oyeq panjasining tagi ta-sirlansa 2-3 minutdan so’ng oyoq panjasida bukish reaktsiyasi hosil bo’ladi. Bu refleks bola tug’ilganidan so’ng 6 oygacha yaxshi funktsiyalanib, so’ng yo’qoladi.

Bola 9-10 oyligidan yura boshlaydi. Bunda orqa miyadagi harakat markazlarini funktsiyasi ortadi, orqa miya nervlari miyelinlashadi. Orqa miya nervlarini mielinlashuvi bolaning 3 yoshgacha davom etadi. Yangi tugilgan va ko’krak yoshidagi bolalarda ogri • ni hosil qiluvchi ta`sirotlarga teri-himoya reflekslari hosil bo’lganini kuzatish mumkin.

Organizmning ana shu va boshqa ko’pgina reaktsiyalari markaziy nerv sistemasining (MNS) oliy bo’limlarida shakllanadi va vegetetiv nerv sistemasi orqali ro’yobga chiqariladi.




Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin