O’rta asrlarda Yevropa fani


Universitetlar qadimgi yunoniston va Rimda



Yüklə 88,5 Kb.
səhifə7/9
tarix26.02.2023
ölçüsü88,5 Kb.
#85690
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O\'rta asrlar tushunchasi

Universitetlar qadimgi yunoniston va Rimda shu bilan birga bizning mamlakatimizda ham mashhur bo`lgan ustoz va shogirdlar to`planib ilm o`rganadigan, o`rgatiladigan va ilmiy bahslar olib boriladigan maktablar tarzida shakllangan bo`lsalarda ammo Fan sohalarining ko`pligi tufayli alohida ilm uchog`iga aylanib qoldilar. Ularning tajribasi keyinroq butun dunyoga tarqalib ketdi.
Shuning uchun ham ilk Universitetlar iqtisodiy jihatdan rivojlangan Italiya, Ispaniya, Frantsiya singari G`arbiy Yevropa mamlakatlarida tashkil topdi.
Dastlabki Universitetlar Italiyaning Bolonya (11-a.), Salerno (12-a. oxirlari), Frantsiyaning Parij (1215), Monpele (1289), Buyuk Britaniyaning Kembrij (1209), Oksford (12-a. 2-yarmi), Ispaniyaning Salamanka (1218), Portugaliyaning Lissabon (1290) shaharlarida paydo bo`ldi.
XIV asrga kelib Markaziy Yevropada ham bir nechta Universitetlar ochildi. Ishlab chiqarish va ilm-fan taraqqiyoti tufayli 1348 y. Praga, 1364 y. Krakov, 1365 y. Vena Universitetlari yuzaga keldi.
O`rta asrlardagi Universitetlarda, odatda, artistlik (tayyorlov). ilohiyot, tibbiyot, huquq singari 4 fakultet bo`lgan. Ar­tistlik fakulteti hamma uchun majburiy bo`lib, unda ritsarlar uchun zarur «etti erkin san`at» o`rgatilgan. Ar­tistlik fakultetining grammatika, rito­rika (notiqlik), dialektika asoslarini o`rgangan talabasiga san`at bakalavri darajasi berilgan.
Fakultetning falsafa, arifme­tika, geom., astronomiya va musiqa nazariyasining to`liq kursini o`zlashtirgan talaba san`at magistri darajasiga erishgan va u qolgan 3 fakultetdan biriga kirib o`qish huququqini qo`lga kiritgan. Dastlabki Universitetlarda xuddi madrasalardagi kabi o`qish muddati ham, talabalarning yosh chegarasi ham belgilab qo`yilmagan. Amalda Universitetda o`qish 12—14 yillab davom etgan.
Chet ellardagi hozirgi Universitetlar tashkiliy tuzilishiga ko`ra, mustaqil fakultet, institut, maktab va kollejlarning o`ziga xos birlashmasidan iborat. Dunyoning ko`p Universitetlarida ilmiy tadqiqotchilar b-n birga o`rta maktab o`qituvchilari ham tayyorlanadi. Odatda, aksar zamonaviy Universitetlarda tabiiyot, tibbiyot, huquq, filol., falsafa, iqtisod, muxandislik, ayrimlarida ilohiyot fakultetlari mavjud.

Yüklə 88,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin