Orta asrlarda harbiy ishning rivojlanishi va takamillashuvi
Sharq jamiyatlarining kamdan-kam uchraydigan hodisa ekanligi ijtimoiy taraqqiyotning ko‘p qirrali ekanligidan, faqat bazisdagi o‘zgarishlargagina bog‘liq ekanligidan dalolat beradi. Ma’lumki, Yevropa mamlakatlarida feodalizm tushunchasi o‘rta asrlar iborasining sinonimi sifatida ishlatiladi. Lekin buni Sharq mamlakatlariga nisbatan qo‘llanishi to‘g‘ri emas.

Xuddi shuningdek, Yevropa mamlakatlarida ham, Sharq mamla-katlarida ham o‘rta asrlar yoki feodalizm davrining quyi va yuqori xronologik chegaralarini belgilash juda qiyin. Shunday bo‘lsada, sof metodik nuqtai nazardan insoniyat tarixining bunday uzoq davom etgan bosqichini ma’lum tizimga solib, chuqur va atroflicha o‘rganish maqsadida davrlashtirish va buning uchun uning quyi va yuqori chegaralarini aniqlab olish taqozo qilinadi.