REFERATI Mavzu : O'rta asrlar tushunchasi va o'rta asrlar jamiyati Reja:
1. O’rta asrlar tushunchasi 2. O’rta asrlar Yevropasining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti 3. O`rta asrlarda Yevropada Fan taraqqiyoti. 4. Sxolastika-o`rta asrlar davri fanining o`ziga xos shakli. 5. Ilk universitetlarning tashkil etilishi.
1. O’rta asrlar tushunchasi Kishilik jamiyati tarixida o’rta asrlar davrining o’rni alohida ahamiyatga ega. O’rta asrlar dunyosi jamiyat taraqqiyotining qonuniy bir bosqichi bo’lib qolmasdan, tarixning o’ziga xos, takrorlanmas bir davri sifatida gavdalanadi. Garchi o’rta asrlarni bizning davrimizdan bir necha asrlar ajratib turishiga qaramasdan, uni o’rganishga bo’lgan qiziqish hamon yuqori. Qanchalik ko’p o’rgansak, shuncha ko’p yangi ma’lumotlarni, boy manbalarga duch kelaveramiz.
Doimo insoniyatni oldinga undovchi omillardan biri tarixiy xotiradir. «Har qaysi xalqning milliy qadriyatlarini o’z maqsad- muddaolari, shu bilan birga, umumbashariy taraqqiyot yutuqlari asosida rivojlantirib, ma’naviy dunyosini yuksaltirib borishga intilar ekan, bu borada tarixiy xotira masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Ya’ni tarixiy xotira tuyg’usi to’laqonli ravishda tiklangan xalq bosib o’tgan yo’l o’zining barcha muvaffaqiyat zafarlari, yo’qotish va qurbonlari, quvonch va istiroblari bilan xolis va haqqaniy o’rganilgan taqdirdagina chinakam tarix bo’ladi». Hozirgi zamon tarixshunosligida o’rta asrlarning asosiy hususiyati bo’lgan feodalizm munosabatlarini o’rganish nazariy va amaliy ahamiyatga egadir. Deyarli dunyoning barcha xalqalari bosib o’tgan ko’p asrlik o’rta asrlar tarixini bilmasdan turib, feodalizm mohiyatini va umuman o’rta asrlar tarixini to’la tushunib bo’lmaydi. Masalaning yana bir tomoni borki, u ham bo’lsa, o’rta asrlar davri Osiyo tarixini Yevropa qolipida o’rganib bo’lm O’rta asrlar Yevropa tarixi milliy davlatlar va xalqlarning, madaniyatlarning shakllanishi, tillarning vujudga kelishi, davlatchilik munosabatlarining takomillashuvi, madaniyatlarning yuksalishi kabi holatlar bilan izohlanadi. Davlat, huquq, rasmiy din va cherkov o’rta asrlarda davrning hukmron tabaqasi hisoblangan feodallar tomonida turib, xalq ommasi uchun dushmanona kayfiyatda bo’lgan. Shunday bo’lishiga qaramasdan jamiyatning rivojida ayrim holatlarda muhim ta’sir ko’rsatdi.
Yevropadagi feodal davlatlar o’rta asrlarning turli bosqichida turli shakllarda namoyon bo’ladi: ilk feodal bosqichda – garchi yirik bo’lsa ham, ammo tarqoq davlatchilik munosabatlari (Karl Buyuk imperiyasiga o’xshash) xarakterlidir. X – XII asrlarda mayda siyosiy birlashmalar ko’rinishidagi – knyazliklar, grafliklar, gersogliklar va shu kabilar, ularning tepasida turgan shaxslar o’z qo’l ostidagilar ustidan ma’lum siyosiy hukmronlikka ega bo’lib, ba’zan rasman kuchsiz bo’lgan qirol hokimiyati ostida birlashgan davlatlar bo’lib, ko’proq bu davr tarixshunoslikda feodal tarqoqlik deb nomlanadi. XIII – XV asrlarga kelib Yevropaning aksariyat hududlarida davlatlarning markazlashuv jarayoni ro’y berib, asta – sekinlik bilan bu davlatchilik munosabatlari tabaqaviy monarxiya shakliga o’ta bordi, bunda kuchli qirollik hokimiyati mavjud bo’lsa ham, ammo qirollik hokimiyati albatta umumtabaqaviy vakillik yig’inlari, bilan hisoblashishga majbur bo’lgan. Istisno tariqasida aytish mumkinki, butun o’rta asrlar davomida faqatgina Vizantiyada kuchli markazlashgan davlatchilik munosabatlari, ya’ni kuchli imperatorlik hokimiyati saqlanib qolgan. Nihoyat so’nggi o’rta asrlar davriga kelganda feodal davlatchilik anchayin markazlashgan formaga – mutloq monarxiyaga aylana bordi.