Orta asrlarda harbiy ishning rivojlanishi va takamillashuvi
Sharq mamlakatlarining butun tarixiy rivojlanishiga yerga nisbatan davlat mulkchiligining keng tarqalishi katta ta’sir ko‘rsatdi. Albatta, davlat mulki jamoachi-dehqonlarning xususiy yer egaligiga asoslangan jamoa mulkchiligi shakli bilan qo‘shilib ketgan edi. Davlat mulki tor ma’noda faqat monarxning juda katta yer egaligini va davlat xazinasini o‘z ichiga olgan. U keng ma’noda hokimiyatga aloqasi bo‘lgan shaxslarga davlat fondidan in'om tarzida hadya qilib berilgan yerlarni ham o‘z ichiga olgan.