va agregatlarning mashina, qurilma yoki asbob kabilarni yig‘ishni qulay va to ‘siqsiz amalga oshirish xossalarini bildiradi. Bu atama shu detallar va bo‘laklar buyumga nisbatan texnikaviy talablarni og‘ishmay bajarilishini ta’minlashi hamdir. Masalan, standartlashtirishda elektr lampochkasi misolini yana bir bor eslang. Yoki, kompyuterning disk yuritmasiga diskni joylayotganimizda «disket (disk) diskovodga sig‘armikan yoki yo‘qmi» deb deyarli hech kim o ‘ylamasa kerak (3.16-rasm). Vaho- lanki, aksariyat hollarda disk yurituvchi boshqa korxonada, disk esa boshqasida ishlab chiqarilgan bo‘lishi mumkin. Endi ushbu 144
3.16-rasm. Disk yurituvchilarning umumiy ko‘rinishi. moyillikni saqlash uchun nafaqat bir xildagi disklarni ishlab chi qarish, balki disk yurituvchilar ham bir talablar asosida ishlab chiqarilishi shart ekan. O‘zaro almashuvchanlik quyidagicha bo‘lishi mumkin: — to ‘liq o ‘zaro almashuvchanlik; — cheklangan o ‘zaro almashuvchanlik; — tashqi o ‘zaro almashuvchanlik; — ichki o ‘zaro almashuvchanlik. To‘liq o ‘zaro almashuvchanlik — qo‘shimcha ishlovsiz, sozlash yoki moslashsiz va tanlovsiz buyum yoki qurilmalarni yig‘ish imko- nini beradigan aniqlikdagi parametrlarni olish va ta’minlashdir. O‘zaro almashuvchanlikning ushbu turida buyumni yig‘ish va ta’mirlash va uni avtomatlashtirish ancha osonlashadi, u bilan bog‘liq sarf-xarajatlar esa kamayadi. Cheklangan o ‘zaro almashuvchanlik usuli yig‘ish paytida detal- larni guruhlab tanlash (selektiv yig‘ish), kompensatorlarning ishla- tilishi, holatni sozlash, moslash kabi tadbirlar yo‘l qo‘yilishi bilan