xizmat uchun standart elementlarini sanang. 3. Standartlashtirishni jadallashtiruvchi omillar haqida nimalar deya olasiz? 4. O‘zbekistonda standartlashtirish bosqichlarini izohlang. 5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yildagi 371-qaroriga izoh bering. 6. Standartlashtirish qanday asosiy maqsadlarni o ‘z oldiga qo‘yadi? 7. Standartlashtirishning asosiy vazifalari nimalardan iborat? 8. Nima uchun mahsulotni m e’yoriy hujjatlarsiz ishlab chiqish va sotish taqiqlanadi? 9. «Standartlashtirish», «standart» atamalarini izohlab bering. 10. O‘zbekiston Respublikasining «Standartlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni qachon va nima uchun qabul qilingan? 146
11. «O‘zstandart» agentligi funksiyalari haqida qanday ma’lumotlarga egasiz? 12. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish bo‘yicha muta- xassislar qayerda tayyorlanadi? 13. Standartlarning qanday toifa va turlarini bilasiz? 14. Standartlashtirishning qanday usullarini bilasiz? 15. Agregatlashtirish nima? 16. Birxillashtirish (unifikatsiya) deganda nimani tushunasiz? 17. Tiplashtirish nima? 147
IV BOB.SERTIFIKATLASHTIRISH VA SIFATNI BOSHQARISH BO‘YICHA ASOSIY TUSHUNCHALAR 4.1. O ‘zbekiston Respublikasining «Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to ‘g‘risida»gi Qonuni O ‘zbekiston mustaqillikga erishganidan so‘ng respublikamizda sertifikatlashtirishni joriy etish bo‘yicha faol ishlar 1992-yildan boshlandi. 1993-yil 28-dekabrda sertifikatlashtirishning huquqiy asoslari