O’rta asrlarda Yevropa fani


Ilk universitetlarning tashkil etilishi



Yüklə 88,5 Kb.
səhifə5/9
tarix26.02.2023
ölçüsü88,5 Kb.
#85690
növüReferat
1   2   3   4   5   6   7   8   9
O\'rta asrlar tushunchasi

5. Ilk universitetlarning tashkil etilishi.
UNIVERSITET (lot. universitas – yig`indi, majmua) — tabiiy, ijtimoiy va gumanitar yunalishda yuksak malakali mutaxassislar tayyorlashga yo`naltirilgan ko`p tarmoqli oliy o`quv-ilmiy muassasa. Universitet o`z bitiruvchilarining kelajakdagi ilmiy-amaliy va pedagogik faoliyatlari uchun chuqur nazariy tayyorgarlik ko`rishlarini ta`minlaydi.
O`quv va ilmiy tadqiqot ishlarining uzviy ravishda qo`shib olib borilishi Universitet ta`limining asosiy o`ziga xos jihatidir. Universitet musulmon Sharqidagi oliy Madrasa yoki madrasai oliya (k,. Madrasa) maqomiga to`g`ri keladi. Yaqin Sharq mamla­katlarida dorilfunun deb ataladi.
O`rta asrlar Yevropasida dastlab turli sherikchilik birlashmalari, savdogarlar gildiyalari, sanoat-tijorat tsexlari va boshqa shirkatlar Universitet deb yuritilgan. Yevropada Universitetning yuzaga kelishi muayyan iqtisodiy taraqqiyotga erishilganligi, shaharlarning ko`payishi, hunarmandchilik va savdoning rivojlanishi, madaniyatning yuksalishi, shuningdek, ilm-fanning taraqqiy etib, turli falsafiy oqimlarning paydo bo`lishi b-n bog`liq.
Maorif va mantiq markazi bo`lgan universitetlar YEvropada 1200 yildan vujudga kela boshladi. 1400 yilda YEvropada 76 ta universitet bor edi. Universitet dasturining aksariyatini sxolastika darsi tashkil qilardi. Ko`pchilik mashhur universitetlarga shu yillarda asos solingan. Universitetlar tashkil bo`lishi va rivojlanishining bir necha sabablari bo`lgan.
Martsion Kapelli 425 yidtsa Rimda trivium va kvadriviumdan dinda foydalanishni ishlab chiqdi. Triviumga grammatika, ritorika va logika kiradi. Kvadriviumni geometriya, arifmetika, astronomiya va musiqa tashkil etar edi. Trivium ruhoniylar uchun notiqlik san`atini samarali o`qitish uchun foydali va zarur edi. Kvadrivaium esa cherkov bayramlari vaqtlarini aniqlashga yordam berardi. Bu mashg`ulotlar Buyuk Karlning maktabida olib borilardi. Bu mashg`ulotlar 550—1100 yillardagi monastir maktablarini eslatar edi.
Oliy maktablarning boshqa markazlari yepiskoplarning cherkov kafedralarida mavjud edi. Masalan, Parij universiteti Parij Momo Havo cherkovining maktab kafedrasi asosida tashkil qilingan.
Universitetlar vujudga kelishining ikkinchi sababi mashhur olimlar faoliyatiga borib taqaladi. Masalan, XI asrda Irneriy Rim huquqshunosligining mashhur tadqiqotchisi sifatida taniladi va Bolonya shahriga talaba va qiziquvchilar uning ma`ruzalarini eshitish uchun oqib kela boshlaydilar. Tez orada u yerda Bolonya universiteti tashkil qilinadi. Abelyarning o`qituvchilik shuhrati Parij universitetining vujudga kelishiga sabab bo`ladi. Universitetlar, shuningdek, talabalarning chiqishlari yoki ko`chib yurishlari bilan ham vujudga kelgan.

Yüklə 88,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin